5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
O’sma parchalanish sindromi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
O’sma parchalanish sindromi
Bu sindrom ko’p miqdorda tez proliferatsiyalanuvchi o’sma hujayralarining giperurikemiyasi, giperkaliemiyasi, giperfosfatemiyasi, laktatsidozi va gipokal'siemiyasi bilan ifodalanadi. Ko’p hollarda o’sma parchalanishi sindromi natijasi bo’lib o’tkir buyrak yetishmovchiligi hisoblanadi. Eng ko’p bu sindrom o’tkir limfoblast leykozlar va Berkitt limfomalarni va boshqa yuqori darajadagi yomon sifatli xususiyatga ega bo’lgan limfomalarni, kamroq hollarda surunkali leykozlarni (masalan surunkali limfoleykozni fludorabin bilan davolashda) va ijuda ham kam hollarda yirik o’smalarni davolashda rivojlanadi. O’sma parchalanishi sindromi kimyo terapiya kursi davomida yoki kurs tugagandan 1-5 kun o’tgach rivojlanadi. Giperurikemiya ko’pincha kimyo terapiya boshlangunicha mavjud bo’ladi. O’smaga qarshi preparatlar ta'sirida o’sma hujayralari parchalanishi kuchayadi va nuklein kislotalar parchalanishi oqibatida zardobda siydik kislotasi 207 miqdori oshadi. Siydik kislota kristallari buyrak kanalchalari, yig’uvchi naychalar va buyrak miya qismida cho’kishi mumkin, bu o’z navbatida o’tkir buyrak yetishmovchiligiga olib keladi. Laktatsidoz va suvsizlanish bu jarayon rivojlanishiga olib keladi. Siydik kislotaning kristallarini siydikda paydo bo’lishi o’tkir siydik kislotali nefropatiyaning belgisidir. O’tkir siydik kislotali nefropatiyada siydik kislota va kreatinin konsentratsiyasining umumiy o’zaro nisbati birdan yuqori bo’ladi, boshqa sabablar bilan chaqirilgan buyrak yetishmovchiligida esa birdan past bo’ladi. Parchalangan o’sma hujayralaridan chiqadigan giperfosfatemiya zardobda kal'siy darajasini kamaytiradi, bu nerv-mushak qo’zg’aluvchanligiga va tetaniyaga olib keladi. Kal'siy fosfatni buyraklarda to’planishi va giperfofatemiya o’tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. O’sma hujayralarining yoppasiga parchalanishi shuningdek kaliy ionlarining chiqishi bilan kuzatiladi. Buyrak yetishmovchiligi fonida giperkaliemiya bo’lishi - hayot uchun havf soluvchi holatdir, qorinchali aritmiyalar va to’satdan o’lim bilan almashinib turadi. Berkitt limfomasi bo’lgan bemorda o’sma parchalanish sindromi ehtimoli o’sma hajmi va buyraklar funksiyasiga bog’liq. Zardobda qanchalik o’sma hajmi katta bo’lsa siydik kislota konsentratsiyasi va LDG aktivligi (1500 M\l dan yuqori) shunchalik yuqori bo’ladi va kimyo terapiyadan keyin shunchalik o’sma parchalanish sindromi havfi yuqori bo’ladi. Havf guruqiga kiradigan bemorlarda kimyo terapiyadan oldin qon va siydikning umumiy hamda biokimyoviy analizi o’tkaziladi. Leykotsitoz va trombotsitoz fonida zardobda kaliy konsentratsiyasining aniqlanish natijalari yuqori bo’lishi mumkin (psevdogiperkaliemiya), chunki qondan namuna olingandan keyin hujayralar parchalanishi sodir bo’ladi. Bu holatda kaliy miqdori zardobda emas plazmada aniqlaniladi. Bundan tashqari psevdogiperkaliemiyada elektrokardiografik o’zgarishlar bo’lmaydi. Buyraklar funksiyasi buzilgan bemorlarda buyraklar hamda qorin orti bo’shlig’ining UZI va KT si o’tkaziladi. 208 Diurezni yaxshilab kuzatish kerak. O’sma parchalanish sindromi havfini baholash va uning profilaktikasi uchun choralar ko’rish kerak. Biroq hattoki shunday vaziyatlarda ham o’sma parchalanish sindromi va o’tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini oldini olishning har doim ham iloji bo’lmaydi. Ko’pincha dializga ehtiyoj seziladi va buni kechiktirish kerak emas. qoqishga qarab bu gemodializ bo’lsa yaxshi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling