5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

   Onkologiyada shoshilinch holatlarning sabablari: 

  Obstruktiv buzilishlar 

  Metabolik va gormonal buzilishlar 

 
O’smaga qarshi terapiya asoratlari 
Yuqori kovak vena sindromi 


 
179 
 Yuqori  kovak  vena  sindromi  bosh,  bo’yin  va  qo’llardan  venoz  oqim  buzilishi 
natijasida rivojlanadi. 90% dan ortiq hollarda yomon sifatli o’sma bu sindromning 
sababi bo’ladi.  Bunaqa o’smalarning 85%  o’pka saratoniga  to’g’ri  keladi, asosan 
bular  o’pkaning  kichik  hujayrali  saratoni  yoki  yassi  hujayrali  o’pka  saratonidir. 
Kamroq  sabab  bo’lib  limfomalar,  limfogranulematoz  va  boshqa  o’smalarning 
ko’ks  oralig’iga  metastazlari,  xususan  moyak  va  sut  bezi  saratoni  o’smalari 
hisoblanadi. 
 Boshqa  sabablarga  yaxshi  sifatli  o’smalar,  aorta  anevrizmasi,  qalqonsimon  bez 
kattalashishi, yuqori kovak vena trombozi, gistoplazmoz yoki nur terapiya  
oqibatidagi fibroz mediastenit kiradi. 
 Yuqori  kovak  vena  sindromining  asosiy  belgilari  -  bo’yin  shishi,  yuz  shishi 
(ayniqsa qovoqlar shishi), yo’tal, hansirash. Shuningdek ovoz bo’g’iqlashishi, til  
kattalashishi,  bosh  og’rigi,  burun  bitishi,  burundan  qon  ketishi,  qon  tuflash, 
disfagiya, ko’krak qafasida og’riq, hushidan ketish, uyquchanlik bo’lishi mumkin.  
Oldinga egilganda va yotganda simptomlar kuchayadi. 
 Fizikal  tekshiruvlarda  bo’yin  venalarining,  ko’krakning  teri  osti  venalari 
kollaterallarining shishi, sianoz, yuz shishi, ko’krak qafasi shishi va qo’llar shishi 
aniqlanadi. 
 Og’ir kechganda ekzoftal'm, til shishi,  halqum shishi, es-hushi buzilishlari paydo 
bo’ladi. 
 Yuqori  kovak  venani  toq  venani  quyiladigan  joyidan  yuqori  joyidagi 
obstruksiyasida simptomatika kam ifodalangan bo’ladi. 
 Simptomatikaning  tezda  rivojlanishi  yomon  sifatli  o’smalar  uchun  xarakterli, 
yaxshi  sifatli  o’smalar  sabab  bo’lganda  klinik  ko’rinish  asta-sekin  rivojlanadi 
(venoz  katetrga  bog’liq  yuqori  kovak  vena  trombozidan  tashqari).    Bu  diagnoz 
klinik  hisoblanadi.  Eng  ahamiyatli  rentgenologik  belgi  bu  -  ko’ks  oralig’i  odatda 
o’ngga  suriladi.  Plevral  suyuqlik  ko’proq  o’ng  tomonda  bemorlarning  to’rtdan 
birida kuzatiladi. Ko’pincha ko’krak rentgengrammasida hech qanaqa o’zgarishlar 
topilmaydi.  KT  -  ko’ks  oralig’i  a'zolarini  ko’rish  uchun  eng  ishonchli  metod 
hisoblanadi.  Markaziy  venalarning  bo’lmasligi  yoki  kuchsizlanishi  va  venoz 


 
180 
kollaterallar  tutamining  rivojlanganligi  diagnostik  ahamiyatiga  ega.  MRT  KT  ga 
nisbatan  hech  qanday  ustunlikka  ega  emas.  Yetarlicha  malaka  bo’lsa,  qon  ketish 
qavfi bo’lmasa invaziv metodlardan ham foydalansa bo’ladi - bronxoskopiya, teri 
orqali  aspiratsion  biopsiya,  mediastinoskopiya.  Zarur  bo’lsa  torakotomiya  amalga 
oshiriladi. Agar onkologik kasallik diagnozi aniqlangan bo’lsa  ko’krak qafasi KT 
sidan  keyin  birdaniga  davolashga  kirishiladi.  Boshqa  bemorlarni  sindromning 
yaxshi  sifatli  ekanligini  inkor  qilish  maqsadida,  shuningdek  gistologik 
aniqlashtirish uchun obdon tekshiruv o’tkazish kerak.  
 Biopsiya  nur terapiya  va glyukokortikoidlar buyurilishidan  oldin  qilinadi, chunki 
ayrim  o’smalar,  xususan  limfomalar  va  limfogranulematoz  davolashga 
sezuvchandir.  Kechiktirilgan  biopsiya  diagnozni  aniqlashtirishni  imkonini 
bermaydi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling