5–Ma’ruza: qovushqoqlikni o‘lchash tizimlari. Reja
Download 195.49 Kb.
|
5.- ma
5.5-rasm. Halqali viskozimetrning sxemasi.
SHkala 1 bevosita qovushqoqlik birliklarida darajalangan. Qovushqoqlikni o‘lchash chegaralarini yuk 4 og‘irligini oshirish yoki kamaytirish yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin. Asbobning maksimal xatoligi tajriba yo‘li bilan belgilangan bo‘lib, 1,5% ni tashkil qiladi, halqaning maksimal burilish burchagi 60°, o‘lchash chegarasi esa 20 mPa s. Ichi kovak halqada suyuqlik sathining o‘zgarishi kuyidagi aylantiruvchi momentni tashkil qiladi: (5.6) Buning ta’sirida halqa soat strelkasi harakati yo‘nalishida buriladi. Halqaning burilishi teskari ta’sir etuvchi momentni yuzaga keltiradi: Mtes = G‘ b sinα. (5.7) Momentlar teng bo‘lganida ichi kovak halqa yangi muvozanat vaziyatida to‘xtaydi. yoki N γ S R = Fb sin α. (5.8) bu erda N — suyuqlik sathi; γ — suyuqlikning solishtirma og‘irligi: S— halqa yarim qismlari o‘rtasidagi to‘siqning yuzi; R — halqaning o‘rgacha radiusi; F—yukning og‘irlik kuchi; b — sistema og‘irlik markazining tayanch nuqtasigacha masofasi; α—halqaning burilish burchagi. Ayni halqa uchun F, b, S, R kattaliklar o‘zgarmas, shuning uchun N γ = K sinα, (5.9) bu erda K= Fb/SR. (5.9) tenglama asbobning statik xarakteristikasini ifodalaydi va idishdagi suyuqlik sathi bir xil bo‘lganida uning og‘irligi halqa burilish burchaginnng sinusiga proporsional va faqat qovushqoqlikka bog‘liqgini bildiradi. Viskozimetr shkalasining notekisligini lekalo yordamida bartaraf etish mumkin. Doimiy sathli viskozimetrning ishlashi sathni belgilangan balandlikda saqlab turish prinsipiga asoslangan. O‘zgaruvchan sathli asboblardan farqli ravishda bu erda suyuqlik tarfining qat’iy bir doimiylikda bo‘lishi sharg emas. 5 .6-rasmda doimiy sathli visko zimetrning sxemasi keltirilgan. Silindrik idish 1 ga elastik biriktiruvchi 2 yordamida, masalan, uchi 90° ga bukilgan kapillyar 3 mahkamlangan bo‘ladi. Kapillyar induktorli datchik 5 ning qisqa tutashtirilgan chulg‘ami (ekrani) 4 bilan bikr qilib birlashtirilgan. Datchik induktiv chulg‘ami 6 bo‘lgan P- simon sterjendan iborat. Suyuqlik yig‘gich idishdan nasos yordamida idish 1 ga beriladi va kapillyar 3 orqali oqib chiqadi. Kapillyardan chiqadigan suyuklikning sathi oqib chiqayotgan suyuqlikning sarfiga bog‘liq bo‘lgan reaktiv kuch hosil qiladi. Bu kuch kapillyar 3 ning erkin uchini siljishga majbur qiladi. Download 195.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling