5-sinf. Ona tili. I-chorak. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?
Download 38.19 Kb.
|
5-sinf Ona tilidan test choraklar
5-sinf.Ona tili. II-chorak.
4-chorak 1.Uyadosh so`zlar qatorini toping. A) olma, nok, behi, oy B) kitob, daftar, yulduz, ruchka C) oila, aka, uka, buzoq D) quyosh, oy yulduz, osmon 2.Lug`atlarga so`zlar qanday tartibda joylashtiriladi? A) o`zakka qarab B) faollik darajasiga ko`ra C) qo`shimchalariga qarab D) alifbo tartibida 3.Bir ma’noli so`zni toping A) o`n B) ko`z C) quloq D) oltin 4.Aytilishi va yozilishi bir xil bo`lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so`zlarga … deyiladi. A) ma’nodosh so`zlar B) shakldosh so`zlar C) zid ma’noli so`zlar D) paronim so`zlar 5.Ibora qaysi javobda berilgan? A) burni ko`tarilgan B) ko`kka ko`tarmoq C) og`zi qulog`ida D) barchasi to`g`ri 6.Imlo qoidasiga ko`ra noto`g`ri yozilgan so`z berilgan gapni toping. A) Yugurib kelgani uchun chuqur-chuqur nafas olyapti. B) Qaysi taom tussiz pishiriladi? C) O`zim yoqtirgan she’rlarno yot olaman. D) B va C 7.Ma’nosi bir so`zga teng keladigan so`zlar birikmasi yoki gaplarga … deyiladi. A) atamalar B) ibora B) eskirgan so`zlar D) olinma so`zlar 8.Tasviriy ifodani toping. A) zangori ekran B) oq oltin C) baraka urug`I D) barchasi to`g`ri 9.Qaysi qatordagi so`zga egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush tushish hodisasi yuz beradi? A) o`rin B) burun C) istak D) A va B 10.Yopiq bo`g`inli so`zni toping. A) ona B) dala C) to`rtlik D) bola 11.Atash ma’nosiga ega bo`lmagan so`z turkumini toping. A) ot B) sifat C) son D) olmosh 12.Uyadosh so`zlar qatorini toping. A) qovun, tarvuz, handalak B) qovun, tarvuz, hosil C) pishmoq, yetilmoq, hayvon D) ot, yo`lbars, xo`roz 13.Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi, lekin bir xil talaffuz qilinadigan so`zlarga … deyiladi. A) uyadosh so`zlar B) paronimlar C) dublet so`zlar D) to`g`ri javob yo`q 14.Tasviriy ifoda ishtirok etgan gapni toping. A) Noma’lum son qatnashgan tenglikka tenglama deyiladi. B) Paxtakorlik – bizga ota kasb. C) Yurtimizga uzoq o`lkalardan qanotli do`stlarimiz uchib kela boshladi. D) Oz so`zla, ko`p tinglata 15.Atamalar qo`llanishiga ko`ra qanday atamalarga bo`linadi? A) ilmiy va kasbiy B) ilmiy va badiiy C) ilmiy va mantiqiy D) faqat ilmiy 16.So`zlarning to`g`ri yozilishini ko`rsatuvchi lug`atga … deyiladi. A) izohli lug`at B) tarjima lug`at C) chappa lug`at D) imlo lug`at 17.Qaysi qo`shimchalar narsa-buyumning uch shaxsdan biriga tegishliligini ko`rsatadi? A) kelishik B) egalik C) zamon D) A va B 18.Qancha?, nechanchi?, nechta?, kabi so`roqlarga javob bo`lgan so`zlar qanday nomlanadi? A) ot B) sifat C) son D) olmosh 19.Qaysi so`z turkumi belgini darajalab ko`rsatadi? A) ot B) sifat C) olmosh D) ravish 20.Ega harakat nomi bilan ifodalangan gapni toping. A) O`qish – bir umrli orzuyim. B) Vaqt oltindan qimmatdir. C) Umrni oqar suv deydilar. D) Qush uyasida ko`rganini qiladi. 21.Harakat, holat zamonini ko`rsatish qaysi so`z turkumiga xos? A) ot B) sifat C) ravish D) fe’l 22.Qaysi so`z turkumi boshqa so`zlar o`rnida qo`llanib, atash ma’nosiga ega emas? A) ot B) olmosh C) ravish D) fe’l 23.Men, sen olmoshlariga tushum va qaratqich kelishigi qo`shimchalari qo`shilganda qanday fonetik hodisa yuz beradi? A) tovush orttirilishi B) tovush tushishi C) tovush almashishi D) to`g`ri javob yo`q 24.Ibora qatnashgan gapni toping. A) Bobosi nasihatlarini Anvarning qulog`iga quydi. B) Shifokor dorini bolaning qulog`iga quydi. C) A va B D) ibora berilmagan 25.So`z va uning ma’nolari tilshunoslikning qaysi bo`limida o`rganiladi? A) leksikografiya B) morfologiya C) leksikologiya D) grafika .
Download 38.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling