1. Yig‘indini toping.
2. Ayirmani toping:
29-Mavzu: O‘NLI KASRLARNING YOZILISHI VA O‘QILISHI
Maxraji 10, 100, 1000 va hokazo bo‘lgan sonlarni (maxrajsiz) o‘nli kasr ko‘rinishida quyidagicha yozishga kelishib olingan:
· oldin sonning butun qismi yoziladi;
· so‘ng kasr qismining surati yoziladi va ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi.
Kasr qismining maxraji 10, 100, 1000 va hokazo bo‘lgan har qanday sonni o‘nli kasr ko‘rinishida ifodalash mumkin. Agar kasr to‘g‘ri kasr bo‘lsa, uning o‘nli yozuvida butun qism 0 deb olinadi..
O‘nli ko‘rinishda yozilayotgan sonning kasr qismi maxrajida nechta nol bo‘lsa, suratida ham, verguldan keyin ham shuncha raqam bo‘lishi kerak.
Mavzu yuzasidan misollar:
1. O‘nli kasrlarni o‘qing:
2. Sonning butun va kasr qismlarini ajrating va o‘nli kasr ko‘rinishida yozing:
3. Oddiy kasr yoki aralash son ko‘rinishida ifodalang:
4. Bo‘linmani o‘nli kasr ko‘rinishida yozing:
5. Metrda ifodalang va o‘nli kasr ko‘rinishida yozing: a) dm ; b) sm; d) sm; e) mm; f) m sm ; g) sm mm; i) dm mm.
Agar o‘nli kasrning o‘ng tomonida turgan nol olib tashlansa yoki kasrning o‘ng tomoniga nollar yozilsa, berilgan kasrga teng kasr hosil bo‘ladi.
Ikkita o‘nli kasrni o‘zaro taqqoslash uchun:
• oldin ulardan birining o‘ng tomoniga nollar yozib, ularning verguldan keyingi raqamlari soni tenglashtiriladi;
• so‘ng vergullar tashlab yuboriladi va hosil bo‘lgan natural sonlar o‘zaro taqqoslanadi.
Sonlar nurida teng o‘nli kasrlar bitta nuqta bilan tasvirlanadi.
Sonlar nurida katta o‘nli kasr kichigidan o‘ngda, kichik o‘nli kasr esa kattasidan chapda yotadi.
Mavzu yuzasidan misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |