5-sinf. Adabiyot (I qism) Adabiyot – so‘z san’ati 1


Navoiy kimlarning asarlarini sevib o‘qigan? – Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini


Download 81.43 Kb.
bet29/43
Sana05.01.2023
Hajmi81.43 Kb.
#1079889
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
5ADABIYOT

12. Navoiy kimlarning asarlarini sevib o‘qigan? – Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini.
13. Shoir kimning qaysi asarini yodlab olgan edi? – Farididdin Attorning “Qush nutqi” asarini.
14. Alisher Navoiyning taxalluslari qaysi? – O‘zbekcha she’rlarida “Navoiy” (“Navo” – kuy, degani) va “Foniy” (“Foniy” – vaqtincha, degani)
15. Navoiy 12 yoshida qaysi shoirni hayratga soladi? – 90 yoshli Mavlono Lutfiyni.
16. Qaysi g‘azali bilan? – “Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh, Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh”.
17. Abusaid Mirzo qachon taxtga chiqadi? – 1457-yilda.
18. Alisherning do‘sti Husayn Boyqaro nechanchi yil taxtga chiqadi? – 1469-yilda.
19. Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan kimni chaqirib oladi? – Alisher Navoiyni.
20. Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan A. Navoiyni qanday lavozimga tayinlaydi? – Muhrdorlik.
21. Alisher Navoiy qachon vazir martabasiga ko‘tariladi? – 1472-yilda. NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
19


22. Alisher Navoiy qachon Astrobodda hokim bo‘ladi? – 1487-1488-yillarda.
23. Husayn Boyqaro umrining oxirigacha eng yaqin kishi kim edi? – Alisher Navoiy.
24. Alisher Navoiy nechta she’riy devon (to‘plam) tuzgan? – 7 ta.
25. Alisher Navoiy kimning asariga javoban “Xamsa”sini yozgan? – Nizomiy Ganjaviyning “Panj Ganj” (“Besh xazina”) asariga javoban.
26. Alisher Navoiy qancha nasriy asar yaratgan? – 10 dan ortiq.
27. Shoir qachon vafot etgan? – 1501-yilning 3-yanvarida Hirot shahrida.
“Hayrat ul-abror” (doston)
1. Ushbu darslikda “Hayrat ul-abror”ning nechanchi maqolati keltiriladi? – 10-maqolati.
2. 10-maqolat nima haqida? – To‘g‘rilik va rostgo‘ylik haqida.

Download 81.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling