5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erta invaziv saraton
Predinvaziv saraton
Predinvaziv saraton (carcinoma in situ, epiteliy ichi saratoni) o’sma morfogenezi III fazasi hisoblanadi. Bunda o’sma jarayoni bazal membranasi saqlangan epitelial plast bilan chegaralangan, hujayra chegarasida saratonga hos kataplaziya hamma belgilari bor. Epiteliy ichi saratoni o’smaning mustaqil morfogenetik shakliga kiritiladi, kompensatsiyalangan saraton deb atashadi. Shunga ko’ra predinvaziv saraton bilan 5-yillik umr ko’rish 100% hisoblanadi. Epiteliy ichi saratoni diagnozini to’liq isbotlash, zararlangan to’qimani obdon gistologik tekshiruvi va ko’pincha invaziv o’sishni inkor qilish maqsadida 55 seriyali kesishni qo’llash asosida amalga oshiriladi. Bu faza davomiyligi 10 yil va undan yuqori bo’lishi mumkin. Yomon sifatli o’sma shakllanishida va epiteliy ichi saratonidan o’tishda oxirgi vaziyat bo’lib invaziv o’sish boshlanishi hisoblanadi. Erta invaziv saraton Erta invaziv saraton (mikrokarsinoma) - erta onkologik patologiyada o’sma morfologiyasining IV fazasi hisoblanadi. Bunda o’sma mahalliy bo’ladi, metastazlar kuzatilmaydi. "Mikrokarsinoma" -bu operatsiya vaqtida olib tashlangan preparatni obdon o’rganish asosida paydo bo’lgan klinik-morfologik tushuncha. Erta invaziv saraton - yomon sifatli epitelial o’sma bo’lib, bazal membranadan 0,3 sm chuqurlikgacha tashqariga o’sgan, o’rtacha mikroskop bir kichik ko’rish maydonini tashkil etadi. Bu fazada 5-yillik umr ko’rishning yuqori darajasi kuzatiladi, shuning uchun uni invaziv saratonning prognostik yaxshi sifatli bosqichiga kiritsa bo’ladi. Isbotlangan erta invaziv saratonda ximioterapiya va qo’shimcha nur terapiyasiz standart jarroxlik davolash o’tkaziladi. A'zo saqlab qoluvchi ekonom operatsiyalar har bir bemor uchun individual hal qilinadi. Eksperemental ma'lumotlarga asoslanib, ko’pchilik saratonni erta aniqlashning joylashishiga (bachadon bo’yni, lab, teri) asosan yomon sifatli o’sma saraton oldi kasalliklari fonida yuzaga keladi. Adabiyotlarda yozilgan de novo, ya'ni sog’lom to’qimalarda, yuzaga keladigan epitelial o’smalar deyarli mavjud bo’lmaydi, chunki o’smaning o’tuvchi bosqichlari latent va tez, kuchsiz klinik va morfologik belgilar bilan kuzatiladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling