5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Davolash
Ko’ks oralig’ining hajmli hosilalari traxeyani ezib qo’yishi bilan havflidir. Yuqori nafas yo’llarini obstruksiyasi shoshilinch jarrohlik amaliyoti uchun ko’rsatma hisoblanadi. Simptomatik davolash (diuretiklar, kamtuzli parhez, kislorod ingalyatsiyasi, krovat boshini ko’tarish) faqatgina vaqtincha yengillik olib kelishi mumkin. Nur terapiyasi - kichik hujayrali bo’lmagan o’pka saratoni va boshqa katta o’smalar metastazlari natijasidagi yuqori kovak vena sindromini davolashning asosiy davolash metodi hisoblanadi. Kichik hujayrali o’pka saratonida, limfoma va limfogranulematozda kimyo terapiya samaralidir. Ushbu o’smalarni mahalliy retsidivlarga moyilligini hisobga olib buni nur terapiyasi bilan to’ldirish tavsiya etiladi. Agar yuqori kovak vena sindromi yaxshi sifatli sabab bilan bog’liq bo’lsa jarrohlik amaliyoti obstruksiya sababini yo’qotishi mumkin. Deyarli hamma bemorlarda yaxshilanish kuzatiladi, biroq bu venoz kollaterallar rivojlanishi bilan bo’lishi mumkin. O’limga olib keluvchi sabab bo’lib yuqori kovak vena obstruksiyasi emas asosiy kasallik hisoblanadi. 181 Venoz katetr bilan bog’liq bo’lgan yuqori kovak vena sindromi. Onkologik bemorlarga uzoq muddatga venoz katetr o’rnatish keng qo’llanmoqda. Venoz katetrlar yirik venalar trombozining sababi bo’lishi mumkin. Bunaqa holatlarda katetrni olib tashlash bilan birga tromboemboliyani profilaktikasi uchun antikoagulyantlar buyuriladi. Agar shunga o’xshash holatlarda yuqori kovak vena sindromi o’z vaqtida tashxislangan bo’lsa katetrni olmasdan turib trobolizis qilinadi. Venoz katetrni har oy urokinaza bilan yuvib turish trombozlar chastotasini va katetr infeksiyasini kamaytirishga imkon beradi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling