UMUMIY TAYANCH SIMPTOMLAR
Umumiy tayanch simptomlarini 2 ta guruhga bo’lish mumkin:
-Umumiy intoksikatsiya simptomlari
-Paraneoplastik simptomlar
Yomon sifatli o’smalar, metabolizm xusiyatlaridan kelib chiqib, o’zlarining
o’sishi va rivojlanishi uchun sezilarli energiya sarflanishini talab qiladi.
O’sma to’qimasi glyukoza-metabolizmi, lipidlar va boshqalar uchun
muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi "qopqon"dir. Kislorodsiz energiya ajratish yo’liga
o’tishi mumkin. Organizm o’z to’qimalarini aminokislotalari va boshqa
komponentlarini sarflab (glyukoneogenez, to’qimalar autolizi), natijada sezilarli
miqdorda parchalanishning "shlak" maxsulotlarini hosil qiladi.
Bular organizm uchun izsiz o’tmaydi, intoksikatsiya va qator paraneoplastik
simptomlar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |