5 O’zbekiston respublikasi oily va o’rta ta’lim vazirligi
Ovqatlanishning o’ziga hos xusiyatlari
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
onkologiyadan hamshiralik ishi
2.2.2. Ovqatlanishning o’ziga hos xusiyatlari
Yomon sifatli o’smalar etiologiyasida ovqatlanish asosiy o’rin egallaydi. Ma'lumki turli xil geografik xududlarda yomon sifatli o’smalardan yuzaga keluvchi kasallik soni va o’lim soni sezilarli farq qiladi. Masalan oshqozon saratonidan kasallanish Yaponiya, Xitoy, Koreyada juda yuqori, Shimoliy Amerikada esa past darajada. Shu bilan birga yo’g’on ichak, sut bezi, prostata yomon sifatli o’smalaridan kasallanish Janubiy-Sharqiy Osiyoda past, Shimoliy Amerika va Garbiy Yevropada esa yuqori. AQSH da Janubiy-Sharqiy Osiyodan kelgan muxojirlarda o’tqazilgan tekshiruvlarda, AQSHda istiqomat qiluvchi yaponlar va xitoyliklarda birinchi avlodda oshqozon saratonidan kasallanish kamayib, yo’g’on ichak saratonidan kasallanish ortganini ko’rsatadi. Muxojirlarni tekshirish natijasi yomon sifatli o’smalarning geografik xilma xilligi populyatsion genetik xususiyatlarga emas balki atrof muxit ta'sirotlariga va xayot fazasiga bog’liq bo’lishini taxmin qilishga imkon yaratdi, shu asosida yomon sifatli o’smalar etiologiyasida ovqatlanishning axamiyati to’g’risida gipoteza shakllantirildi. Ayrim diniy guruxlar, xususan go’sht maxsulotlarini o’z ichiga olmagan parxezga rioya qiladiganlarda atrofda yashovchi boshqa axoliga nisbatan ularda yo’g’on ichak, bachadon tanasi, sut bezi va prostata saratonidan kasallanish sezilarli darajada kam uchrashini ko’rsatadi. Yomon sifatli o’smalar va ovqatlanish o’rtasida bog’liqlik, birichi bo’lib korrelyatsion tekshiruvlarda ko’rsatib berilgan. Aniqlanishicha go’sht, sut, yog’ni 34 (ayniqsa xayvon yog’i) axoli odam boshiga iste'mol qilish qabul qilinadigan kaloriya va yo’g’on ichak, sut bezi, bachadon va prostata saratoni o’rtasida o’zaro musbat bog’lanish mavjud. Eksperemental tekshiruvlar kimyoviy kanserogen moddalar bilan chaqirilgan saratonda to`yingan yog`lar va kaloriya qabul qilishni chegaralash kanserogenez jarayonini to`xtatishini ko’rsatadi. Ayrim eksperemental tekshiruvlarda chaqirilgan o’smalarda kaloriyani kamaytirmasdan yog`ni istemol qilishni chegaralash xam kanserogenez to`xtatilishi, o’smalar miqdorining kamayishi, latent davrining uzayishi kuzatildi. Kimyoviy kanserogen moddalar bilan chaqirilgan o’smalarda xayvon yoglari va energiya qabul qilishni cheklash sut bezi va yo`g`on ichak, shuningdek o’pka, teri yomon sifatli o’smalari va boshqa epitelial bo’lmagan to’qimalar o’smalarida kanserogenez to`xtatilishi aniqlandi. Shuni qayd etib o`tish kerakki xayvon yog`i kaloriyaning asosiy manbai va energiyaga boy komponent bo`lgani uchun eksperemental va epidemiologik tekshiruvlarda yog` bilan bog’liq energiyani to`liqligicha cheklab bo`lmaydi. Kaloriya qabul qilishni cheklash bilan bog’liq o’sma rivojlanishining to`xtash mexanizmini xujayralar proleferatsiyasi pasayishi va apoptoz kuchayishi, DNK reparatsiyasi kuchayishi, erkin radikallar xosil bo`lishining va ularning xujayraga shikastlovchi ta'sirining kamayishi, gormonal profil' o`zgarishi, xususan umumiy hamda erkin estradiol va testesteron darajasining pasayishi bilan tushuntirish mumkin. Qabul qilinadigan energiya markerlari, bolalik va katta yoshdagi o`sish (o`sish tempi) xamda jismoniy faollik darajasi xisoblanadi. Ayollarda bolalik davrida qabul qilinadigan kaloriya markeri bo`lib xayz ko’rishning boshlanish yoshi xisoblanadi. Epidemiologik tekshiruvlar ko`rsatishicha xamma sanab o’tilgan tavsiflar saraton xavfiga ta'sir etadi. Yog`larning kanserogen ta'sirini, testesteron va estradiol singari jinsiy gormonlar metabolizmi xamda sintezi jarayoniga ta'sir etishi bilan bog`lashadi. Yog` kislotalar, ayniqsa to`yingan, estradiolni plazmadagi oqsillar bilan bog`lanishini to`xtatadi, buning natijasida aylanib yuruvchi qonda estradiol yuqori 35 konsentratsiyada bo’ladi. Tug`ish yoshidagi ayollarda yog` iste'mol qilishni kamaytirish natijasida esteron va estradiol darajasining pasayishi ko`rsatib o’tilgan. Ayollarda menopauza davrida yog` iste'mol qilishni 40 dan 20% gacha kamaytirish qon zardobida umumiy estradiol konsentratsiyasining sezilarli (17%) pasayishiga olib kelgan. Yog` iste'mol qilish erkaklar jinsiy gormoni testesteron konsentratsiyasiga xam ta'sir etadi.Testesteronnning qondagi konsentratsiyasi yog` iste'mol qilish bilan isbotli tarzda o`zaro bog’liqligi ko`rsatib o’tilgan. Masalan Afrikada yashovchi afrikaliklarga nisbatan afroamerikaliklarda testesteron konsentratsiyasi aytarli darajada yuqori. Ta'kidlab o’tilganlarning oxirgilarida yog` qabul qilish sezilarli past darajada. Shu bilan birga prostata saratoni bilan kasallanish afroamerikaliklarda yuqori darajada bo’ladi. Prostata saratoni bilan kasallangan bemorlarni, prostata saratoni bilan kasallanish past va yuqori darajada bo`lgan Yaponiya va Gollandiyada, tekshirish oqibatida yog` iste'mol qilish va testesteron konsentratsiyasi gollandlar qoni Yo’g’on ichakdagi kanserogenezga yog`larning ta'sir mexanizmi ularning ichak mikroflorasi metabolizmiga ta'siri va ikkilamchi yog` kislotarining ta'siridan laboratoriyadagi xayvonlarda kanserogenezga sabab bo’ladi. Bundan tashqari yog`lar yo’g’on ichakda, mutagen ta'sirga ega, ushbu a'zoda kanserogenez jarayoniga muxim ta'sir etuvchi fekopentanlar xosil bo`lishini kuchaytiradi. Ichakda yog`lar qayta ishlanishi oqibatida fekal sterolalar paydo bo’ladi, ulardan ayrimlari yo’g’on ichak epiteliysi proleferatsiyasida muxim o’rin egallaydi. Ko`p miqdorda yog` iste'mol qiluvchi odamlar najasi tekshirilganda, ikkilamchi yog` kislotalari,fekapentanlar yuqori konsentratsiyada kuzatiladi, ichak metabolizmi, shuningdek lipidlardan mutagen fekal steriolalar xosil bo`lish jarayoni yuqori darajada bo’ladi. Hayvon yog`ini iste'mol qilish va yo’g’on ichak, prostata, sut bezi saratoni o’rtasidagi bog’liqlik ko`plab epidemiologik taxlil tekshirishlarda ko`rsatib o’tilgan. XX asrning 80-yillari o’rtalarigacha nashr qilingan ilmiy ishlarda, yuqori miqdorda go’sht va yog` iste'mol qiluvchi insonlarda yo’g’on ichak, sut bezi,prostata saratoni xavfi yuqoriligi ta'kidlangan. Biroq so`nggi 36 yillardagi tekshiruvlarda yanada aniqroq uslublarda yog` va boshqa oziq moddalarini iste'mol qilishni baxolash va mukammallashtirilgan statistik nazorat uslublarini qo`llash oqibatida ushbu ta'kidlashlar shubxa ostiga qo`yildi. 90 ming qatnashchini o`z ichiga olgan amerikalik xamshiralarni tekshirish oqibatida yuqori miqdorda yog`, xususan to`yingan yog` kislotalari va xolesterin, qabul kiluvchi ayollarda saraton xavfining oshishi umuman aniqlanmadi. Lekin 12 metaanalizi "xolat-nazorat" uslubida tekshirish oqibatida, yog`larni to`yingan yoki umuman qabul qilish oqibatida kam miqdorda, lekin statistik sut bezi saratoni xavfi oshishi kuzatildi. Shunday qilib sut bezi saratoni etiologiyasida yog` iste'mol qilishning o`rni noaniq qolmoqda. Bunaqa bog`lanish kuzatilgan tekshiruvlarda, qabul qilinadigan yog` va qabul qilinadigan energiya samarasi o’rtasida farq ajratilmagan bo`lishi mumkin degan taxmin bor. Yuqorida aytib o’tilganidek inson iste'mol qiladigan kaloriyaning(40% ko`prog`i) eng ko`p qismi, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda, yog`ga to`g`ri keladi. Yo’g’on ichak saratoni epidemiologik tekshiruvlarida esa, ularning ko`pchiligida yog`, ayniqsa to`yingan, shuningdek go’sht iste'mol qilish natijasida ushbu a'zoda saraton rivojlanishi o’rtasida bog’liqlik ko`rsatilgan. Masalan ta'kidlab o’tilgan amerikalik xamshiralarda, yuqori miqdorda xayvon yog`lari, mol go’shti, qo`y go’shti va kolbasa maxsulotlari iste'mol qiluvchi ayollarda, chambar ichak saratoni xavfining statistik isbotlangan yuqoriligi aniqlangan. Bu va boshqa amerikalik tibbiy xizmatchilarda o`tkazilgan tekshiruvlarda, chambar ichak saratoni xavfi va adenomatoz poliplari, xayvon go’shtini parranda go’shti xamda baliq go’shti iste'mol qilish nisbatiga bog’liqligi ko’rsatib o’tilgan, ya'ni qanchalik go’shtni parranda go’shti va baliqqa nisbatan ko`p iste'mol qilinsa shunchalik ushbu a'zo saratoni xavfi oshishi kuzatiladi. Yog`lar bilan bir qatorda uglevodlar kaloriyaning muxim manbai xisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda iste'mol qilinadigan energiyaning 70%dan ortiqrog`ini uglevodlar tashkil etadi. Rivojlangan davlatlarda yog` iste'mol qilishning oshishi xisobiga ovqatlanish ratsionida uglevodlar xissasi kamayadi. Oziq maxsulotlarida uglevodlar, kraxmal, shakar va boshqa polisaxaridlar, 37 kletchatka deb ataladigan moddani tashkil etadi. Kraxmal manb’alari bo`lib donlar (non), yorma, karto’shka, no`xat, dukkaklar xisoblanadi. Kletchatka o`simlik ozig`i, sabzovotlar, mevalar va rafinirlanmagan (tozalanmagan) yormalarning ajralmas qismi xisoblanadi. Ingliz shifokori Berkitt tomonidan, Afrikada olib borilgan kuzatishlar oqibatida yo’g’on ichak saratonidan kasallanish pastligi va oziq maxsulotlarida yuqori darajada kletchatkani iste'mol qilish xisobiga kletchatkaning ximoyalovchi ro`li xaqidagi gipoteza yaratilgan. Ko`p miqdorda kletchatka iste'mol qiluvchi insonlarda najas miqdori ko`p bo’ladi va oqibatda yo’g’on ichakda kanserogen moddalar konsentratsiyasi kamayadi degan taxmin bor. Klinik metabolik tekshiruvlar xar kunlik ratsionga 10-13g sellyuloza yoki galladoshlar kletchatkasi qo`shish oqibatida najas tarkibida ikkilamchi sut kislotalari va ularning metabolik va mutagen ta'siri sezilarli kamayishi ko`rsatilgan. Meva va sabzovotlarni iste'mol qilishning ximoya samaradorligi og’iz bo’shlig’i va xalqum, qizilo’ngach, oshqozon, chambar ichak va to`g`ri ichak, o’pka yomon sifatli o’smalari rivojlanishida ta'kidlab o’tilgan. Xiqildoq, oshqozon osti bezi, sut bezi va siydik qopi uchun yomon sifatli o’smalarning epidemiologik tekshiruvlarda ilmiy isbotlari kuchsizroq to`plangan. Biroq meva va sabzavotlarni iste'mol qilish ushbu o’smalar xavfini odatda kamaytiradi. Ayrim epidemilogik tekshiruvlarda NX kamayishi xamda meva va sabzavotlar iste'mol qilishdagi bog’liqlik bachadon bo’yni, endometriy, buyraklar, prostata o’smalari uchun kuzatilgan. Meva va sabzavotlar iste'mol qilish xamma yomon sifatli o’smalar xavfini kamaytirishi ko`rsatib o’tilgan. Tekshiruvlardan birida ko`p miqdorda yashil va sariq sabzavotlar yegan erkaklarda saraton xamma shakllaridan o’lim xavfi 0,3 tengligi aniqlangan. Piyoz va sarimsoq sezilarli ximoya samaradorligiga ega. Moskvada o`tkazilgan tekshiruvda sarimsoq iste'mol qilish oshqozon saratoni xavfini sezilarli kamaytirishi aniqlandi. Sarimsoqning antikanserogen ta'siri, oshqozon saratoni xavfiga olib keluvchi Helicobacter pylori ga nisbatan, bakteriotsid ta'siri bilan tushuntiriladi. 38 Sabzavot va mevalar, laboratoriya xayvonlaridagi tajribalarda o’smalar rivojlanishini to`xtatadigan, aktiv moddalarga ega. Ularga antioksidant xususiyatlarga ega S, E vitaminlari, beta-karotin, selen, shuningdek A vitamini, foley kislotasi, fitoestrogenlar (izoflavinolalar), flavinoidlar, nikversitin, indollar va boshqalar kiradi. Xujayralar tabaqalanishida A vitamini asosiy o’rin egallaydi, shu asosida A vitamini kanserogenez ingibitori bo`lishi mumkinligi xaqidagi gipoteza paydo bo`ldi. Eksperemental tekshiruvlarda bu gipoteza isbotlandi. A vitamini o`tmishdoshlari xisoblanadigan karotinoidlar, ayniqsa teri saratoni modelida, tajribada kanserogenez ingibitorlari bo`lib chiqdi. Epidemiologik taxlil tekshiruvlari karotinoidlar va A vitamini ximoya samaradorligini kam miqdordaligini isbotladi. Shuni ta'kidlab o`tish kerakki A vitamini manbai xayvon maxsulotlari xisoblanadi, karatinoidlar o`simlik maxsulotlari bilan organizmga tushadi. Anketa asosida, "xolat-nazorat" va kogorta tekshiruvlarida A vitamini xamda karotinoidlar iste'mol qilish baxolandi, shuningdek qonda ushbu vitaminlar miqdori taxlili o`tkazildi, bunda karotinoidlar iste'mol qilish va ularning qondagi yuqori konsentratsiyasi o’pka saratoni xavfini kamaytirishi aniqlandi. Karotinoidlar iste'mol qilish xiqildoq, oshqozon, qizilo’ngach, sut bezi, siydik qopi, bachadon bo’yni saratoni xavfini kamaytiradi. C vitamini antioksidant xisoblanib, oshqozonda ovqat bilan tushadigan aminlar va nitritlardan endogen nitrozoaminlar xosil bo`lishini to`xtatadi. "Xolat- nazorat" uslubi bilan o`tkazilgan bir qator tekshiruvlarda C vitamini qabul qilishning ximoya mexanizmi aniqlangan. Ovqat bilan ko`p miqdorda C vitamini iste'mol qiluvchilarda xiqildoq, og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach, oshqozon va bachadon bo’yni saratoni rivojlanish xavfi kamayishi ko`rsatib o’tilgan. Boshqa vitaminlar singari mevalar va sabzovotlar tarkibiga kiruvchi C vitaminining ximoyaviy o`rni noaniqligicha qolmoqda. E vitamini xam kuchli antioksidant xisoblanadi. Tajribaviy tekshiruvlarda E vitamini kanserogenez jarayonini to`xtatishi ko`rsatib o’tilgan. E vitamini iste'mol qilish va uning qondagi konsentratsiyasi o’rtasidagi epidemiologik tajribalar 39 natijalari bir-biriga qarshidir. Biroq shuni ta'kidlab o`tish kerakki qonda E vitamini konsentratsiyasi o’rtasida bog’liqlik o’rganilganda, ayniqsa chekish bilan sababiy bog’liq bo’lmagan, yomon sifatli o’smalar rivojlanish xavfi va E vitamini darajasi o’rtasida teskari aloqa borligi aniqlandi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling