5-sinf. Adabiyot (I qism) Adabiyot – so‘z san’ati 1


“Umri jovidon” so‘zining ma’nosi? – Abadiy yashash, boqiy umr


Download 81.43 Kb.
bet32/43
Sana05.01.2023
Hajmi81.43 Kb.
#1079889
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
5ADABIYOT

18. “Umri jovidon” so‘zining ma’nosi? – Abadiy yashash, boqiy umr.
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy hayoti va ijodi
1. Muqimiy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 1850-yilda Qo‘qon shahrida Bekvachcha mahallasida, novvoy oilasida.
2. Muqimiy onasining ismi? – Oyshabibi. Muqimiyning adabiyotga qiziqishida onasining hissasi katta bo‘lgan.
3. Muqimiy qayerlarda tahsil olgan? – Qo‘qondagi “Hokim oyim” madrasasida va Buxorodagi “Mehtar anbar” madrasalarida.
4. Muqimiy qayerda pattachilik qiladi? – Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjar paromida pattachi.
5. Muqimiy uchun asosiy kasb bu? – Xattotchilik.
6. U xattotchilik sirlarini kimdan o‘rgangan? – Muhammad Yusuf xattotdan.
7. O‘z davri adabiy harakati yetakchisi kim edi? – Muqimiy.
8. Muqimiy kimlardan tashkil topgan adabiy guruhga boshchilik qilgan? – Furqat, Nisbat, Zavqiy, Muhayyir, G‘aribiy, Nasimiy, Mavlaviy.
9. Muqimiyning otasi ismi? – Mirzaxo‘ja.
10. Shoirning sog‘lig‘i yomonlashishiga nima sabab bo‘lgan edi? – Muttasil davom etgan moddiy muhtojlik, kamsitish va ta’qiblar.
11. Muqimiy qachon vafot etgan? – 1903-yilda, 53 yoshida.
12. Muqimiy lirikaning qaysi janrlarida barakali ijod qildi? – G‘azal, muxammas, murabba’, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard.
13. Sayohatnoma janrining rivojlanishida kimning hissasi katta? – Muqimiyning.
14. Bizgacha Muqimiyning qayerlarga qilgan sayohati yetib kelgan? – Qo‘qondan Shohimardonga, Qo‘qondan Farg‘onaga, Qo‘qondan Isfaraga.
15. Muqimiyning sayohatga chiqishidan maqsadi nima edi? – Turmush qiyinchiliklaridan biroz bo‘lsa-da chalg‘ish.
16. Muqimiy qayerda yoqasini har soat tutib yotganligini, oqshomda g‘am yutib yotganligini va u yerni qaroqchilar dashti ekanini aytadi? – Do‘rmancha.
Sayohatnoma” (noma) NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
21



Download 81.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling