5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
A'zo faoliyatining buzilishi simptomi
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
A'zo faoliyatining buzilishi simptomi:
-Ichak tutilishi belgilari -Bezli apparat gipo- , gipersekretsiyasi - Boshqa funksiyalar buzilishi A'zo faoliyatining buzilishi simptomi ko’pchilik kovak, parenximatoz va endokrin a'zolar saratonida kuzatiladi. Kovak a’zo bo’shlig’ining o’sayotgan o’sma (A. A. Shayn bo’yicha obturatsiya fenomeni) tufayli asta-sekin yopilishi, torayishi, ezilishi bilan bog’liq, yoki bezli apparat maxsus va yondosh funksiyalarning pasayishi bo’ladi. Haqiqatdan ham turli a'zolar, hatto turli a'zo qismlari har xil funksiyalarni olib borishadi. Shunga binoan turli a'zolarda va o’sha a'zoning turli qismlarida "funksiya buzilishi simptomi" bir xil ifodalanmaydi. Qizilo’ngach bo’shlig’ining, oziq o’tqazish asosiy funksiyasi bo’lgan, obturatsiyasi (boshlanishida qisqa, funksional), keyin doimiy (organik) disfagiyaga olib keladi. Bronx o’tkazuvchanligining markaziy o’pka saratonida buzilishi atelektaz va xansirashga olib keladi. Siydik chiqarish kanali va umumiy 66 o’t yo’li o’sma bilan ezilishi oqibatida oshqozon osti bezida ushbu yo’llarda o’tkazuvchanlik buzilishiga olib keladi (sariqlik, anuriya). Oshqozon saratonining turli xil klinik simptomatikasi ushbu a'zoning har xil (motor-evakuator, rezervuar, sekretor, bakteriotsid, qon hosil qiluvchi, ekskretor, so’ruvchi) funksiyalari bilan bog’liq. Xususan oshqozon chiqish qismi saratonida motor-evakuator funksiya, anemiyaga qarshi faktor ishlab chiqariladigan oshqozon tubi saratonida esa qon ishlab chiqaruvchi funksiya buziladi. Sekretor, hamda bakteriotsid funksiyaning buzilishi oziq massalarining bijg’ish jarayoniga olib keladi. Shu bilan birga rezervuar va boshqa funksiyalar buzilishi kuzatiladi. Shuning uchun o’sma joylashish joyiga va funksional buzilish darajasiga qarab klinikada - oshqozonda noqulaylik xissi yoki anemiya, yoqimsiz xidli kekirish yoki disfagiya birinchi o’ringa chiqadi. Chambar ichakning chap qismi ( sigmasimon va to’g’ri ichak ampulasining yuqori qismi) o’ng qismiga( kattaroq axlat massalarini o’tqazuvchi) nisbatan funksional farqi kichik bo’lsada, umuman boshqacha klinik simptomatikaga olib keladi - qisman yoki to’liq ichak tutilishi kuzatiladi. Ma'lum miqdorda bunga o’sma o’sish shakli ham sababchi bo’ladi. Yo’g’on ichak chap qismida ko’pincha infiltratsiyalanuvchi yoki stenozlovchi, o’ng qismida esa - ekzofit, parchalanish, intoksikatsiya va anemiya simptomlari bilan kuzatiluvchi saraton shakllari uchrashi aniqlangan. Bolalarda kattalarga qaraganda a'zo funksiyasi buzilish simptomi bir xil bo’lmaydi, ko’pincha kovak a'zolardan tashqarida joylashgan saratonda kuzatiladi. Natijada o’tkazuvchanlik buzilishi tashqaridan ezilish yoki kompressiya (qizilo’ngach, siydik nayi, umumiy o’t yo’li), parenximatoz a'zolar (jigar, buyraklar va boshqa) rezerv va funksional imkoniyatlarining, ko’rish o’tkirligining pasayishi MNS o’smalarida, ko’z tur pardasida, bug’imlar harakatchanligi pasayishi bo’ladi. Saraton uchun a'zo funksiyasining buzilish simptomlari kuchayib borishi tipik hisoblanadi. Ayrim xollarda o’tkazuvchanlik to’xtashi to’satdan sodir bo’ladi, keyin vaqtincha qayta tiklanishi mumkin. Bu devor spazmi bilan bog’liq bo’lib 67 mavjud bo’lgan o’sma fonida kuzatiladi (o’sma o’tkazuvchanligi buzilishining funksional bosqichi), xato taktika manbai hisoblanadi. Aytib o’tilganlarni hisobga olib qat’iy qoidaga amal qilish kerak: hatto a'zo funksiyasining vaqtinchalik buzilishida ham saraton haqida o’ylash kerak. Patologik ajralmalar simptomi: -Qonli -Yiringli -Shilliqli Patologik ajralmalar simptomi saratonning hamma shakllarida uchraydi, biroq ekzofit o’smalar uchun ko’proq xarakterli. Masalan; devordan boshlanadigan to’g’ri ichak ampulyar qismi va chambar ichak o’ng yarim qismi o’smasi. O’smaning tez o’sishi va o’sishga mos bo’lmagan tomir arxetiktonikasi mukammal emasligi oziqlanish buzilishiga olib keladi, oziqlanish yetarli emasligi nekrozga olib keladi, nekroz yaralanishga, yaralanish qon ketishiga va infeksiya qo’shilishiga olib keladi. Buning natijasida ko’pchilik kovak a'zolar va jinsiy a'zolar uchun yaqqol yoki yashirin patologik ajralmalar tayanch simptomi hisoblanadi: yiringli, qonli va shilliqli. Ko’pincha aralash xarakterda bo’ladi. Patologik ajralmalar infiltrativ saraton shakllarida ham kuzatiladi, lekin kechgi bosqichlarda. Chunki bunday o’smalarda stroma ustunlik qiladi va atrofdan normal to’qima bilan o’ralgan bo’lib, undan yuqori raqobatchiligi hisobiga oziq moddalarni oladi. Natijada saratonning infiltrativ shakllarida a'zo devorlari atrofiyasidan yuzaga keluvchi torayish, stenoz, ichiga tortilishni birinchi navbatda aniqlash imkonini beradi. Keyinchalik butun a'zo o’lchami kamayadi, buni sut bezi “zirxli shaklida" kuzatish mumkin. To’qimalar har xilligi va mo’rtligi tufayli, kalsiy tuzlari kam miqdorda bo’lganligidan, davriy funksional va mexanik yuklamalardan keyin qon ketishi odatda kam bo’ladi. Klinik jixatdan bunaqa qon ketishi teri qoplamalari oqarganligi , bosh aylanishi bilan ifodalanadi. Ko’pincha qon ketishi yashirin bo’lganligidan lobarator aniqlashni talab qiladi. Yo’g’on va to’g’ri ichak, qizilo’ngach va oshqozon saratonida axlatda qon bo’lishi mumkin. Yaqqol yoki 68 yashirin gematuriya buyraklar yoki siydik qopi saratoni, qon tuflash - bronxlar uchun xarakterli bo’lishi mumkin. Jinsiy yo’llardan qonli ajralmalar (go’sht yuvindisi rangida) bachadon tanasi va bo’yni saratoni uchun xos hisoblanadi. O’smaning qizilo’ngach shilliq qavati nerv-reflektor apparatini ta'sirlashi gipersalivatsiyaga olib keladi. Bu ayrim hollarda saratonning birinchi belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin bemorlarning o’zlari bunga ahamiyat berishmaydi va faqatgina maqsadga yo’naltirilgan so’rovda ularda xuddi chekuvchilardek so’lak ko’p ajralishi kuzatiladi, uyqudan keyin va boshqalarda yostiqda izlari aniqlanadi. Yo’g’on va to’g’ri ichak saratonida shilliq qavatni o’sma komponentlari, ich qotishlarda qattiq axlat massalari ta'sirlashi xisobiga shilliq ajralmalar aniqlanadi. Yiringli va yiringli-qonli ajralmalar odatda rivojlangan saraton shakllarida parchalanishini xarakterlaydi. Og’riq xissi simptomi Kam bilinadigan noqulaylik hissi, to’lib qolganlik hissi va boshqalar. O’tmas doimiy bo’lmagan og’riq hissiyoti Ifodalangan doimiy og’riqlar Onkologik amaliyotda "og’riq" atamasi emas "og’riq hissiyoti" mos keladi, chunki o’smalar boshlang’ich bosqichlarda og’riqsiz rivojlanadi, keyinroq bemorlar tomonidan har doim ham og’riqqa o’xshamasdan qabul qilinadigan hissiyot paydo bo’ladi. Masalan; qizilo’ngach saratonida "to’sh ortida yot modda" hissi yoki oshqozon saratonida noqulaylik hissi. A'zoning uning ichidagi moddalar bilan to’lishi (oshqozon distal qismi, yo’g’on ichak chap qismi saratonida) natijasida to’lib qolish hissi, shishib ketish hissiga olib keladi, undan xalos bo’lish esa to’liq yengillashishga olib keladi. Aniq ifodalangan og’riqlarning yo’qligi shifokorga o’z vaqtida murojat qilmaslikka sabab bo’ladi. Faqatgina vaqt o’tishi bilan og’riq hissi doimiy bo’ladi. Ma'lum miqdorda og’riq hissining intensivligi va takrorlanishi anatomik soxa innervatsiyasiga bog’liq. Oshqozon osti bezi dum va tana qismi, to’g’ri ichak anorektal qismi saratonida, suyak sarkomalarida og’riq hissi simptomi asosiy hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling