50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
IV. Mustahkamlash. Savol va javob
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- FURQAT SHE’RIYATI.
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- I. Tashkiliy qism
- Aydi: «Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan» Man dedim: «G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda».
IV. Mustahkamlash. Savol va javob.
V. Uyga vazifa. G’azal yod olish. VI. Baholar tahlili. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________H.Qosimov Sana________________9-sinf adabiyot 45-dars DARS MAVZUSI: FURQAT SHE’RIYATI. Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish . 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy. Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) Furqat tarjimon sifatida Sharq adabiyotining mashhur namunalari bo‘lmish «Hammomi xayol», «Chor darvesh», «Nuh manzar» asarlarini tarjima qilgan. Ammo ular bizgacha yetib kelmagan. Adibning turli yillarda «Turkiston viloyati gazeti»ga yozgan qator xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etadi. 1891- yili «Turkiston viloyatining gazeti»da bosilgan «Xo‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni» deb nomlagan tarjimayi holi uni bizga jurnalist va nosir sifatida tanitadi. Adabiyotshunoslikda bu esdaliklar shartli ravishda «Furqatnoma», ba’zan «Sarguzashtnoma» nomlari bilan yuritiladi. Mazkur asar shoir hayot yo‘li, dunyoqarashini aniqlash borasida katta ahamiyatga ega. Furqat ijodiy merosida to‘rt ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi etnografik xarakterda bo‘lib, «To‘y tavsifi», «Gap ta’rifida», «Aza tavsifi» deb ataladi. To‘rtinchisi «Ilmi ash’orning qoidai avzoni» (She’r ilmining o‘lchov qoidalari) atalib, adabiyot havaskorlari uchun qo‘llanma sifatida tuzilgan, unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan. Furqatning mana shunday keng ko‘lamli ijodi bo‘lishiga qaramay, xalq uni asosan lirik shoir sifatida e’tirof etadi. Lirikasi g‘azal, masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod kabi janrlardan iborat. She’rlarining salmoqli qismi g‘azallar bo‘lib, ularning soni 200 atrofida. Shoirning yuksak badiiy mahorati, she’riyatining nafosati ham aynan g‘azallarida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, oshiqona kechinmalar bayonida, ma’shuqa jamoli tasvirida yangi, o‘ziga xos tashbehlarni, ifoda vositalarini qo‘llaydi. Tilining o‘ynoqiligi, uslubning ravonligi, ifodaning xalqonaligi shoir g‘azallarini xalqqa yaqin va suyumli bo‘lishini ta’minladi. Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik, G‘alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik. Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor? Fasohatda, sabohatda, hama to‘g‘rida san nozik. Oshiqqa chamanzorda sarv daraxti bilan yosuman gulini nozik va ko‘rkam deyishlari g‘alati tuyuladi, chunki yorning qomati sarvdan, ko‘ylagi (pirahani) guldan nozik, ya’ni go‘zaldir. Ma’shuqasining husnini bashariyat tarixidagi eng go‘zal inson bo‘lmish misrlik Yusuf (a.s.)dan ustun qo‘yadi. Bunga uning asosi bor: mahbubasi fasohatda, sabohatda (xushro‘ylikda), bir-bir sanashning hojati yo‘qki, har to‘g‘rida nozik - go‘zaldir! Kalomingdin halovat topmog‘i jonlarni ondinkim, Dahon nozik, zabon nozik ki lab nozik, suxan nozik. Baytdagi yor go‘zalligi belgilarining sanog‘i mazmunni bo‘rttiradi, ifodaga musiqiylik bag‘ishlaydi. Bunday mubolag‘aviy tasvir ostida shoirning har tomonlama mukammal - ham jismonan, ham ma’nan go‘zal insonni targ‘ib etish maqsadi yotadi. Shuning uchun ham Fuzuliy g‘azaliga nazira sifatida yaratilgan «Surmadin ko‘zlar qaro» g‘azali yoki «Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘zlaring» kabi ko‘plab g‘azallarida yor go‘zalligi, oshiqning unga sadoqati, cheksiz muhabbati avj pardalarda zavq bilan kuylanadi. «Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda» g‘azalida esa ishqiy kechinmalar, oshiqona savol-javoblar shoir hayoti bilan bog‘liq qismat chizgilariga ulashib ketadi: Aydi: «Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?» Man dedim: «G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda». Furqat lirikasida g‘urbat va hasrat ohanglari salmoqli o‘rin egallaydi. Bu uning hayot yo‘li bilan bevosita bog‘liq. 1892- yilda Vatandan chiqib ketgan shoir umrining oxirigacha yurtga qayta olmadi. Shuning uchun vatan ishtiyoqi va g‘urbat iztiroblari turli mavzudagi she’rlarda dardli va ta’sirchan ifoda etilgan. Shoirning «Fig‘onkim, ul buti siymin zaqandan ayrilib qoldim», «Hasrato, kel-kel beri, ul sho‘xi jonondin gapur» radifli g‘azallarining maqta’sida yuqorida eslatilgan «Bir qamar siymoni» g‘azalida bo‘lgani kabi taqdirning unga bergan sinovi — yurt judoligi bayon qilinadi: O‘z diyoridin adashgan, Furqatiy devonaman, Chug‘zi har vayronadurmen, baytul ehzondin gapur. Shoirning Istambulda yozgan «Sabog‘a xitob» she’rida vatanni qo‘msash, do‘stlar sog‘inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda etiladi. U Istambuldagi «nasimi fayzi rab» bo‘lgan Milliy bog‘da sayr qilar ekan, undagi xurram «mardum» (odamlar) chehrasini ko‘rib, olis Toshkentdagi yor-u do‘stlarini esga oladi: Alar chun aylagach sayr-u safolar, Esimg‘a tushti yor-u oshnolar... Ayo bodi sabo, Olloh uchun tur, O‘zingni Toshkand shahriga yetkur. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling