5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
2.2.4. Alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish
Xaddan tashqari ko`p miqdorda alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish og’iz bo’shlig’i, xalqum, xiqildoq, qizilo’ngach, oshqozon, jigar, oshqozon osti bezi, chambar va to`g`ri ichak xamda sut bezi saratoni rivojlanish xavfini oshiradi. Mavjud bo`lgan ilmiy ma'lumotlar taxliliga ko’ra MAIR ishchi guruxi alkogol' ichimliklari kanserogen xususiyatga ega degan xulosaga kelishdi. Ekologik yoki o`zaro bog’liq tekshiruvlarda ko`rsatilishicha axoli son boshiga iste'mol qilinuvchi alkogol', yomon sifatli o’smalardan o’lim soniga o`zaro bog’liqdir. Fransiyada alkogol' iste'mol qilish va jigar sirrozidan o’lim soni xamda og’iz bo’shlig’i, xalqum, qizilo’ngach va oshqozon saratonidan o’lim soni 41 o’rtasida bog’liqlik aniqlangan. Xuddi shunaqa ma'lumotlar AQSHda olingan, axoli son boshiga alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish va oshqozon, chambar ichak xamda to`g`ri ichak saratonidan o’lim soni o’rtasida statistik aniq o`zaro bog’liqlik ta'kidlangan. Yaponiyada 46 ta prefekturada o`tkazilgan o`zaro bog’liq tekshirishlarda alkogol' iste'mol qilish va oshqozon-ichak trakti o’smalaridan o’lim o’rtasida bog’liqlik aniqlangan. 30 ta davlatni o`z ichiga olgan xalqaro tekshiruvda axoli son boshiga alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish va birlamchi jigar saratoni o’rtasida statistik o`zaro bog’liqlik aniqlangan. B gepatiti bilan tuzalishdan keyin o`zaro bog’liqlik aniqligicha qoldi. Fransiya, Angliya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish dinamikasi va qizilo’ngach, xiqildoq, chambar va to`g`ri ichak saratonidan o’lim o’rtasida o`zaro bog’liqlik kuzatilgan. Chekish va alkogol' iste'mol qilishdan saqlanuvchi diniy guruxlarda yomon sifatli o’smalardan o’lim soni umumiy populyatsiyaga nisbatan shubxasiz kamdir. AQSHda istiqomat qiluvchi Yettinchi kun mormonlari va adventistlari o’rtasida o`tkazilgan tekshirishlarda ular og’iz bo’shlig’i, oshqozon, qizilo’ngach, xalqum, chambar va to`g`ri ichak saratonidan sezilarli kam kasallanishlarini ko’rsatadi. Prospektiv va retrospektiv epidemiologik taxlil tekshirishlari alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish insonda kanserogenezda o`rni borligi isbotlandi. Kagortali va retrospektiv epidemiologik tekshirishlarda og’iz bo’shlig’i va xalqum saratoni rivojlanish NX statistik aniq oshishi aniqlandi. Ayrim tekshiruvlarda NX 10 marta va undan ko`p oshishi kuzatildi. Chekish va alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish o’rtasida sinergizm ta'kidlandi. Alkogol' ichimliklarini iste'mol qilishning xiqildoqqa ta'siri xam isbotlangan. Epidemiologik taxlil tekshirishlari ko`rsatishicha xaddan tashqari ko`p alkogol' ichimliklari iste'mol qiluvchi ayol va erkaklarda xiqildoq saratoni NX yuqoridir. Turli xil tekshirishlarga ko’ra iste'mol qilinuvchi alkogol' miqdoriga qarab NX 15- 50 atrofida o`zgarib turadi. Xamma epidemiologik tekshirishlarda alkogol' iste'mol qilish va chekishning NX ga sinergik ta'siri aniqlangan va bu birin ketin ta'sir qiladigan xususiyatga ega. 42 Alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish va qizilo’ngach saratoni o’rtasida sababiy bog`lanish epidemiologik tekshirishlarda aniqlangan. Ko`pchilik tekshirishlarda alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish bilan NX 10 va undan yuqoriga ko`tarilgan. Chekish alkogol' iste'mol qilishni qizilo’ngach saratoniga ta'sirini oshiradi. Alkogol' iste'mol qilish oshqozon saratoni xavfi oshishiga olib keladi. Alkogol'ning oshqozon kardial qismi va boshqa qismlariga kanserogenez jarayoniga ta'siri bir xilda tarqaladi. " Xolat-Nazorat uslubi bilan Pol'shada o`tkazilgan tekshirishda naxorga och qoringa aroq ichadigan erkaklarda oshqozon kardial bo’lmagan qismi saratoni NX sezilarli yuqori bo`lgan. Moskvada "xolat-nazorat" uslubi bilan o`tkazilgan tekshirishda xaddan tashqari ko`p alkogol', ayniqsa aroq, iste'mol qiluvchi ayol va erkaklarda oshqozon saratoni NX aniq statistik oshishi aniqlangan. Kuchli alkogol' ichimliklarini iste'mol qilish oqibatidagi kanserogen ta'sir kardiya uchun yaqqol ifodalangan. Chekish alkogol'ning kanserogen ta'sirini kuchaytiradi. Bu ikki omil o`zaro ta'sir natijasi oshqozon saratoni uchun umumiydir. Alkogol' ichimliklarni iste'mol qilish ta'siri chambar va to`g`ri ichak epidemiologik taxlil tekshirishlari natijalari bir-biriga qarama qarshidir. Ayrim "xolat-nazorat" uslubi bilan o`tkazilgan tekshirishlarda spirtli ichimliklar va pivo iste'mol qilishga bog’liq xavf ortishi aniqlangan. Biroq kagortali va "xolat- nazorat" tekshirishlarida natijalar tasdiqlanmaydi. Spirtli ichimliklar iste'mol qilish va birlamchi jigar saratoni o’rtasidagi bog’liqlik isbotlangan deb xisoblasa bo’ladi. Xaddan tashqari ko`p alkogol' iste'mol qilish jigar birlamchi saratoni xavfini 1.5-1 baravar oshiradi. Lekin birlamchi jigar saratonining muxim omillaridan biri xisoblangan C, B gepatit viruslari tarqalgan davlatlarda jigar saratoniga xavf alkogol' ta'siri yanada yuqoriroqdir. B virusi yuza antigenni tashib yuruvchilarda spirtli ichimliklar qabul qilish bilan bog’liq NX sakkiz marotaba oshgan, bu esa B gepatit virusi va alkogol' ichimliklar iste'mol qilish o’rtasidagi sinergizm oqibatida birlamchi jigar saratoni xavfiga ta'sirdan dalolat beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling