5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Siydik katetrini parvarish qilish
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Siydik katetrini parvarish qilish
Bemorda siydik qopidan siydikni chiqarish uchun doimiy kateter bo’lishi obdon gigienik parvarishni talab qiladi va bemorning optimal suyuqlik qabul qilishini talab qiladi. Bemor siydik konsentratsiyasini kamaytirish uchun tez -tez suyuqlik ichishi kerak va bu bilan siydik yo’llari infeksiyasi rivojlanish ehtimoglini kamaytiradi. Gigienik parvarishlash oraliqni parvarish qilish va kateterni parvarishlashni o’z ichiga oladi. Bunda havsizlik qoidalariga amal qilish kerak: - oraliqni oldindan orqaga qilib yuviladi; - kateter naychasini sonning ichki yuzasiga ishonchli biriktirilganligini nazorat qilish kerak; - drenaj xalta krovatga shunday biriktirilishi kerakki bunda xalta bemorning siydik qopidan pastda bo’lishi, lekin polga tegmasligi kerak; - katetr naychasi buralmasligi va qovuzloqlar hosil qilmasligi uchun tekshirib turish zarur. Oraliqni parvarish qilish uchun quyidagilar kerak: - rezinali qo’lqoplar; - sochiq; - kleyonka; - salfetkalar va qog’ozli sochiq; 219 - chiqindi uchun xalta; - iflos bo’lgan kiyim uchun xalta; - paxtali tamponlar; - qisqich; - ko’za yoki yuvinish uchun tog’oracha; - sovun. Muolajani o’tkazish uchun esa quyidagilar qilinadi: - krovatning bosh qismini bemor gorizontal holatda yotishi uchun tushiriladi; - bemorni ustidan odeyal bilan yoping, tog’ora va oyoqlarni ochiq qoldiriladi; - bemorni dumbasi tagiga kleyonka yoziladi va uning ustiga tog’ora qo’yiladi. Bemordan oyoqlarini bukib, dumbasini ko’tarishini so’raladi. Agar u bu harakatni bajara olmasa, uni yonga ag’darib va kleyonkani to’shab, keyin yana chalqanchasiga yotqiziladi; - ko’zaga iliq suv solinadi; - qo’lqoplarni kiyiladi; - bemordan o’ng tomonda turib, o’ng qo’lga paxtali tamponni olinadi, chap qo’lga esa iliq suv to’ldirilgan ko’za olinadi. Oraliqni qayta ishlashni tepadan pastga tomon bajariladi: jinsiy a'zolardan tashqi chiqaruv yo’li tomon paxtali tamponlarni har bir pastga qilingan harakatdan keyin almashtirish kerak); - quruq slfetka bilan oraliq terisini o’sha yo’nalishda quritiladi; - paxtali tamponlar yordamida katetrning 10 sm ni siydik chiqarish kanalidan chiqadigan joyidan boshlab yuviladi va quritiladi. Katetrdan siydik oqmayotganligini yaxshilab ko’zdan kechiriladi; - katetr naychasini plastr yordamida sonning ichki yuzasiga yopishtiriladi. Katetr siydik chiqarish kanaliga kirish joyida tortilmasligi uchun naychaning tarangligini kamaytirilib va drenaj xalta krovatga biriktirilganligiga ishonch hosil qilinadi; - bemorni qulay yotqizib ustidan odeyal bilan yopiladi; - muolajadan keyin bemor o’zini qanday qis qilayotganini so’raladi. 220 Drenaj xaltani bo’shatish uchun quyidagilar qilinadi: - qo’lqoplarni kiyiladi; - o’lchaydigan idishni siydik miqdorini o’lchash va yiqish uchun drenaj xaltaning olib ketuvchi naychasi ostida joylashtiradi; - olib ketuvchi naychani drenaj xaltaning yonida joylashgan ushlagichdan ozod qilinadi va naychaning qisqichi ochiladi. Siydik o’lchaydigan idishga to’qiladi; - qisqichni yopib, olib ketuvchi naycha oxirini spirt bilan qo’llangan salfetka bilan artiladi, olib ketuvchi naychani ushlagichga biriktiriladi; - qo’lqoplarni yechib va muolajadan keyin qo’llar yuviladi. Epitsistostomani parvarish qilish Epitsistostoma - bu siydik qopidan qorin oldi devoriga chiqarilgan sun'iy shakllantirilgan siydik yo’li. Agar epitsistostoma uzoq muddatga qo’yilgan bo’lsa siydikni chiqarish boshchali rezinali kateter yordamida amalga oshiriladi (Petsser yoki Maleko kateteri). Kateter bir oyda bir marta almashtiriladi, chunki u siydik tuzlari bilan yopilib qolishi, almashtirilganda yoki olib tashlanganda darz ketishi, boshchasi tomondan uzilib ketishi mumkin. Epitsistostomasi bo’lgan bemorlarda haftada 2 martadan kam bo’lmagan holda siydik qopi yuvilishi kerak. Epitsistostomani parvarish qilish va sutkalik siydikni yig’ish quyidagicha amalga oshiriladi. Epitsistostoma atrofidagi terini parvarish qilishda: - epitsistostoma atrofidagi teri furatsilin eritmasi bilan yuviladi (shuningdek kaliy margansovkasiing kuchsiz eritmasidan ham foydalanish mumkin); - teri sathi salfetka bilan quritiladi; - epitsistostoma atrofidagi teriga Lassar pastasidan yoki "Stomageziv" mazidan surtiladi; - maz' so’rilib bo’lgandan keyin qolgan qismini salfetka yordamida artib tashlanadi. 221 Epitsistostoma parvarishida drenajlarning funksiyasi ustidan nazorat qilinadi. Agar toza qon yoki uning quyqalari ajralmada paydo bo’lsa, bu operatsiyadan keyin birinchi kunlarda havfli emas. Drenajdan siydik oqishi to’xtaganligini aniqlash muhim ahamiyatga ega, chunki bu drenajning yopilib qolishi, tushib qolishi va katetrning egilib qolishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Boshli katetr orqali siydik qopini yuvish uchun quyidagilar qilinadi: - steril qo’lqoplar kiyiladi; - steril Jane shpritsiga 200 ml steril fursilin eritmasi yoki 3% li bor kislota eritmasi tortib olinadi; - boshchali katetrni siydik qabul qiluvchi idishdan ajratiladi; - shprits kanyulasini katetr teshigiga qo’yiladi; - sekinlik bilan siydik qopiga 30-40 ml eritma yuboriladi; - shprits kanyulasini katetrdan ajratiladi; - oqayotgan suyuqlik ostiga lotok yoki boshqa idish qo’yiladi; - muolaja toza yuvindi suvlar paydo bo’lguncha qaytariladi. Boshchali katetr almashtirishda quyidagilar qilinadi: - eski katetrni olib tashlagandan keyin epitsistostoma atrofidagi teri dezinfeksiyalovchi eritma bilan qayta ishlanadi; - yangi steril "o’tkazgich" katetr kiritiladi (uzun metall moslama), uning boshi cho’zilganligi uchun katetr oxirigacha tortiladi; - katetrni o’tkazgich bilan ushbu sistostoma orqali siydik qopiga kiritiladi; - "o’tkazgich"ni siydik qopidan olib tashlanadi, bunda to’qirlangan boshcha katetrni siydik qopida fiksatsiyalaydi; - boshchali katetrni Jane shpritsi yordamida tekshirish uchun siydik qopiga steril furatsilin yoki bor kislota eritmasi kiritiladi. Kunduzi siydikni yig’ish uchun katetrning tashqi uchi siydik qabul qiluvchi idishga tushiriladi, yuradigan bemorlarda kiyim ostida qorin yoki songa osib qo’yiladi. Kechasi agar bemor yurmasa katetrning tashqi uchi krovatga biriktirilgan konteynerga tushirib qo’yiladi. 222 Siydik qabul qiluvchi idishni almashtirishda quyidagilar qilinadi: - toza siydik qabul qiluvchi idish tayyorlanadi; - siydik qabul qiluvchi idish naychasi katetrdan ajratiladi; - ishlatilgan siydik qabul qiluvchi idishdan siydik to’qiladi, eski siydik qabul qiluvchi idish sellofan paketga solinadi va tashlab yuboriladi (agar siydik qabul qiluvchi idish yangisiga almashtirilmasa, uni suv bilan yuvib va 1 soat 3%li xloramin eritmasiga botirib qo’yib, keyin yana suv bilan yuvib qayta ishlatish mumkin); - toza siydik yig’uvchi idish katetr bilan biriktiriladi; - o’lchagich bilan epitsistostoma o’lchami tekshiriladi; - muolajadan keyin qo’lqoplar yechilib, qo’llar yuviladi. Traxeostomani parvarish qilish Traxeostoma - bu traxeyadan sun'iy shakllantirilgan nazal yo’li bo’lib, bo’yin qismidan tashqariga nafas olish uchun, burun-halqumni chetlab o’tib chiqarib qo’yiladi. Traxeostomaga ikki qismdan tashkil topgan traxeostomik kanyulya qo’yiladi: tashqi va ichki naychalar. Bu naychalar bir xil uzunlikda bo’lib, ichkisi tashqisiga maxsus fiksator yordamida biriktiriladi. Zamonaviy traxeostamik kanyulalarda plastikli naychalar bir butun qilib biriktirilgan. Tashqi naychaning pastki oxirida maxsus manjeti bo’lib, naycha traxeyaga fiksatsiya qilinganda havo bilan shishiriladi va traxeyaga so’lak hamda shilliq o’tishiga qarshilik qiladi. Naychani bo’yinga fiksatsiyasi maxsus bintning bog’lam va tasmalari bilan amalga oshiriladi. Bintning oxirlari ikki tomondan kiydirilib naychaning maxsus "quloqchalar"i orqali kiydiriladi va "bantik" ko’rinishida bo’yindan orqada bog’lanadi. Bo’yin terisini ta'sirlanishini oldini olish uchun naycha atrofida Y-simon kesimli steril salfetkalar qo’yiladi. Uy sharoitida har kunlik traxeostoma parvarishi mustaqil ravishda yoki yordamchi tomonidan amalga oshiriladi. Traxeostomani to’g’ri parvarishlash uchun traxeya va kanyulani o’tkazuvchanligini ta'minlash lozim, bunda quyidagilar qilinadi: 223 - traxeostomadan kanyula olinadi - buning uchun fiksatsiyalovchi bog’lamlar yechiladi, shprits bilan manjet havosi chiqariladi va kanyula olinadi; - kanyulani ichki tomoni shilliq va boshqa narsalardan dokali tampon va qaynagan suv bilan tozalanadi. bu muolaja sutkasiga iiki marta traxeyadan naycha olib tashlangandan keyin qaytariladi; - kanyulani traxeostomaga kanyula tozalangandan keyin kiritiladi. Uni burovchi harakat bilan qo’yiladi. Bunda traxeostomik kanyulya "quloqcha"si traxeya o’qi bo’yicha joylashadi, kiritish jarayonida 90 gradusli burilish amalga oshiriladi; - traxeya va bronxlarni yuqori qismini quruq havo ta'sirida turib qolgan balg’am tezda qotib qolishini tozalash. Buning uchun bemor mustaqil yoki hamshira yordamida kanyulaga iliq sodali eritmani tomizishi kerak (1 choy qoshiq bir stakan iliq suvga), ferment preparat (xemotripsin) bilan birga kiritish mumkin. Bu moddalar balg’am va shilliqni suyultiradi. Tomchilangandan keyin bemorni yo’talishi so’raladi. Ushbu muolajani ko’rsatilgan tartibda sutkasiga ikki marta takrorlash kerak, ayrim hollarda agar bemor yomon nafas olsa kuniga bir necha marta qilinadi. Shuni esda tutish kerakki bu qoidalarga amal qilmaslik yomon oqibat- asfiksiga olib kelishi mumkin. qurib qolgan balham kanyula devoridan qattiq yo’talganda ajralib, traxeya va bronxlarga o’tib,nafas yo’llarini yopib qo’yishi mumkin. Traxeostoma atrofidagi terini parvarish qilishda quyidagilar qilinadi: - traxeostoma atrofidagi teri salfetkalar yordamida va iliq qaynatilgan suv yoki furatsilin yordamida tozalanadi (1 ta tabletka 1 stakan suvga). Ushbu maqsadlarda kuchsiz pushti rangli kaliy margansovkasidan foydalanish mumkin; - salfetka yordamida terini quritiladi; - toza teriga ruxli pasta yoki Lassar pastasi yoki "Stomageziv" mazi surtiladi. Terini tal'k yoki quruq tanin bilan qayta ishlash ham mumkin; 224 - traxeostomik kanyula quloqchalari tagida Y simon kesimli salfetka qo’yiladi. Shundan so’ng fiksatsiyalanuvchi bog’lamlar bo’yinga biriktiriladi. Kolostomani parvarishi Kolostoma - bu yo’g’on ichakdan sun'iy hosil qiligan, qorin devori yuzasiga yangi yo’l bilan organizmning hayot faoliyati natijasida paydo bo’luvchi axlat massalarini chiqaruvchi oqma yara hisoblanadi. Uy sharoitida kolostoma parvarishini bemor mustaqil o’zi yoki parvarish qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi. To’g’ri ichakni qorin devoriga chiqarilgandan keyin kolostoma parvarishi xuddi ifloslangan jarohatdek parvarish qilinadi. Axlat massalarini tozalab bo’lingandan keyin stoma antiseptik eritmalar (furatsilin) bilan qayta ishlanadi va antiseptik bog’lam qo’yiladi. To’g’ri parvarish qilinganda bog’lam ifloslangandan keyin birdaniga almashtirilishi kerak, atrofdagi teri esa antiseptiklar hamda ruxli maz' bilan qayta ishlanadi. Teri ta'sirlanmasligi kerak. Kolostomani qayta ishlash uchun quyidagilar qilinadi: - suyuq yoki shakllangan axlat massalarini olib tashlanadi; stomani iliq qaynagan suv bilan yuviladi; - kolostoma atrofidagi teri iliq qaynagan suv bilan qayta ishlanadi va salfetka bilan quritiladi; - Lassar pastasi teriga surtiladi (dermatolli yoki ruxli pasta) yoki "Stomageziv" pastasi surtiladi; - so’rilgan maz' yoki pasta qoldiqlari salfetka bilan artiladi; - bo’rtib turgan shilliq qavatga ("atirgulcha") vazelin surkalgan salfetka qo’yiladi; - oqma yara doka bilan yopiladi; - bog’lamga paxta qo’yiladi; - bog’lamni bint yoki bandaj bilan mustahkamlanadi. Kolostoma shakllantirilgandan keyin kalopriemniklardan foydalansa bo’ladi. quyidagilarni tayyorlanadi: - yangi kalopriemnik (tegishli tip va o’lchamda); 225 - stoma o’lchamini tekshirish uchun o’lchagich (trafaret) - almashtirilishi mumkin; - "Stomageziv" mazi yoki Lassar pastasi; - qog’ozli sochiq yoki salfetkalar; - qog’ozli xaltacha yoki gazeta ( ishlatilgan kalopriemnik uchun); - kichik qaychilar (hoqishga qarab bitta yumaloq va ikkinchisi o’tkir uchli bo’lgan); - qo’shimcha qisqich (drenajlanuvchi kalopriemniklar uchun); - kichik oyna. Ushbu predmetlar sizga stomani parvarishlash uchun zarur bo’ladi, shuning uchun ularni bitta joyda yopiq og’izli konteynerda va ishlatishga tayyor holda saqlash kerak. Kalopriemnikni almashtirish uchun quyidagilar qilinadi: - toza kalopriemnik tayyorlanadi (qaychi bilan plastinani markaziy teshigi shunday kengaytirilishi kerakki bunda u o’ziga kolostomani sig’dirishi kerak); - ishlatilgan kalopriemnik yuqori qismidan boshlab sekinlik bilan ajratiladi; - ishlatilgan kalopriemnik plastikli yoki qog’ozli paketga solib tashlab yuboriladi; - stoma atrofidagi teri quruq dokali yoki qog’ozli salfetkalar bilan artiladi; - stoma iliq qaynatilgan suv bilan yuviladi; - stoma atrofidagi teri iliq qaynatilgan suv bilan yuviladi; - salfetkalar bilan terini quritiladi (paxta ishlatish mumkin emas, chunki u vorsinkalarni qoldiradi); - kolostoma atrofidagi teriga "Stomageziv" kremi yoki Lassar pastasi surtiladi; - kremni qoldiqlari salfetka bilan olib tashlanadi; - o’lchagich yordamida kolostoma o’lchami yangidan o’lchanadi; - stomaga toza kalopriemnik qo’llanmaga ko’ra biriktiriladi. Agar bemor adgeziv (yopishadigan) kalopriemniklardan foydalansa teshik markazini stoma ustidagi joylashtiring (tegishli holatni tekshirish uchun 226 oynadan foydalaning) va uni teriga bir tekisda yopishtiring, plastina tekis va burmalari yo’qligiga ishonch hosil qiling. Xaltaning drenaj teshigi to’g’ri joylashganligiga ishonch hosil qiling (teshigi pastda bo’lishi) va fiksator yopiq holatda bo’lishi kerak. Ishlatilgan kalopriemnikni pastki qismini qaychi bilan ochilib bo’shatiladi, ichidagi axlat unitazga to’kiladi. Kalopriemnikni suv ostida yaxshilab yuviladi, gazetaga o’ralib musor konteyneriga tashlab yuboriladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling