5–Ma’ruza: qovushqoqlikni o‘lchash tizimlari. Reja


Download 195.49 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi195.49 Kb.
#1351524
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5.- ma

Kapillyar viskozimetrlar. M.P.Volarovichning ma’lumotlariga ko‘ra qovushqoqlikni o‘lchashning taxminan 80% i kapillyar asboblar bilan o‘tkazilib, ular nazariy jihatdan eng ko‘p ishlab chiqilgan va amalda tadqiq qilingan.
Kapillyar viskozimetrlar o‘lchash aniqligining yuqoriligi, o‘lchashning katta diapozoni va nisbatan soddaligi tufayli keng tarqalgan. Keyingi yillarda texnologik jarayonning o‘tishidagi qovushqoqlikni avtomatik tarzda nazorat qilish va rostlashga mo‘ljallangan kapillyar viskozimetrlar yaratildi. Bu asboblar nisbatan toza va bir jinsli suyuqliklar qovushqoqligini nazorat qilishda ishlatiladi.
Kapillyar viskozimetrlarning ishlash prinsipi Puazeyl kapillyar naychasidan suyuqlikning oqib chiqish qonuniga asoslangan. Bu qonun quyidagicha ifodalanadi:
(5.4)
bu erla Q – naychadan oqib chiqadigan suyuqlikniig hajmiy sarfi, m3/s; dnaycha diametri, m; µ – suyuqlikning dinamik qovushqoqligi, Pa s; lnaychaning uzunligi, m; ∆R – naycha uchlaridagi bosimlar farqi, Pa.
Agap Q, d, l kattaliklarning qiymati doimiy bo‘lsa, qovushqoqlikni aniqlovchi formula quyidagi ko‘rinishga keladi:
µ=K∆R. (5.5)
SHunday qilib, suyuqlik qovushqoqligini o‘lchash suyuqlik o‘tadigan kapillyar naycha uchlaridagi bosimlar farqini o‘lchashdan iborat. Bunda suyuqlikning yumaloq kesimli tirqishlardan oqib chiqishi og‘irlik kuchi bosimi yoki tashqi bosim ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin.
Kapillyar viskozimetrlar ikki katta guruhga bo‘linadi: laboratoriya viskozimetrlari va avtomatik ishlaydigan vis­kozimetrlar. Keyingi viskozimetrlarga suyuqlik bosim ostida oqib chiqadigan va erkin oqib chiqadigan asboblar kiradi. Suyuqlik erkin oqib chiqadigan asboblar o‘z navbatida ikki sinfga: sath o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan asboblarga bo‘linadi.
5.1-rasmda kapillyar viskozimetr sxemasi keltirilgan. SHesternyali nasos 1 analiz qilinayotgan suyuqlikning mutlaqo doimiy miqdorini kapillyar naycha 3 ga uzatadi. Kapillyar naychaning kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi sezgir difmanometr 2 orqali o‘lchanadi. Difmanometrning shkalasi qovushqoqlik birligida darajalanadi. Kapillyar naychaning diametri d va uzunligi l o‘lchash chegaralari va o‘lchanayotgan suyuqlik turiga qarab tanlanadi. O‘zgarmas temperaturani ta’minlash uchun viskozimetr naychasi odatda, temperaturani av­tomatik rostlovchi termostatga ulanadi. Kapillyar viskozimetrning o‘lchash chegaralari 0,001 ... 10 Pa • s. Laboratoriya asboblarida o‘lchash xatoligi 0,3, avtomatik asboblarda o‘lchash xatoligi + 3 . . . 5%.


Download 195.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling