5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
KANSER - REGISTR
Kasallanish, xavfli o’sma kasalliklaridan o’lim to’g’risidagi statistik va epidemiologik ma'lumotlar, shuningdek turli-tuman statistik ko’rsatkichlarning ko’pligi (kasallanish, bir yillik va besh yillik yashash) sog’liqni saqlash tizimida asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun davlat va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu masalalarning barchasi muammoni batafsil o’rganishni, shuningdek eng to’liq va ishonarli statistik axborotni talab qiladi. Kanser-registr - bu onkologik kasalliklarning har bir hodisasi, uning paydo bo’lishi, kechishi, davolash va oqibatlari haqidagi ma'lumotlar yig’indisidir. Axborotlar yig’ilib shu tarzda tahlil qilingan taqdirdagina, qimmatli statistik, epidemiologik va klinik tadqiqotlar olib borish imkonini yaratadi. Ular saraton paydo bo’lish jarayonida xavf omillarining ta'sirini, turli davolash usullarining samaradorligini, har xil guruxdagi bemorlarning yashab ketishini baholash imkonini beradi. Axborot to’planadigan aholi guruhlari bo’yicha, shuningdek yechiladigan vazifalarning sinflari bo’yicha kanser-registrlar hududiy (populyatsion) va kasalxona (gospital) turlariga bo’linadi. hududiy registr - bu muayyan hudud (populyatsiya) ichida yashaydigan shaxslardan xavfli o’smalarning barcha turlarida ma'lumotlarni yig’ish, saqlash va tahlil qilishni tashkil etishdan iborat. Uning vazifalariga kasallanish, o’lim tahlili, muayyan mintaqa yoki butun mamlakat populyatsiyasi o’rtasida xavfli o’smalarning tarqalganligini tahlil qilish, shuningdek aholiga onkologik yordamni rivojlantirishni rejalashtirish, mintaqada skrining dasturlarini tashkil qilish kiradi. Kasalxona registri - bu onkologik klinika statsionarlariga tushgan bemorlar to’g’risida axborot yig’ishni tashkil qilishdir. Uning vazifalariga klinik statsionarlarni takomillashtirish maqsadida uni faoliyatini tahlil qilish, xavfli o’sma kasalligi bilan kasallangan bemorlarning yashab ketishini tahlil qilish va davolash usullari samaradorligini baholash kiradi. 16 hududiy saraton registri - onkologik xizmat axborot tizimining zamonaviy va eng ilg’or rivojlangan shaklidir. hududiy kanser-registr kompleksining asosiy funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: 1. ... 2. Mintaqada saratonga qarshi tadbirlarning samaradorligi ustidan nazorat. 3. Tezkorlik bilan bemorlar to’g’risida axborot bazasida zarur miqdorlarda saqlanadigan ma'lumotlarni olish. 4. Mintaqadagi onkologik bemorlar to’g’risidagi ma'lumotlarni uzoq muddatgacha saqlash va o’zgartirishlar kiritish. Hududiy registrga ma'lumotlar turli manbalardan doimo kelib tushadi. Registr shunday ma'lumotlarni tahlil qilish, sharhlash va halqaro standartlarga muvofiq kasallanish, o’lim va aholining har xil guruhlari o’rtasidagi xavfli o’smalarning ayrim turlarini ta'riflash, ko’rsatkichlarning vaqtincha o’zgarishlari to’g’risidagi axborotlarni taqdim etishga imkon beradi. Saraton registrining bahosi uning ma'lumotlari sifati va ulardan foydalanish darajasiga bog’liq. O’z-o’zidan ma'lumki, saraton kasalligini ro’yxatga olish imkoni boricha to’liq bo’lishi kerak. hududiy registrni to’liqligi deganda, qamrab olingan hududda har bir onkologik kasallik hodisasi to’g’risidagi ma'lumotlarni kiritish tushuniladi. Kasalxona kanser- registri uchun to’liqlik, statsionarda zarur hajmda davo olgan har bir bemor haqidagi ma'lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Ayrim registrlar ma'lumotlari o’zaro taqqoslanadigan bo’lishi kerak. Shuningdek, halqaro miqyosda umumiy qabul qilingan belgilar ro’yxatini ham hisobga olish va ularni yig’ishga hamma registrlar jalb etilishi darkor. hududiy saraton registrlari tarmoQini vujudga keltirishda mavjud bo’lgan davlat onkologik xizmati bazasidagi bir xillikni hisobga olish zarur. Kanser-registr to’xtovsiz yangilanib korreksiya qilinib turadigan ro’yxatdan iborat bo’lib, o’zida bemorlarning kasalliklari va davolash jarayonlari haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi. Asosiy vazifalaridan biri onkologik bemorlar to’g’risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish hisoblanib, uning negizida onkologik yordam holatini miqdoriy mezonlarda adekvat baholash, davolash jarayoni va dispanser 17 kuzatuvi nazoratini optimallashtirish imkoniyati yotadi. Kasalxona kanser-registri ma'lumotlari klinik tadqiqotlar o’tkazishga, har xil davolash turlarining samaradorligini va yashab ketish ko’rsatkichini baholashga ko’proq moslashtirilgan. Registrga kiritiladigan ma'lumotlar hajmi sifatli tibbiy axborotlar olish uchun registr foydalanadigan birlamchi hujjatlarga bog’liq. Kasalxona registridagi shunday hujjat kasallik tarixi hisoblanadi, hududiy registrda esa maxsus ro’yxatga olish shakllaridir. Birlamchi hujjatlar pala-partish yoki chala to’ldirilgan taqdirda registrning ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va ishonarli natijalarni qo’lga kiritish imkoniyatlari kamayadi. Davolash tugallangandan so’ng onkologik bemorlarni kuzatish jarayoni to’xtatilmaydi. Faqat birlamchi ma'lumotlar emas, balki keyingi davolashga doir rejalar, asoratlar, retsidivlar yoki metastazlar paydo bo’lganligi to’g’risidagi, bemorning o’limi (saraton yoki boshqa sabablardan) to’g’risidagi ma'lumotlar registrga kiritiladi. Bu bemorlarning ko’p yillik (5-, 10-yillik) yashovchanligini baholash imkonini beradi. Kanser registrlar butun dunyoda bir necha o’n yilliklar davomida faoliyat ko’rsatib keladi. hozirgi vaqtda ularning ko’pchiligi avtomatlashtirilgan. Avtomatlashtirilgan texnologiyalarning joriy qilinishi qanday bo’lmasin, jadvallar va ko’rsatkichlarni hisoblash jarayonini avtomatlashtirishga, ayni vaqtda birlamchi tibbiy axborot sifatiga va ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda Respublikamizda sog’liqni saqlash tomonidan ko’rsatilayotgan davolash- profilaktika yordamini yaxshilashga, shuningdek kasalliklarni erta diagnostika qilishga qaratilgan chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi hukumati, umuman, sog’liqni saqlash tizimida axborotlashtirish va komp'yuterlashtirish masalalariga katta e'tibor qaratmoqda. Bizning respublikamizda onkologik xizmat yuzasidan axborot yig’ish va uni ishlab chiqish Respublika Onkologiya Ilmiy Markazi tomonidan 7-tib raqamli shakl "Xavfli kasalliklar to’g’risida" gi statistik hisobot qabul qilish bo’yicha amalga oshiriladi. hisobotning bu shakli barcha viloyatlar bo’linmalari tomonidan yig’iladi 18 va yiliga 1 marta ROIM ga topshiriladi, shundan so’ng yig’ilgan hisobotlardan respublika bo’yicha yagona hisobot shakllantiriladi va statistik ko’rsatkichlar hisob-kitobi o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimida shakllangan sharoit onkologik xizmatni axborotlashtirish va komp'yuterlashtirishning o’z vaqtida olib borilayotganligi va uning dolzarb masala ekanligini hamda milliy kanser- registrning to’liq tadbiq qilinganligini ko’rsatdi. 2009 yilda O’zR SSV Respublika Onkologiya Ilmiy Markazi tomonidan innovatsion grantni qo’lga kiritilganligi bois kanser-registr tashkil etildi. Uni tashkil qilishdan asosiy maqsad - O’zbekiston Respublikasi onkologik dispanserlarida malakali va ixtisoslashgan onkologik yordamni takomillashtirish va O’zR SSV ROIM da muassasalar axborot infrastrukturasini yaratish, aholining onkologik kasallanishi bo’yicha to’liq hisobini yuritish va ko’rsatilayotgan yordam sifatini oshirish, shuningdek markaz yetakchi onkologlarining konsul'tativ-uslubiy yordamini amalga oshirishdan iborat. Hozirgi vaqtda O’zR SSV ROIM da barcha klinik bo’linmalarni, qabulxona va markaziy serveri bo’lgan maslahat poliklinikasini birlashtiradigan lokal tarmoqlar o’tkazilgan (1-rasm). Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling