5А110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) yo‘nalishi magistranti Xurramov Anvar Vafokulovich mavu: oliy ta’lim muassasasi
Download 1.1 Mb.
|
(7-mavzu) Oliy ta'lim muassasasi Referat
Akademiya — muayyan bilim sohalari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha bliy va undan keyingi ta ’limning kasbiy ta ’lim dasturlarini amalga oshiradi; ma’lum sohalar uchun oliy malakali kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi; fan, madaniyat, san’at sohalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajaradi; o‘z faoliyati sohasida yetakchi ilmiy va uslubiy markaz bo'ladi.
Institut — odatda, bilimlarning bir sohasida oliy va undan keyingi ta ’limlaming kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi; xalq xo'jaligining ma’lum sohasi uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi; amaliy va fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 2. Oliy maktablaming maqsadi — oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha kasbiy dasturlarini ruyobga chiqarish orqali talaba yoshlarni yuqori malakali, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, raqobatbardosh mutaxassislar qilib yetishtirishdan iborat. 3. Oliy maktablaming vazifalari: — talabalar shaxsining intellektual, madaniy, m a’naviyaxloqiy kamol topishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish; — talaba yoshlar shaxsini - mamlakatimiz fuqarosini Vatan, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish; — mamlakatimizda ilm-fanni taraqqiy ettirish, ilmiy tadqiqotlar natijalari, tavsiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish; — jamiyatimizning, xalqimizning axloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va ko‘paytirish; — aholi o ‘rtasida ilmiy bilimlarni keng tarqatish, xalqning madaniy va bilim darajasini ko‘tarish. 4. Oliy ta ’lim muassasalari o‘quv - ilmiy-uslubiy majmualar shaklida tuziladi. Oliy o‘quv yurtining tarkibida fakultetlar, kafedralar bilan bir qatorda akademik litsey, kasbhunar kolleji, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari (institutlari), biznes maktabi, kompyuter markazi, axborot texnologiyalari, masofaviy ta’lim, pedagogik texnologiyalar markazlari, ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, konstruktorlik buyurolari kabi bo'linm alar ham bolishi mumkin. Masalan, Qarshi Davlat universiteti tarkibida fizikamatematika, kimyo, geografiya, biologiya, tuproqshunoslik, kasbiy ta’lim, o ‘zbek filologiyasi, xorijiy tillar, tarix, pedagogika va psixologiya, musiqa, iqtisodiyot, jismoniy madaniyat, sirtqi ta ’lim fakultetlari mavjud. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi, akademik litsey, litsey - internat, gimnaziya, biznes maktabi, xalqaro biznes maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, universitet tarkibida kompyuter markazi, O'zbckiston tarixini o‘t'ganish markazi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, bir nechta ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, konstitutsiyani o ‘rganish markazi,
7. Oliy o ‘quv yurtini boshqaruvchi jamoatchi organ sifatida homiylar kengashi tuziladi. Uning tarkibiga muassis vazirlik, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamg‘arma va homiylar, boshqa ta ’lim muassasalarning vakillari kiradi. Uning faoliyati homiylar kengashi to ‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi. 8. Oliy o ‘quv yurtida kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Ular talabalar va xodimlar manfaatlarini himoya qiladi. Ularning huquq va burchlari oliy o ‘quv yurtining nizomida ko‘rsatiladi. Rektorat va ilmiy kengash oliy o‘quv yurti jamoatchilik tashkilotlarining tavsiyalarini ko‘rib chiqadi va o ‘z faoliyatida ularni hisobga oladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling