5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Onkologiyada deontologiya prinsiplari
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Onkologiyada deontologiya prinsiplari
-Bemor ro’xiyatining maksimal ximoyasi; -Xar bir yomon sifatli o’smasi bor bemor davolanish xuquqiga ega. 59 Yomon sifatli o’smasi bor bemorlar bilan ishlashda axloqiy va deontologik prinsiplarga amal qilish muxim axamiyatga ega. Bunaqa bemorlar xolatiga kasallik eng kuchli ruxiy-travmatik ta'sir ko’rsatadi. Ko’plab mualliflar ma'lumotlariga karaganda juda xam ko’p onkologik bemorlar ruxiyatida obsessiv-fobik va asteno- depressiv buzilishlar belgilari kuzatiladi. Bu emotsional labillik, o’lim xavfi shilimshiq g’oyalari, tushkunlik va o’zi bilan o’zi ovora bo’lish bilan, xavotirlanish vasvasasi, xalokatga maxkumlik xissi, o’z kasalligidan umidsizlik, keyingi xayotning kelajagi yo’qligi, o’z joniga qasd qilish xayollari bilan namoyon bo’ladi. Eng avvalo xar bir bemorda insonni, shaxsni ko’ra olish lozim. Ruxiy xususiyatlar, bilim darajasi, xarakter va xayot tajribasi (xamma insonlar singari) bemorlarda xar xil. Bemor o’z fikriga ega bo’lishi mumkin. Vaziyatni ko’ra olish unda nisbatan boshqacharoqdir. Bemor nuqtai nazariga xurmat bildirib, tushunishga, xarakat qilish, g’ururini kamsitmasdan xushmuomilalik bilan fikrini to’g’irlash kerak. Xar bir inson bilan muomala qilishni urganish lozim. Onkologik bemorning xissiyot va fikrlarini to’liq tushunishga erishish mumkin bo’lmaydi. Birlamchi ko’rik davridanoq onkologik bemor qo’rquv, xavotir, depressiya belgilari bilan ifodalanuvchi og’ir emotsional stressni xis qiladi. Bu xolatda xulq-atvorning turli ko’rinishlari bo’lishi mumkin, bulardan noadekvat reaksiyalar: kasallikni inkor etish, davolanishdan bosh tortish, tajovuzkor yoki suiqasd qilish kayfiyati kuzatiladi. Lekin xatto tashqi tomondan xam tinch ko’ringan bilan bemor atrofdagilardan yashirishga xarakat qilib, o’z kasalligi xaqida o’ylaganda qo’rquvni xis etadi. Bemorning yashirin salbiy emotsiyalari tayyorlanmagan shifokor nazaridan chetda qoladi. Uning e'tiborsiz va yuzaki yondashuvi, undan xam yomoni uziga bino qo’yishi va qo’polligi bemor xavotirini chuqurlashtiradi, kasallik kechishini yomonlashtiradi. Shuning uchun birlamchi ko’rikda malakali shifokor bemor bilan o’zaro ishonchli munosabat o’rnatishga, uning gaplariga xurmat bildirib, xavotir sababini aniqlashga, stressni yumshatishga (xech bo’lmasa chuqurlashtirmaslikka), e'tibor bilan xamdardlik bildirib davolanishga ruxiy tayyorlashga xarakat qiladi. 60 Asta - sekinlik bilan onkologik bemor ruxiy tomondan o’z kasalligiga moslashadi. A. V. Gnezdov moslashishning bir nechta bosqichlarini tafovut qiladi: - psixologik shok - "inkor qilish reaksiyasi" (kasallikni qabul qilmaslik) - tajovuzkor xarakatlar ("taqdirning adolatsizligi" ga javob sifatida) - depressiya (tushkun kayfiyat xolati) - kasallikni qabul qilish (tinchlanish, "taqdirdan qochib qutilishning iloji yo’qligi" ga rozi bo’lish, nisbiy o’zaro mos ichki xolat). Ushbu bosqichlarni bosib o’tish uchun vaqt kerak bo’ladi, davomiyligi individualdir (oylar, yillar). Bu yangi xayotga, statsionar sharoitiga, tibbiy xodimlarga, kasallikka, davolanishga, xayotdan ko’z yumish mumkinligiga ko’nikishdir. "Yo’qotishning psixologiyasi va psixoterapiyasi" kitobida (2002) A. V. Gnezdilov tarqalgan o’smasi bor bemorlar psixologik reaksiyalarini tushuntirib, ularni aybsiz o’limga xukm qilingan, noma'lum vaqtda amalga oshiriladigan shaxslar xissiyotlari bilan tenglashtirish mumkinligini yozgan. Bu saraton xaqida davolab bo’lmaydigan, azobli, o’limga olib keladigan kasallik sifatida tasavvur bo’lishi bilan bog’liq, bemorda o’limdan qo’rquv, ishonchsizlik chaqiradi, iroda va inson qadrining kamsitilishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda uchrab turadigan xolatlar va bemorlar shaxsiyatining xar xilligi xar bir xolat uchun to’g’ri keladigan deontologik qoidani keltirib bo’lmaydi. Shuning uchun intuitsiya va muloqot ko’nikmalarini rivojlantirish kerak. Bemor kayfiyatini tushunib, eshitishni bilish lozim, suxbatni kerakli tomonga burish kerak, bemor ruxiy xolatiga mos keladigan axborotni xisobga olib, xaqiqiy tashxis va kasallik oqibati to’g’risidagi mavzudagi murakkab savollarga javob berish kerak. Bunda o’ylab ko’rilmagan oshkoralikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Aytilishicha: "Mening yonimda turgan shifokor birdaniga aytadi: "Xaqiqatni bilishni xoxlaysizmi?" --- va albatta men aytaman: " Xa, xoxlayman". Bu xaqiqatni baxam ko’rib xamma og’irlikni menga, shu narsasiz xam kuchsizlanib qolgan 61 yelkalarimga , ag’darishadi va meni uyqusiz tunlari azob chekishim uchun indamasdan qoldirib, yengil yurak bilan ketishadi. Naxotki mening qadamlarim bilan, men bilan birga, shoshilmasdan utishning iloji bo’lmasa" (P. Darnford "Bu yo’lni baxam ko’r", 2003y.). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling