6- amaliy ish Mavzu: Riskni identifikatsiyalash Reja: Risk tushunchasi va tavsifi


Download 114.9 Kb.
bet4/9
Sana19.01.2023
Hajmi114.9 Kb.
#1100522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
risklarni boshqarish shiriniv axf

Nosug‘urtaviy risklar – bu risklar obyektiv mavjud bo‘ladi, ammo sug‘urtalovchi mas’uliyati hajmiga qo‘shib, ya’ni sug‘urtaga qabul qilib bo‘lmaydi.
Xavf-xatar manbalaridan kelib chiqib risklarni quyidagilarga bo‘lish mumkin: tabiiy ofatlar (er qimirlashi, sel, do‘l va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan va insonning ongli xatti-harakati (o‘g‘irlik, talonchilik va boshqa g‘ayri huquqiy xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek yuqorida sanab o‘tilganlarning aralash risklari (misol uchun, mutaxassis-epidemiologning maqsadli harakati bilan yuzaga keluvchi epidemiyalar).
Sug‘urtalovchining mas’uliyati hajmi bo‘yicha risklar yakka tartibdagi (masalan, tasviriy san’at asarlarini tashish va ko‘rgazmasi) va universal (masalan, muntazam uchrovchi mulkiy risk – o‘g‘irlik) turlarga bo‘linadi.
Risklar natijasidagi yo‘qotishlar turlariga quyidagilar kiradi: moddiy, moliyaviy, mehnat, vaqtli, obro‘li (ishonch), ekologik yoki sog‘likka ziyon etkazilishi.

3. Risklarni boshqarish va sug‘urta
Risklarni boshqarish o‘zining mohiyati bo‘yicha har qanday iqtisodiy tizim (jarayon)ning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Risk hajmi olinadigan daromad bilan bevosita proporsionaldir. Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning, tizimning faoliyatini samaradorligi to‘laligicha risklarni boshqarish jarayonini qanchalik samarali tashkil qilinganligiga bog‘liq.
Riskni boshqarish (risk-menejment) – ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi.
Riskni boshqarishning quyidagi asosiy bosqichlari mavjud (2-rasm):
> risk obyektining tahlili;
> riskni aniqlash;
> riskni baholash;
> riskka ta’sir etish usullarini aniqlash;
> qaror qabul qilish;
> riskka bevosita ta’sir o‘tkazish;
> boshqarish jarayoni natijalarini nazorat va tahrir qilish.

Download 114.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling