5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


Gastrostomaning parvarishi


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

         Gastrostomaning parvarishi 
 Agar  bemorda  qizilo’ngachni  o’tkazuvchanligi  buzilishi  yuzasidan  operatsiya 
qilingan bo’lsa va unga gastrostoma qo’yilgan bo’lsa (oshqozon devorida, qorin  
oldingi devorida shakllantirilgan teshikka qo’yilgan rezinali naycha) oziqlantirish 
bir qator xususiyatlarga ega. 
 Oshqozondagi maxsulot oqib ketmasligi uchun naycha egiladi va bog’lanadi yoki 
qisqich bilan qisiladi. Oziqlantirishdan oldin naycha yechiladi va uning  
oxiriga voronka kiydiriladi, unga oziqlantiruvchi aralashma quyiladi. 
  Gastrostoma atrofidagi terini parvarishlash: 
    - agar gastrostoma atrofida tuklar bo’lsa teri tekis tozalanadi; 
    - har bir oziqlantirishdan keyin teri iliq suv bilan yuviladi yoki furatsilin eritmasi 
bilan yuviladi (1 tabletka furatsilin bir stakan qaynatilgan  
iliq suvga). Kaliy margansovksining oqish-pushti kuchsiz eritmasidan foydalanish 
mumkin (bir nechta krastallar bir stakan iliq suvga); 
    - gastrastoma atrofiga shifokor tavsiya qilgan mazlar ("Stomagezin") yoki pasta 
(ruxli, Lassar, dermatolli) surtiladi va tal'k sepiladi (tanin kukuni  
yoki  kaolindan  foydalansa  ham  bo’ladi).  Mazlar,  pastalar,  sepkichlardan 
foydalanish gastrastoma atrofida po’stloqlar hosil bo’lishiga olib keladi va  
terini oshqozon shirasi ta'siridan qimoyalaydi; 
    - maz' yoki pasta qoldiqlari salfetka bilan olib tashalanadi
    -  gastrostoma  orqali  oziqlantiriladigan  rezinali  naycha  oziqlantirishdan  keyin 
biroz qaynagan iliq suvda yuviladi. 
        Jarohatlarni parvarish qilish 


 
227 
 Jarrohlik amaliyotidan keyingi jarohatni parvarishlashda uning  holati baholanadi: 
jarohat atrofida qizarishlar borligi, choklar holati, jarohatga  
qo’l tekkizganda bemor ta'sirchanligiga e'tibor qaratiladi. 
 Bog’lamni almashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: 
      - hamma ishlatilayotgan predmetlar sterilligi tekshiriladi; 
      -  bog’lovdan  keyin  va  oldin  qo’llarni  sovun  yoki  antiseptik  bilan  yuviladi. 
qo’llarni qog’ozli sochiqqa yoki salfetkalarga artiladi, ko’p marta  
ishlatiladigan sochiqdan foydalanish mumkin emas; 
      - muolajagacha qo’lqoplar kiyiladi; 
      -  ishlatilgan  asboblar  va  material  idishga  solinib,  epidemiyaga  qarshi  tartibga 
ko’ra qayta ishlanishi kerar; 
      -  hohishga  ko’ra  bir  martalik  steril  dori  vositali  upakovkalardan  foydalanish 
kerak. 
    Muolajadan oldin quyidagilar qilinadi: 
      - qo’llar yuviladi
      -  bog’lov  uchun  hamma  kerakli  narsalar  tayyorlanadi  (steril  salfetkalar, 
qo’lqoplar: steril va nosteril, qaychi, pinset, lotok, yod spirtli eritmasi,  
bint, leykoplastir yoki bog’lamni mustahkamlash uchun kleol); 
      - bemorga muolaja va uni maqsadi tushuntiriladi
      - bemor qulay yotqiziladi, jarohat joylashgan soha ostiga kleyonka qo’yiladi; 
      - ifloslangan predmetlar uchun yon tomonda paket bo’lishi kerak. 
   Muolaja quyidagicha amalga oshiriladi: 
      - nosteril qo’lqoplar kiyilib ifloslangan bog’lam olib tashlanadi. Bu tez, bemor 
uchun og’riqsiz va tartibli amalga oshiriladi. Agar bog’lam jarohatga  
yopishgan bo’lsa uni steril suv yoki vodorod perioksid bilan ho’llash kerak. Iflos 
material va qo’lqoplar plastik paketga tashlanadi
     - steril qo’lqoplar kiyiladi; 
     - pinset bilan steril dokali salfetka olinadi, uni steril distillangan suv bilan yoki 
0.9  %li  natriy  xlorid  bilan  qo’llanadi,  jarohat  yuviladi,    steril  salfetka  bilan 
quritiladi. Ishlatilgan material paketga solinadi


 
228 
     -  jarohat  yod  spirtli  eritmsi  bilan  qayta  ishlanadi,  buning  uchun  pinset  va 
salfetkadan foydalaniladi; 
     -  jarohat  steril  salfetka  bilan  yopiladi,  tepasidan  katta  salfetka  qo’yiladi. 
Bog’lov materiali leykoplastr' yoki kleol bilan mustahkamlanadi; 
     - bemor qulay yotqiziladi; 
     - kleyonka olib tashlanadi
     - ishlatilgan predmet va qo’lqoplar plastik paketga solinadi; 
     - qo’llar yuviladi.      

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling