5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

       BEMORLARNI YUVINTIRISH 
 Yotoqda  uzoq  muddat  yotgan  bemorlar  va  har  xafta  gigienik  vanna  qabul 
qilmaydigan bemorlar, shuningdek siydik hamda axlatni ushlab tura olmasdigan  
bemorlar  kuniga  bir  necha  marta  yuvintirilishi  kerak,  chunki  chov  sohasidagi 
burmalarda to’planib qoladigan siydik va axlat teri butunligi buzilishi va  
yotoq yaralar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuvintirish kaliy permanganat 
kuchsiz eritmasi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritma bilan amalga  
oshiriladi.  Eritma  iliq  bo’lishi  kerak(30-32gradus).  Yuvintirish  uchun  ko’za, 
kornsang va steril paxtali shariklar bo’lishi kerak. Ko’pincha ayollarni  
yuvintiriladi.  
 Yuvintirishda  dumbalar  ostiga  tuvak  qo’yiladi.  Bemor  chalqanchasiga  oyoqlarini 
tizzadan bukib va sonlarini biroz ochgan holda yotadi. Chap qo’lga iliq 
dezenfeksiyalovchi  eritma  bilan  ko’za  olinadi  va  tashqi  jinsiy  a'zolarga  quyiladi. 
Paxtali tampon bilan jinsiy a'zolar asta-sekin orqa chiqaruv yo’li  
tomon harakatlantirilib (tepadan pastga) bir marta yuviladi, shundan so’ng paxtali 
quruq tampon bilan teri o’sha yo’nalishda artiladi va infeksiyani orqa  
chiqaruv  yo’lidan  siydik  qopiga  kiritmaslik  uchun  tampon  tashlab  yuboriladi. 
Yuvintirish rezinali naycha, qisqich va qinli uchlikka ega Esmarx krujkasi  
orqali  qilingani  qulayroq,  oraliqqa  suv  oqimi  yoki  margansovka  kuchsiz  eritmasi 
yo’naltiriladi.  


 
217 
 Erkaklarni  yuvintirish  osonroqdir.  Bemor  holati  chalqanchasiga  yotgan,  oyoqlar 
tizzadan bukilgan holda; dumbalar ostiga tuvak qo’yiladi va suv oqimi  
oraliq  hamda  chov  burmalariga  yo’naltiriladi.  Paxtali  tampon  bilan  teri  artiladi, 
keyin quruq paxtali tampon bilan uni quritib artiladi; agar chov  
burmalarida  qipiqlanish  bo’lsa  vazelin  yoki  har  qanday  yog’  bilan  surkash 
mumkin. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling