5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Ul'trabinafsha nurlanish
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
2.2.5. Ul'trabinafsha nurlanish
Eksperemental va epidemiologik tekshirishlar ko`rsatishicha UB nurlanish inson uchun kanserogen xisoblanadi va yassi xujayrali saraton, bazalioma xamda teri melanomasiga olib keladi. UB nurlanish quyosh nurining ko’rinmaydigan spektr qismi xisoblanib 100- 400 nanometr (nm) uzunlikda bo’ladi. UB nurlanish radiatsiyasi shartli uch qismga bo`linadi: UB-S, garbetsid UB nurlari, 280nm kam uzunlikdagi to`lqinlar; UB-A radiatsiya insonlar va laboratoriya xayvonlarida pigmentatsiya xamda eritema chaqiradigan 330-44 nm uzunlikdagi to`lqinlardir; UB-B radiatsiya 280-330 nm uzunlikdagi nurlardir. 290 nmdan kam bo`lgan UB-B radiatsiya nurlari atmosfera bilan yutiladi, ozroq qismi yergacha yetib keladi. UB radiatsiyaning aynan shu qismi eng xavfli xisoblanadi. UB-A radiatsiya ta'siriga nisbatan uning ta'siri odam terisiga kanserogen ta'siri sezilarli kuchlirok. Xar xil uzunlikdagi UB nurlarini o`rganish oqibatida, eritemani eng ko`p 297 nm uzunlikdagi UB nurlar chaqirishi aniqlandi. To`lqin uzayishidan UB nurlari samaradorligi kuchi pasayadi. UB-B radiatsiya teri qarishi jarayoniga ta'sir etadi. Ekperemental sistemalar UB-B radiatsiyasi natijasida ko`pchilik odam terisi yassi xujayrali saratoni r53gen supressorida mutatsiya aniqlanadi. Lekin boshqa tomondan UB-B radiatsiya organizmda D vitamini va kal'siy oshishiga olib keladi, bu ayniqsa nomutanosib ovqatlanadigan axoli uchun muximdir. UB radiatsiyasidan asosiy ximoya qiluvchi tarkibiy qism bu OZON (O 3 ) dir. Ozon UB-b nurlanishni stratosferada yutib kamroq UB-B nurlarini yerga o`tkazadi. Ozonning yo’qolib ketishi UB-B nurlanishini yerga yetib keluvchi nurlanishi oshishiga olib kelishi mumkin. Yassi xujayrali saraton va melanoma bilan kasallanishning ortishini ayrim olimlar UB-B nurlanishi darajasining yer yuzining ayrim xududlarida, masalan Kanada va Shveytsariyada, ortishi bilan bog`lashmoqda. Lekin UB-B nurlanishining global ortishi kuzatilmadi, lekin yomon sifatli va teri o’smalari ortishini iqtisodiy rivojlangan davlatdagi insonlarning ta'tillarini issiq mamlakatlarda o`tqazishi bilan bog’lash mumkin. Teri yomon sifatli o’smalari ko’proq oq tanli axoli o’rtasi jumladan quyoshda ko’proq toblanadigan ko`k va 44 kulrang ko`zli sariq xamda qizg`ish sochli axolida, sepkil chiqishga moyil bo`lganlarda uchraydi. Teri o’smalari ko’proq tananing ochiq joylarida kuzatiladi. Teri o’smalari yomon sifatliligi bo`yicha yer yuzining turli xududlarida teskari bog`lanish mavjud va UB nurlanish bilan esa musbat bog`lanish bor. Yassi xujayrali saraton bilan ko`pincha ochiq xavoda ishlaydigan, uzoq muddat quyosh nurlari ta'sir etadigan ishchilar kasallanishadi, teri melanomasi bilan esa yopiq binolarda ishlaydigan, quyoshda toblanishni yaxshi ko’radigan va terisi tez kuyadigan ishchilar kasallanishadi quyosh nurlari ta'siridan (masalan keratoz va elastoz) yuzaga kelgan, shuningdek genetik buzilishlarga sindromlar al'binizm, kseroderma, pigmentozum ega bo`lganlarda teri saratoni xavfi yuqori xisoblanadi. UB nurlanishni yassi xujayrali saraton xavfiga ta'siri ko’proq ifodalangan. Melanoma etiologiyasida quyosh nurlanishi bilan birga ko`plab xollar, displastik nevuslar ko’rinishidagi konstitutsional xususiyatlar muxim o’rin egallaydi. UB nurlarning uch shakldagi yomon sifatli o’smalar oldini olishdagi axamiyatini xisobga olib, ayniqsa 12 va 15.00 o’rtasida, uzoq muddatli quyoshda Bo`lishdan saqlanish lozim, kanserogenez nuqtai nazaridan quyosh nurlarining faolligi eng xavfli bo’ladigan davr xisoblanadi. Ximoya kremlarini qo`llash kuyishni oldini oladi lekin melanoma xavfini kamaytirmaydi. Bundan tashqari tibbiy yo`riqnomalarsiz solyariylardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling