5–Ma’ruza: qovushqoqlikni o‘lchash tizimlari. Reja
Download 195.49 Kb.
|
5.- ma
5.1-rasm. Kapillyar viskozimetr sxemasi.
5 .2-rasmda avtomatik kapillyar viskozimetrning konstruksiyasi bir oz o‘zgargan prinsipial sxemasi keltirilgan. Nazorat qilinayotgan suyuqlik o‘zgarmas sarf bilan dozalovchi nasos 1 yordamida kapillyar naycha 2 orkali tortib olinadi. Naychadagi bosimning pasayishini difmanometr 3 bilan o‘lchanadi, uning shkalasi qovushqoqlik birliklarida darajalangan. Viskozimetr termostat 4 ga o‘rnatilgan. Odatda asbob, diametri va uzunligi turlicha bo‘lgan kapillyarlar komplekti bilan ta’minlangan bo‘ladi. Kapillyarning diametri va uzunligi o‘lchash chegaralariga qarab tanlanadi. 5.2-rasm. Avtomatik kapillyar viskozimetrning sxemasi Ishlash prinsipi o‘z og‘irligi ta’sirida suyuq mahsulotlarning oqib chiqishiga asoslangan viskozimetrlar eng ko‘p tarkalgan. Ularning asosiy organi datchik bo‘lib, u past tomonida kalibrlangan naycha bilan tugaydigan sig‘imdan iborat. Sig‘imga uzluksiz ravishda suyuqlik tortib tushiriladi, uning sarfi doimo bir xilda saqlab turiladi. Sig‘imdagi suyuqlik sathi uning qovushqoqligiga proporsional ravishda o‘zgaradi. Sath balandligini o‘lchab, qovushqoqlikning qiymati topiladi. Bu asboblarning boshqa tiplarida, aksincha, suyuqlik sathi bir xilda ushlab turiladi, lekin qovushqoqlikka bilvosita bog‘liq bo‘lgan boshqa parametr (masalan, suyuqlik sarfi, kapillyarnpng siljishi, kapillyarning diametri yoki uzunligi va hokazo) o‘lchanadi, Birinchi tip asboblar o‘zgaruvchan sathli viskozimetrlar deb, ikkinchi tip asboblar esa o‘zgarmas sathli viskozimetrlar deb ataladi. Toshkent davlat texnika universiteti xodimlari tomonidan suyuq mahsulotlarning erkin oqib chiqishiga asoslangan pnevmatik va elektrik viskozimetrlarning har xil konstrukiiyalari yaratilgan. Erkin oqib chiqishga asoslangan viskozimetrlardan o‘zgaruvchan sathli asboblar keng qo‘llanilmoqda. 5 .3-rasmda membranali pnevmatik viskozimetrning sxemasi kelgirilgan. Tekshiriladigan suyuqlik nasos-dozator 1 yordamida so‘rib olinadi va issiqlik almashgich 2 orqali silindrik idish 3 ga haydaladi, u erdan kapillyar 4 orqali sig‘im 5 ga oqib chiqadi. Kapillyar 4 idish 3 ning yon devorida joylashgan bo‘lib, gidravlik kamera 7 ning yuqorigi membranasi 6 shu idishning tubi bo‘lib xizmat qiladi. Gidravlik kamera ostida chiqarish soplosi 9 bilan pnevmatik kamera 8 joylashgan. Havo pnevmatik kameraga ma’lum 0,14 MPa bosim bilan doimiy drossel 10 orqali beriladi. Asbob butunlay aralashtirgichli dvigatel 12 bilan ta’minlangan termostat 11 da turadi. Download 195.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling