5 modul. Sanoat korxonalarining moliyaviy natijalari 12-mavzu. Foyda va rentabellik. Tashkilot moliyasi


Download 54.47 Kb.
bet3/6
Sana06.04.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1335623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 мавзу (2)

Sof foyda (SF) – bu soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi,soliqlar to‘langunga qadar olingan foydadan minus daromad soliqlari va boshqa soliq va to‘lovlar ayirmasi sifatida aniqlanadi.


bu yerda:
SF – sof foyda;
DS – daromaddan to‘lanadigan soliq;
BS - boshqa soliq va to‘lovlar.
Foyda olishning asosiy manbalari:
"korxonani mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqishdagi monopoliya xolati yoki mahsulotning nodirligi xisobiga shakllanadi;
"ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq, bozor konyunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi bozor konyunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash, mahsulotlarni sotish va xizmat ko‘rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq.
"korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chiqib, texnologiyalarni takomillatirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, raqobatbardoshliligini ta`minlash, sotish xajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo‘natish tushuniladi.
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat:
" korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijasida olingan foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik subyekti sifatida taqsimlanadi;
" foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi soliq va yig‘imlar ko‘rinishida byudyetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni xisoblash tartibi va byudjetga to‘lanuvchi boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;
" soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish xajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling