2. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada qanday ataladi? – Matal.
3. Ertak Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda qanday ataladi? – Ushuk.
4. Ertak Xorazmda qanday ataladi? – Varsaqi.
5. Ertak Toshkent shahri va uning atrofida qanday ataladi? – Cho‘pchak.
6. Ertaklardagi qisqa boshlanmalar qanday bo‘ladi? – “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan ekan”, “Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot” kabi so‘zlar bilan boshlanadi.
7. Ertaklardagi rangi qizil, quyrug‘i uzun jonivor bu … – Qirg‘ovul.
8. Ertaklarda karnaychi bo‘lgan jonivor qaysi? – G‘oz.
9. Ertaklarda surnaychi bo‘lgan jonivor qaysi? – O‘rdak.
10. Ertaklarda azonchi bo‘lgan jonivor qaysi? – Ola qarg‘a.
11. Ertaklarda qozonchi bo‘lgan jonivor qaysi? – Qora qarg‘a.
12. Ertaklarda chaqimchi jonivor bu? – Chumchuq.
13. Ertaklarda to‘qimchi jonivor bu? – To‘rg‘ay.
14. Ertaklarda bakovul qaysi jonivor? – Bo‘ri.
15. Ertaklarda yasovul qaysi jonivor? – Tulki.
16. Ertaklarning “… necha kunlik yerida dumi kalta bo‘ri” bor? – 7 kunlik yerida.
17. Ertaklarning tugallanmasi qanday bo‘ladi? – “Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar” yoki “Shu bilan Ayoz podshoh bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o‘rnatgan ekan” kabi tugallanmalar bilan tugallanadi.
18. Ertaklarning oxiri, ko‘pincha, qanday yakun topadi? – Yaxshilik bilan yakun topadi.
19. Xalq og‘zaki ijodining qadimiy, ommaviy turlaridan biri qaysi? – Ertak.
20. “Uch og‘a-ini botirlar” asari qaysi janrga mansub? – Ertak janriga.
21. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagida o‘rtahol bir kishining necha farzandi bo‘ladi? – 3 nafar o‘g‘li.
22. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular qaysilar? – Bular: 1. Sog‘lom qilib tarbiyalaydi, natijada o‘g‘illari baquvvat bo‘lib o‘sadilar; 2. Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi, natijada o‘g‘illari yarog‘ ishlatishga usta bo‘lishadi; 3. Qo‘rqitmay o‘stiradi, natijada o‘g‘illari botir, dovyurak bo‘lib voyaga yetadilar.
23. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illarining yanada mukammal bo‘lishini istab uch narsani uqtiradi. Bular qaysilar? – “To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: |