5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Ortiqcha vazn, jismoniy faollik
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
2.2.3. Ortiqcha vazn, jismoniy faollik.
Rivojlangan malakatlarda semirish kasallanish va o’limning muxim sababchilaridan biri sifatida ikkinchi o’rinda (chekishdan keyin) turadi. Semirish (ortiqcha vazn) diabet, yurak qon-tomir kasalliklar va saraton rivojlanish xavfini oshiradi. Ortiqcha vazn vazn-bo`y indeksi (VBI) orqali aniqlanadi. VBI vaznning bo`y kvadratiga nisbatiga teng. Semirish chastotasi xamma rivojlangan davlatlarda ortmoqda. Endometriy saratoni uchun ortiqcha vazn va semirish dominant faktor xisoblanadi. Vazn-bo`y indeksi 20dan 35 gacha endometriy saratoni xavfi o’rtacha uch martaga oshishi aniqlangan. Bundan tashqari ortiqcha vazn yo’g’on ichak, sut bezi (menopauzada), buyraklar va oshqozon xamda qizilo’ngach kardial qismi adenokarsinomasi xavfini oshiradi. Yo’g’on ichak saratoni VBI deyarli chiziqli ravishda 23dan 30gacha o`sishi kuzatiladi. VBI 23dan past bo`lgan shaxslarga nisbatan VBI 30dan ortiq bo`lgan odamlarda xavf 1.5-2 baravar oshadi. Ayollarga nisbatan erkaklarda, VBI yo’g’on ichak saratoni NX dan oshishi, ko’proq ifodalangan. 1,2 mln. kishini o`z ichiga olgan Amerika saratonga qarshi kurash tashkiloti tomonidan o`tkazilgan tekshirishda VBI 25kgG`m2dan past bo`lgan erkaklarga nisbatan VBI 30kgG`m2 bo`lgan erkaklarda yo’g’on ichak saratoni NX 75% yuqori bo`lgan, ayollarda esa VBI 30 kgG`m2 dan yuqori bo`lganlarda NX bor yo’g`i 25%ga oshgan. Ortiqcha vazn va sut bezi saratoni o’rtasidagi aloqa 100dan ortik epidemiologik tekshirishlarda ko`rsatib o’tilgan. Ayollarda NX ikki marta oshishi VBI 24 kgG`m2 bo`lganlarda ta'kidlangan. 340 ming ayollarni o`z ichiga olgan kogortali metaanaliz tekshiruvida VBI 21kgG`m2 bo`lgan ayollarga nisbatan 28kgG`m2 bo`lgan ayollarda NX 30 %ga oshganini ko’rsatadi. Yosh ayollar uchun ortiqcha vazn sut bezi saratoni uchun xavf omili xisoblanmaydi. 40 VBI 30kgG`m2 dan yuqori bo`lgan ortiqcha vazn buyrak saratonining 2-3 marta oshishiga olib keladi. Xavf ayollar uchun xam erkaklar uchun xam yuqoridir. Oriqcha vazn qizilo’ngach va oshqozon kardial qismi saratoni uchun bir xilda ta'sir ko’rsatadi. Shuningdek ortiqcha vazn va qalkonsimon bez, o`t qopi saratoni o’rtasida bog’liqlik kuzatilgan. Garbiy Yevropada o`tkazilgan epidemiologik tekshiruvlar natijalari asosida ortiqcha vazn va semirish 11%ga yo’g’on ichak saratoni, 9% sut bezi saratoni, 39% endometriy saratoni, 37% qizilo’ngach kardial qismi adenokarsinomasi, 25% buyrak saratoni va 24% o`t qopi saratoni sababchisi xaqida xulosa qilingan. Kasbga va sport mashg`ulotlariga bog’liq bo`lgan jismoniy faollik esa chambar ichak, sut bezi, endometriy va prostata saratonining rivojlanish xavfini kamaytirishi aniq isbotlangan. Qanchalik jismoniy faollik yuqori bo’lsa shunchalik xavf past bo’ladi. Epidemiologik tekshiruvlarning umumiy natijalari ko`rsatishicha, jismoniy faollik saraton xavfini 60%ga kamaytirar ekan. Shunday qilib saratonni oldini olishdagi asosiy tarkibiy qism bo`lib ortiqcha vazn nazorati va jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish xisoblanadi. Bu ayniqsa o`tirib xayot tarzini olib boradiganlarga tegishlidir, chunonchi zamonaviy ijtimoiy xayotda bunaqalar ko`pdir. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling