5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Suv purkab yuvintirish
Suv purkab yuvintirish - bu qinni davolash maqsadida suv yoki dori vositalarining suvli eritmalari bilan yuvish usulidir. Bunda qin ichidagi narsalar mexanik yuviladi. Qin shilliq qavati preparatga bog’liq ravishda kuydirish mumkin, bunda qin shilliq qavatiga o’rab oluvchi, tonusni oshiruvchi va dezinfeksiyalovchi ta'sir ko’rsatiladi. Ayollarni homiladorlikning ikkinchi yarmi va tug’ruqdan keyingi davrda suv purkab yuvintirish tavsiya qilinmaydi. Suv purkab yuvintirish uchun 2 l suv yoki dori eritmasi tegishli haroratda tayyorlanadi, Esmarx krujkasi va qinli uchlik, tuvak va taglik kleyonka kerak bo’ladi. Ko’pincha margansovkaning kuchsiz eritmasi (2 l suvga 5-6 chimdim margansovka), izotonik 0,9% osh tuzi eritmasi, natriy gidrokarbonat eritmasidan (2 choy qoshiq soda 1 l suvga), bor kislota eritmasidan (2-4 choy qoshiq 0,5 l suvga) foydalaniladi. Qinli uchliklar shishali va plastmassali bo’ladi. Ular 15 sm li biroz egilgan naycha shaklida, 1 sm qalinlikda, uchida bitta teshik yoki uchining yonida bir nechta teshiklar bilan bo’ladi. Shisha uchliklar ishlatishdan oldin sterilizatsiyalanadi, plastmassali uchliklar antiseptik eritma bilan yuviladi. Esmarx krujkasi 70-100 sm krovatdan yuqorida osib qo’yiladi va unga 1 l eritma quyiladi. Suv purkab yuvintirish vaqtida bemor yotoqida oyolarini tizzadan bukib, sonlarini ochib yotadi. Ostida tuvak bo’ladi. Jinsiy lablarni toza suvda sovun bilan yuvib, chap qo’lning barmoqlari bilan jinsiy lablar ochiladi, ehtiyotlik bilan uchlik jinsiy tirqishga kiritiladi va sekinlik bilan yuqoriga orqaga tomon 6-7 sm kiritiladi. Keyin bir qo’l bilan uchlikni ushlab 218 boshqasi bilan jo’mrak ochiladi, suyuqlik yuqori yoki past tezlikda yuboriladi. Uchlik muolaja tugagandan keyin ehtiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga tegib ketmaslik uchun oldinga va orqaga tomon totib olinadi. Ginekologik bemorlarda suv purkab yuvintirish davolovchi muolaja sifatida o’tkaziladi. Ayrim hollarda bemorlar eritma uzoqroq ta'sir etishi uchun biroz vaqt yotishadi. Ishlatib bo’lingandan keyin Esmarx krujkasi birinchi iliq suvda keyin dezinfeksiyalovchi eritmada yuviladi, uchlik 3%li xloramin yoki bor kislota eritmasiga solinadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling