5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi


HISOB HUJJATLARINI YURITISH


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/38
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#257831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
onkologiyadan hamshiralik ishi

HISOB HUJJATLARINI YURITISH 
Onkologik  bemorlarni  hisobga  olishni  unifikatsiya  qilish  maqsadida,  xavfli 
o’smalar bilan kasallangan bemorlarni ro’yxatga olish va hisobini yuritish bo’yicha 
yo’riqnomaga  muvofiq  maxsus  relamentga  doir  faoliyat  yuritadigan,  barcha 
onkologik  bemorlarni  majburiy  ro’yxatga  oladigan  yagona  tizim  tashkil  qilingan. 
Reglamentlangan hisobga olish shakllari quyidagilardan iborat:  
090/U  raqamli hisobga olish shakli "hayotida birinchi bor saraton kasalligi 
yoki boshqa yomon sifatli o’sma tashxisi qo’yilgan bemor haqida xabarnoma" (..... 
ilova).  Mazkur  shakl  hayotida  birinchi  bor  xavfli  o’sma  kasalligi  aniqlangan 
bemorlarga  nisbatan  to’ldiriladi.  Xabarnomani  umumiy  va  maxsus  tarmoqdagi 
barcha davolash-profilaktika muassasalarining shifokorlari ko’rsatib o’tilgan qaysi 
tibbiy muassasaga bo’ysunishidan qat'iy nazar, birinchi marta xavfli o’sma tashxisi 
aniqlangan bemorlarga to’ldiriladi. Xabarnoma poliklinikaga tibbiy yordam uchun 
mustaqil  murojaat  qilgan  va  o’sma  kasalligi  aniqlangan  bemorlarga,  statsionar 
tekshirishda,  aholini  dispanserlash  va  vaqti-vaqti  bilan  o’tkaziladigan  profilaktik 
ko’riklarda,  tibbiy  tekshiruvlarda,  operatsiya  vaqtida,  murda  yorilganda,  xavfli 
o’smalardan  o’lganlar  to’g’risidagi  ma'lumotlarni  ZAGS  ma'lumotlari  bilan 
solishtirishda  va  agar  tashxis  o’limdan  keyin  aniqlangan  bo’lsa,  statistika 
boshqarmasida to’ldiriladi. 090/U shakli bo’yicha "O’limdan so’ng hisobga olindi" 
belgisi  bo’lgan  xabarnoma  hayotligida  onkologik  muassasada  hisobda  turmagan 
xavfli  o’sma  kasalligidan  vafot  etgan  bemorlarga  to’ldiriladi.  Saraton  oldi 
kasalliklari  bo’lgan,  lekin  xavfli  o’smaga  shubha  qilingan  bemorlarga,  xavfsiz 
o’sma  bilan  kasallangan  bemorlarga  bu  xabarnoma  to’ldirilmaydi.  Bemorda 
birlamchi  ko’plab  xavfli  o’smalar  bo’lganda,  mazkur  bemorga  har  bir  xavfli 
o’smaga  ushbu  o’smaning  tartib  raqami  ko’rsatilib  xabarnoma  to’ldiriladi. 
To’ldirilgan  090/U  raqamli  ro’yxatga  olish  shakli  "hayotida  birinchi  bor  saraton 
kasalligi  yoki  boshqa  yomon  sifatli  o’sma  tashxisi  qo’yilgan  bemor  haqida 
xabarnoma"  uch  kun  ichida  bemorni  doimiy  yashaydigan  joyi  bo’yicha  hududiy 


 
14 
(respublika,  viloyat)  onkologik  muassasasiga  (onkologik  dispanser,  xona) 
yo’llanishi shart. "hayotida birinchi bor saraton kasalligi yoki boshqa yomon sifatli 
o’sma tashxisi qo’yilgan bemor haqida" xabarnomani saqlash muddati kamida uch 
yilni tashkil qiladi. 
027-2/U  raqamli  hisobga  olish  shakli  "Bemorda  o’tinqiragan  xavfli  o’sma  turi 
aniqlangan  hol  uchun  bayonnoma"(......  ilova).  Bu  bayonnoma  hayotida  birinchi 
marta IV bosqich xavfli o’sma kasalligi aniqlangan har bir bemorga, vizual kirish 
mumkin bo’lgan lokalizatsiyalarda (teri, til, og’iz bo’shlig’i, lab, qalqansimon bez, 
bachadon  bo’yni,  sut  bezi  va  to’g’ri  ichak  saratoni)  to’ldiriladi.  Bayonnoma 
bemorda  yo’l  qo’yilgan  taktik  va  diagnostik  xatolarning  tahlili  kechikish 
sabablarinianiqlash  uchun  xizmat  qiladi. Bayonnomada  bemorning  murojaat  etish 
bosqichlari va uni  tekshirish usullari batafsil bayon  qilinadi, kechikishning  asosiy 
sabablari ta'kidlanadi. Bayonnoma, shuningdek, o’limga asosiy sababchi bo’lgan  
xavfli  o’sma  tashxisi  o’limdan  keyin  aniqlangan  hollarda  va  xavfli  o’sma 
kasalligini  o’limdan  so’ng  kechikkan  shaklda,  bu  tashxis  o’limning  asosiy 
sababchisi  bo’lish-bo’lmasligidan  qat'iy  nazar,  aniqlangan  hollarda  tuziladi. 
Bayonnoma  ikki  nusxada  tuziladi.  Uning  birinchi  nusxasi  bemorning  ambulator 
kartasiga  yopishtiriladi,  ikkinchisi  onkologik  dispanserga  yuboriladi.  027-1/U 
raqamli  hisobga  olish  shakli  "Yomon  sifatli  o’sma  kasalligi  bor  shifoxona 
bemorining  tibbiy  kartasidan  ko’chirma"  (......  ilova).  Bu  ko’chirma  statsionarda 
xavfli  o’sma  kasalligi  bilan  kasallangan  har  bir  bemorga  davolash  jarayoni 
yakunlangandan  so’ng  davolovchi  shifokor  tomonidan  to’ldiriladi.  Ko’chirma 
hayotida birinchi marta mazkur gospitalizatsiya mobaynida xavfli o’sma, jumladan 
preinvaziv  (in  situ)  tashxisi  aniqlangan  holatlarda  va  ilgari  tashxis  qo’yilgan 
bemorlarga  to’ldiriladi.  Ko’chirmani  har  gospitalizatsiya  tugallangandan  so’ng, 
uning davomliligi qanday natija bilan tugashi va keyingi davolash rejalaridan qat'iy 
nazar,  albatta  to’ldiriladi.  Shakl  bemor  statsionardan  chiqadigan  kuni  to’ldirilishi 
kerak.  Ko’chirma  bemorning  doimiy  yashash  joyi  bo’yicha  hududiy  respublika, 
viloyat  miqyoslaridagi  onoklogik  muassasaga  to’ldirilgan  vaqtdan  boshlab  uch 
kunlik muddat ichida yetkazilishi shart. 


 
15 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling