1. “Garduni dun” so‘zining ma’nosi nima? – Teskari falak
2. “Xun” so‘zining ma’nosi nima? – Qon.
3. “Ahli funun” so‘zining ma’nosi nima? – Hunar ahli, bilimdonlar.
4. “Kajraftor” so‘zining ma’nosi nima? – Teskari aylanuvchi.
5. “Voiz” so‘zining ma’nosi nima? – Va’z o‘quvchi.
6. “Badkor” so‘zining ma’nosi nima? – Yomonlik qiluvchi
7. Muqimiy qayerga sayohatida bozor ustidan chiqadi? – Shohimardon, O‘ltarmada.
8. Muqimiy qayerda bir ma’raka ustidan chiqqanligini, u yerda voiz 500 xotinga va’z o‘qiyotganligini aytadi? – Shohimardon, O‘ltarmada.
9. Muqimiy Shohimardonning O‘ltarmasida yana nimalarga guvoh bo‘ladi? – Yomonlikni kasb qiligan mingboshi Xo‘ja Isoni, har gapda yuz marta qasam ichuvchi hojini.
10. Muqimiy qayerda yoqasini har soat tutib yotganligini, oqshomda g‘am yutib yotganligini va u yerni qaroqchilar dashti ekanini aytadi? – Shohimardon, Do‘rmanchada.
11. Shohimardon Do‘rmanchada ham mufti, ham qozi kim edi? – G‘ozi.
12. Muqimiy qayerning echkilari faqat tariq yeyishini, ularning juda oriq (ozg‘in) ekanligini aytadi? – Shohimardon, Bo‘rbaliq degan joyning.
13. Muqimiy qayerning boylari hashamatli uy-joylar solishini, ammo ularning birorta ham mehmonini ko‘rmaganini aytadi? – Shohimardon, Oq yer degan joyning.
14. “Firdavs bog‘i” so‘zining ma’nosi nima? – Jannat bog‘i.
15. “Rido” so‘zining ma’nosi nima? – Ruhoniylar bo‘yniga solib yuradigan oq ro‘mol.
16. “Xayr-u saxo” so‘zining ma’nosi nima? – Xayr-saxovat.
17. “Dilfizo” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni quvontiruvchi.
18. “Dilkusho” so‘zining ma’nosi nima? – Ko‘ngilni oluvchi.
19. Muqimiy qayerning bog‘ini “Firdavs bog‘i” deya ta’riflaydi? – Shohimardon, Roshidon degan joyning.
Do'stlaringiz bilan baham: |