5 modul. Sanoat korxonalarining moliyaviy natijalari 12-mavzu. Foyda va rentabellik. Tashkilot moliyasi


Sotish rentabelligi deganda, har bir sotilgan mahsulot summasiga qancha xarajat qilinganlik darajasi tushuniladi


Download 54.47 Kb.
bet5/6
Sana06.04.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1335623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 мавзу (2)

1. Sotish rentabelligi deganda, har bir sotilgan mahsulot summasiga qancha xarajat qilinganlik darajasi tushuniladi.
Demak, bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulot qiymati bilan ana shu mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni taqqoslash asosida yuzaga keladi. Bunday koeffitsient baholash siyosatidagi o‘zgarishlarni va sotilgan mahsulot tannarxini nazorat qilish bo‘yicha korxonaning qobiliyatini tavsiflaydi.
Sotish rentabelligini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin

2.Asosiy faoliyat rentabelligi- ishlab chiqarishning foydaliligi, natijaliligidir. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi va quyidagicha ifodalanadi





3. Xususiy kapitalning rentabelligi - korxona (firma), tarmok xususiy kapitalining foydaliligi va natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi



Bunday koeffitsient xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya`ni korxona tomonidan xususiy kapitalning o‘rtacha qiymatiga qancha sof foyda olinganligini ko‘rsatadi


4.Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi - asosiy fondlar va boshqa oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniqlanadi.





5. Permanent kapital rentabelligi - permanent kapitalning foydaliligi, natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi



6.Aylanma kapitalning rentabelligi - aylanma kapitalning foydaliligi, natijaliligi. U har bir so‘mli aylanma kapitaldan qancha foyda olish mumkinligini ko‘rsatadi.Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin






7. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi - qarzga olingan kapitalning foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha aniqlanadi

Bu koeffitsient xar bir so‘mli karzga olingan kapital kancha foyda keltirganligini ifodalaydi.


8. Real asosiy kapitalning rentabelligi uning foydaliligini ifodalaydi va har bir so‘mli real asosiy kapital qancha so‘m foyda keltirganligini ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida aniqlanadi

9. Investirlangan kapital rentabelligi - investitsiya mablag‘larining natijaliligi, foydaliligi. Bu ko‘rsatkich investitsiya tufayli olingan mablag‘larning qanchalik samara berishini ifodalaydi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Rentabellik darajasi ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishi korxona (firma) ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxona (firma)ning ma’lum miqdorda foyda (daromad) olayotganligini ko‘rsatadi.


Rentabellik darajasini ko‘tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va korxonalari sotilgan mahsulot xajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zarur.


12.3.Tashkilot moliyasi va uning vazifalari. Korxona faoliyatini ta’minlash. Pul qo‘yilmalarni boshqarish. Moliyaviy risk va korxona faoliyatidan olingan daromad o‘rtasida oqilona balansini ta’minlash.

Moliya – bu fondlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarning umumlashgani. Jamoat, korporativ va shaxsiy moliya turlari mavjud.


Tashkilot moliyasi – bu tashkilot faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Xarajatlarni kamaytirishning hal qiluvchi sharti doimiy texnologik taraqqiyotdir. Yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish, ilg‘or materiallarning turlarini joriy etish mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Ishlab chiqarishning o‘sishi bilan korxonaning foydasi nafaqat xarajatlarning kamayishi, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonining ko‘payishi hisobiga oshadi. Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, korxona tomonidan olingan foyda shuncha ko‘p bo‘ladi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish uchun kurashda eng muhim narsa bu korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida qat’iy iqtisodga rioya qilishdir.
Mamlakatimizda iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga turli darajadagi juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Omillarning ta’sir darajasi salmog‘ining katta yoki kichik bo‘lishi, muhim yoki muhim emasligiga qaramay, har biri natija tavsifidagi o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega. Korxonalarning biznes faoliyatida yuqori samaraga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham iqtisodiy sub’ektlarni rivojlantiruvchi muhim omillardan biri sanaladi. Ushbu omil iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda, ham mikro (korxona miqyosida), ham makro (korxonalar miqyosida) darajada katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi islohatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. Demak, bu boradagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.
Korxonalarda yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda sohaga oid adabiyotlarning roli ham muhim ahamiyatga ega. Chunki tegishli adabiyotlardagi usul hamda uslublar vositasida mahsulotning samarasi ilmiy-amaliy asosda aniqlanadi, bashoratlanadi, rejalashtiriladi, hisob-kitob qilinadi, nazorati amalga oshiriladi hamda iqtisodiy tahlil qilinib o‘rganiladi. Pirovard natijada esa yuqori samaraga ega deb topilgan mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda maqsadga muvofiq boshqariladi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, sohaga oid adabiyotlarda mahsulotning samarasi ko‘rsatkichi turli yondashuvlar hamda ulardan kelib chiqadigan uslublar asosida aniqlanmoqda. Qayd etish kerakki, muayyan yondashuvlar asosida tavsiya etilgan ko‘rsatkichlar o‘z tayinlanishiga ko‘ra iqtisodiy samaradorlikni qaysi bir jihatdan o‘lchab aks ettirib bermoqda hamda o‘z amaliy ahamiyatini namoyon qilmoqda. Biroq davrimizdagi iqtisodiy munosabatlarning tez va keskin o‘zgarishi ularning talablarini darhol e’tiborga olishni zarurat qilib qo‘ymoqda. Bu esa munosabat va uning natijalarini o‘lchash hamda aniqlash uchun o‘ziga xos asos yoki hisob-kitob ob’ektlarini hamda tartiblarini talab etmoqda. Zamonaviy yondashuvlar yangi munosabatlarning natijadorligini to‘g‘ri aniqlashni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ya’ni amaldagi an’anaviy usullarda e’tibor berilmagan jihatlar yoki yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Innovatsion qarashlar asosida yangi hisoblash ob’ektlari hamda tartiblari tavsiya qilinmoqda.

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling