5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
Displaziya
Epiteliy displaziyasi quyidagi uchlik bilan aniqlanadi: Hujayra atipiyasi (hujayra shakli va o`lchamining o`zgarishi). 54 Hujayralar tabaqalashishi buzilishi (hujayralar aniq tabaqalashishi yuk, epiteliy qavatlarida tabaqalashmagan yosh xujayralar shakllari ustunlik qiladi) To`qima arxitektonikasi yo`qligi (aniq qavatlarga bo`lingan epiteliy bo`lmasligi). Ko`pchilik a'zolarda displastik jarayon surunkali yalliglanish va disregeneratsiya bilan bog’liq oldin kelgan giperplaziya (hujayralar sonining ortishi ) fonida rivojlanadi. Ko’pincha displaziyaning uch darajali gradatsiyasi bor: kuchsiz ifodalangan (DI), o’rtacha ifodalangan (DII) va ifodalangan (DIII). Bunda displaziya darajasini aniqlovchi mezoni bo`lib hujayra atipiyasi ifodalanish darajasi hisoblanadi. Vaqt o’tishi bilan displaziya susayishi, o`zgarmas xarakterda bo`lishi yoki kuchayishi mumkin. Kuchsiz darajadagi displaziya deyarli saratonga aloqasi yuq va kuchsiz hamda o’rtacha displaziya hamma qismlarda uchraydi. Qanchalik displaziya ifodaliroq bo’lsa shunchalik orqaga qaytish extimoli kamroq. Displaziyani cancer in situ (displaziyaning eng oxirgi darajasi) deb qarasa saraton kasalligiga o’tishi ehtimoli oshadi. Displaziyaning juda ham rivojlangan morfologik ko’rinishi, invaziv xususiyatlarga ega bo’lmagan hujayrada molekulyar-genetik o’zgarishlarga to’g’ri keladigan, saratonni judayam eslatadi. Shuning uchun saraton oldi holati kompleks profilaktik choralarni o’tkazishni va hatto radikal davolashni talab qiladi, obligat rak oldi holatidagi bemorlar onkolog ro’yxatida turishi kerak. Obligat saraton oldi kasalliklariga oilaviy yo’g’on ichak polipozi, pigmentli kseroderma, Bouen dermatozi, oshqozon adenomatoz polipi kiradi. Xaqiqiy yaxshi sifatli o’smalar asosan malignizatsiyalanmaydi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling