6- amaliy ish Mavzu: Riskni identifikatsiyalash Reja: Risk tushunchasi va tavsifi


Download 114.9 Kb.
bet2/9
Sana19.01.2023
Hajmi114.9 Kb.
#1100522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
risklarni boshqarish shiriniv axf

Sug‘urtada risk qator jihatlari bo‘yicha ifodalanadi:
aniq bir hodisa yoki hodisalar yig‘indisi (voqea yoki voqealar yig‘indisi), qaysiki ularning sodir bo‘lishi bilan ilgari shakllantirilgan sug‘urta fondidan to‘lovlar amalga oshirilishida;
aniq bir sug‘urtalangan obyekt bilan bog‘liqlikda, har qanday risk namoyon bo‘lish obyektiga ega;
• sug‘urtaga qabul qilingan obyektni shikastlanish (zarar ko‘rish) ehtimolligi sifatida.
Risk sug‘urtada obyekt hisoblanadi va uni tasodifiy voqealar va hodisalar natijasida amalga oshishi sug‘urta hodisasini yuzaga kelishini bildiradi.
Texnologiyalarning yangilanishi, ularning yuqori darajada xavfsizligi, favqulotda holatlarning matematik modellashuvi tasodifiylikni chegaralaydi.
2. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
Risklarning turkumlanishi deganda oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ularni ma’lum belgilari bo‘yicha alohida guruhlarga ajratish tushuniladi. Risklarni turkumlashning quyidagi mezonlari mavjud:
risklar xavf soluvchi obyektlar sinflari;
riskni yuzaga kelish sabablari;
risklarga ta’sir etish imkoniyati.
Risk obyektlarining kompleks sinflari:
ishchi kuchi;
mol-mulk;
sarmoya;
axborot.
Yuzaga kelish sabablari bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi:
tabiiy hodisalardan kelib chiquvchi – suv toshqini, do‘l, yer qimirlashi, epidemiya va sh.k.;
ijtimoiy-jamoat muhitdan kelib chiquvchi – aldov, jinoyat, ko‘zda tutilmagan ziyon yetkazish;
texnikaviy muhitdan kelib chiquvchi – texnikaviy vositaning ishdan chiqishi;
xo‘jalik jarayonlari va iqtisodiyotning holati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan - inflyatsiya, bozor kon’yunkturasi, bank foizi, valyuta kurslari va b.
Riskka ta’sir etish imkoniyati bo‘yicha:
ekzogen (tashqi) risklar, ularga ta’sir etish qaror qabul qiluvchi shaxs ta’siri ostiga tushmaydi va risklarni amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlarni, oqibatlarini kamayishi bilan cheklanadi;
endogen (ichki) risklar, qaror qabul qiluvchi shaxs ta’sir doirasida bo‘ladi, qaysiki ular uchun risklarni yuzaga kelish ehtimolligi kamayadi va ayrim hollarda butunlay bo‘lmaydi.
Iqtisodiy muhitlar uchun xos bo‘lgan risklarning tasnifiy tizimi o‘z tarkibiga guruhlar, toyifalar, turlar, kichik turlar va xillarni oladi. Ularning chizmali ko‘rinishi 1-rasmda aks ettirilgan.

Download 114.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling