5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Saraton oldi va fon kasalliklari haqida tushuncha
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
2.4. Saraton oldi va fon kasalliklari haqida tushuncha.
Saraton oldi kasalliklari - bu umumiy populyatsiyaga qaraganda yuqori ehtimollik bilan saratonga o’tadigan holat. Lekin saraton oldi foni borligi bu saratonga shubhasiz o’tadi degani emas. Saraton oldi kasalliklari 0,5-1% holatlarda yomon sifatliga o’tadi. Saraton oldi kasalliklari spektri judayam keng. Ularga deyarli hamma surunkali yallig’lanish, spetsifik va nospetsifik jarayonlar kiradi. Masalan oshqozonda bu - turli etiologiyadagi surunkali gastrit, shuningdek oshqozon yarasi sababli qilingan rezeksiya; o’pkada - surunkali bronxit; jigarda surunkali gepatit va sirroz; sut bezidagi disgormonal jarayonlar - mastopatiya; endometriydagi giperplastik jarayonlar - bezli giperplaziya; bachadon bo’ynida - erroziya va leykoplakiya; qalqonsimon bezdagi diffuz va tugunli buqoq; kasbga oid dermatit chaqiruvchi kimyoviy agentlar, shilliq qavati kuyishlari; virusli kasalliklar (bachadon bo’yni papillomavirus infeksiyasi); yaxshi sifatli o’smalar (oshqozon va 53 yo’g’on ichak adenomatoz poliplari, neyrofibromalar); parazitar kasalliklar (opistarxoz va b.). Saraton oldi holatlariga - fakultativ saraton oldi kasalligi (fakul'tativ saraton oldi) va saraton oldi holatlari - obligat saraton oldi kasalligi (obligat saraton oldi) kiradi. Erta saratonga predinvaziv saraton (carcinoma in situ) va erta invaziv saraton - mikrokarsinoma kiradi. Shunday qilib erta onkologik patologiyada 4 ta ketma ket keladigan saraton morfogenezi fazalarini ajratish mumkin: I - saraton oldi holatlari - fakultativ saraton oldi kasalliklari; II - predinvaziv saraton - carcinoma in si tu; III - erta invaziv saraton. Saraton oldi I fazasiga - fakultativ saraton oldiga turli hil atrofik va distrofik o`zgarishlar bilan kechadigan, regenerator mexanizmlar bilan bo’ladigan surunkali kasalliklar, hujayralar proliferatsiyasi o`chog`ini yuzaga keltiradigan, o’sma o`chog`i paydo qilishi mumkin bo`lgan disregenerator jarayonlar va metaplaziya kiradi. Fakultativ saraton oldi kasalliklari judayam kam hollarda yomon sifatli hosilalarga aylanadi. Fakultativ saraton oldiga sut bezi yo`llari epiteliysi proliferatsiyasi bilan disgormonal giperplaziyasi, shilliq qavati chuqur qayta qurilishi bilan bo’ladigan atrofik gastrit, bachadon bo’yni erroziyasi, teri muguzlanishi, keratoakontoma, papilloma va boshqalar kiradi. Saroton oldi II - obligat saraton oldi. Obligat saraton oldi kasalligi odatda nasliy yoki tug`ma omillarga bog’liq bo`lib, erta yoki kech saratonga aylanadi. Bu fazaga displaziya (dys - buzilish, plasis - hosila ) kiradi, har doim disregenerator jarayon ichida paydo bo’ladi hamda yetarli bo’lmagan va o’lik bo’lmagan to`qima uzoq elementlarining tabaqalashishi bilan, hujayralar yetilishi va proliferatsiyasi o’rtasida o`zaro moslik buzilishi bilan kuzatiladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling