5-sinf. Adabiyot (I qism) Adabiyot – so‘z san’ati 1


Download 81.43 Kb.
bet28/43
Sana05.01.2023
Hajmi81.43 Kb.
#1079889
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
5ADABIYOT

12. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Gilam paypoq” hikoyasida nima qilmasa oyoq cho‘loq bo‘lib qolishi aytiladi? – Qarg‘aning miyasi chaqib surtilmasa.
13. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Oq marmar, qora marmar” hikoyasida aytilishicha, bahor qayerdan boshlanadi? – Go‘ristondan.
14. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Iltijo” hikoyasida aytilishicha bosh qahramonning marhum onasi unga nima haqida cho‘pchak aytib bergan edi? – Oftob haqida.
15. “Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim”. Ushbu gap O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada keltirilgan? – “Iltijo” hikoyasida.
16. “Ruhiyat manzillari” asari muallifi kim? – Umarali Normatov.
MUMTOZ ADABIYOT BO‘STONI
Alisher Navoiy hayoti va ijodi
1. Alisher Navoiy haqida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari qanday? – “Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.
2. Alisher Navoiy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1441-yilning 9-fevralida, Hirot shahrida.
3. Otasining ismi? – G‘iyosiddin Muhammad. Laqabi “Kichkina Bahodir”.
4. Onasining ismi? – Ma’lum emas.
5. Alisher necha yoshida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga solgan? – 3-4 yoshlarida.
6. Shoir necha yoshida maktabga borgan? – 5 yoshida.
7. U maktabda kim bilan birga o‘qigan? – Husayn Boyqaro bilan.
8. Shohrux Mirzo qachon vafot etgan? – 1447-yilda.
9. Alisher Navoiy mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashganda necha yoshda edi? – 6 yoshda.
10. Abulqosim Boburmirzo qachon taxtga chiqadi? – 1452-yilda.
11. Abulqosim Boburmirzo taxtga chiqqan yili Navoiyning otasi qayerga hokim etib tayinlanadi? – Sabzavorga.

Download 81.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling