5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Onkologiyada deontologiya muammosi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehribonlik.
2.5. Onkologiyada deontologiya muammosi Tibbiy deontologiya (grekcha deon - burch, majbur; logos- so’z, ta'limot) - tibbiy hodimning bemor va jamiyat oldidagi burchi haqidagi fan; bunda nafaqat kasbga oid balki eng avvalo ahlokqiy, ma'naviy, odamiylik jihatlari haqida gap boradi. 56 Har bir tibbiy hodim o’z ish faoliyatida "Xalqaro Jeneva tibbiy assotsiatsiya deklaratsiyasi"(1994), "Tibbiy ahloq xalqaro kodeksi"(1983) ga amal qilishi kerak. "Xalqaro Jeneva tibbiy assotsiatsiya deklaratsiyasi": "Tibbiy birlashmaga a'zo bo’lar ekanman, men o’z hayotimni insonparvarlikning eng yuksak maqsadlariga xizmat qilishga tantanali qasamyod qilaman" deb ta'kidlangan. Mashxur onkologlar, akademik N. N. Bloxin va N. N. Petrov bemorlarga yordamning psixologik va ahloqiy jihatlariga katta ahamiyat berishgan. N. N. Bloxin qayd etishicha, deontologiya keng ma'noli tushuncha bo’lib, o’z ichiga: "shifokorning bemorga yordam bera olishi, bemorlar bilan, ularning qarindoshlari, kasbdoshlar, o’z ustozlari bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni" oladi. "Tibbiy ahloq xalqaro kodeksi"(1983) ta'kidlashicha: " Shifokor bemorning insoniy g’ururiga hurmat va hamdardlik bilan munosabatda bo’lishi hamda tibbiy yordamning kasbiy mutaxassislikdan qat’iy nazar hamma jihatlariga javob berishi kerak". Tibbiyot hodimining tashqi qiyofasi, bemorlar bilan, ularning ota-onalari, qarindoshlari bilan muloqot qilish san'ati o’zaro hamfikrlikni yuzaga keltiradi yoki aksi bo’lganda, e'tiborsizlik va qo’pollik shifokordan uzoqlashtiradi, salbiy xissiyotlarni, hatto tajovuzkor harakatlarni chaqiradi. Tartiblilik, mehribonlik, aniqlik va o’z ishiga talabchanlik - yoshidan qat’iy nazar tibbiy hodimga e'tiborni qaratadigan xislatlardir. Aniqlik va o’z ishiga talabchanlik - bu asosiy xususiyatlarga e'tiborsizlik yaramaydi. Agar siz bemor bilan aniq bir vaqtda uchrashuv tayinlagan bo’lsangiz belgilangan vaqtda o’sha joyda bo’ling; lekin qandaydir uzrli sababga ko’ra (tezkor operatsiya, boshqa bemorga chaqiruv ) uchrasha olmasangiz yozib qoldiring yoki shaxsan uzr so’rang, lekin uchrashuv haqida unutmaganingizni bildiring. Mehribonlik. Bu unutilgan so’z tibbiy hodimning bemorga, azoblariga hamdard bo’lishini, qarindoshlariga hamdard bo’lishini, og’ir kasal yotgan farzandi bor ota-onalar 57 holatini, qayg`u azobi va yo’qotish xissini tushunishni talab etadi. O`ziga bino qo`yish, sun'iy "buyuklik", ko`ngilchanlik bu yerda o`z o`rniga ega emas. O`zgalarga yaxshilik istash, shifokor marhamatliligi - davolash muvaffaqiyatining asosidir. Haddan tashqari, ayrim hollarda soxta qaxrli qiyofa, norozi yuz qiyofasi, o`tkir ohang yosh tibbiy hodimlarga tuyulgandek obro’ini mustaxkamlamaydi. Bemor bilan muloqotda shoshilmaslik, aniq ketma-ketlik, ifodalangan dikkatlilik tibbiy professionalizmga kiradi. Yo’l yo’lakay bemorni ko’zdan kechiruvchi tibbiy xodim juda xam yomon ta'ssurot uyg’otadi, zero shoshilish jiddiy xatolar va kamchiliklarga olib keladi. " Qisqaroq gapiring men shoshilyapman", "kutishga vaqtim yo’q, yana 20 ta bemorim bor" va boshqa iboralarni ishlatish mumkin emas. Xattoki sharoit xuddi shunaqa bo’lsa xam bemor tibbiy xodimni e'tiborli va mexribon ko’rishni istaydi. Siz rostdan xam shoshilayotgan bo’lsangiz qo’yidagicha: " Kechirasiz men sizni to’xtatib qolyapman, chunki siz berayotgan savollar judayam muxim. Chunki bular muxokama qilish uchun yetarlicha vaqt talab qiladi. Lekin xozir men borishim kerak. Shuning uchun keyinroq uchrashishni taklif qilaman( uchrashuv vaqti va joyini belgilash kerak), biz xammasi xaqida gaplashib olishimiz mumkin" gapirish ma'qulroq. Chidash, o’zini boshqara olish tibbiyot xodimi uchun muximdir. Sabr va chidamlilik onkolog-shifokor, xodimlar uchun juda xam zarurdir. Onkologik muassasalarda faoliyat yurituvchi shifokor va xamshiralar ayniqsa og’ir onkologik bemorlar bilan ishlash amalietida noxaq va o’ringa ega bo’lmagan, qattiq ta'nalar va ayblar eshitishga tayyor bo’lishi kerak. Biroq o’layotgan bemor qarindoshlari va bolasini yo’qotgan ota-onalar bilan baxslashib, e'tiroz bildirish mumkinmi. Ayrim xollarda kayg’u va yo’qotish paytida o’z yaqinlari o’limidan yoqimsiz xolat tajovuzkor xarakatlar bilan ifodalanadi. Bunga tushunish bilan munosabatda bo’lish kerak. Chunki tajovuzkor xarakatlar so’nmagan kaygu va tushkunlikka qaratilgan xolos. O’z imkoniyatlarini, bilim, malakani real baxolash kerak, zarur bulganda uzidan malakaliroq bulgan mutaxassisni taklif qilishga uyalmaslik kerak. 58 Bemor bilan suxbatda psixolog xususiyatlarini namoyon qilishi kerak. Xar qanday inson "saraton", "jarroxlik amaliyoti" degan so’zlar oldida qo’rqinchni xis etishini esda tutish kerak. Bemorda qorqinchni yo’qotish shifokor va xamshiralarning eng birinchi vazifasi xisoblanadi. Kasal bolalar bilan muloqot aloxida e'tiborni talab qiladi. Bolalar xamma narsani ko’radi va tushunadi, xar qanday aytilgan e'tiborsiz so’z unga ruxiy zarba bo’lishi mumkin. Bola xuzurida uning jismoniy nuqsonlari , shuningdek kasallik og’irlik darajasi va oqibatini muxokama qilish yaramaydi. Bolalarni davolayotganlar bir bemorni emas, uch ta , ya'ni uning "kasal ota-onalari" bilan munosabatda bo’layotganini esdan chiqarmaslik kerak. Bolasi xayotiga solingan xavf tabiiyki daxshat, "inkor qilish reaksiyasini" chaqiradi. O’zaro va boshqa tibbiy xodimlar bilan munosabati xam jiddiy deontologik jixatlarni o’z ichiga oladi. Ko’ra olmaslik, ziyon yetkazish, yomon suzlarni gapirish, o’z kasbdoshining pand yeganini ko’rib xursand bo’lish jamoada noqulay muxitni yuzaga keltiradi, bemorlarni davolashga yomon ta'sir etadi. Xamshiralar bilan muloqotdagi xatolarga ko’pincha yosh shifokorlar o’zlarini namoyon qilish uchun yo’l qo’yishadi. Xamshiralarga nisbatan mensimasdan munosabatda bo’lish ajoyib, insoniylikni qadrlovchi va iltifotli kasbning obro’sini pasayishiga olib keldi. Bunga " mexribonlik xamshirasi" tushunchasi o’rniga kelgan noqulay atama "o’rta tibbiy xodimlar" sababchidir. Shifokor, xamshira, enaga xammasi birgalikda umumiy ish bemorni davolash va parvarish qilish ishini amalga oshirishadi. Shuni ta'kidlash kerakki rivojlangan davlatlarda xamshiralarning o’rni beqiyosdir. Xar doim shifokorlar xalqaro kongresslari o’tkazilgani kabi bemorlarni davolash va parvarish qilish muammolarini muxokama qilish bo’yicha aktiv ilmiy va tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling