6- amaliy ish Mavzu: Riskni identifikatsiyalash Reja: Risk tushunchasi va tavsifi


Download 114.9 Kb.
bet8/9
Sana19.01.2023
Hajmi114.9 Kb.
#1100522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
risklarni boshqarish shiriniv axf

Texnogen risklar – inson xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladi: avariyali holatlar, atrof-muhitning ifloslanishi va sh.k. Texnogen risklarga misol qilib yong‘inning turli obyektlarga ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘in risklarini ko‘rsatishimiz mumkin.
Tabiiy risklar – inson faoliyati bilan bog‘liq emas. Ularga asosan tabiiy ofatlar: yer qimirlashi, suv toshqini, to‘fon, chaqmoq urishi va b. kiradi.
Aralash risklar bu inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida yuzaga keladigan tabiiy xarakterdagi holatlar. Misol uchun, qurilish ishlarini olib borilishi natijasidagi yer ko‘chishlari.
Riskni boshqarish (risk-menejment) ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, uning maqsadi noqulay holatlar yuzaga kelganda obyektning ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarini kamaytirish yoki kompensatsiyalash hisoblanadi.
Risk tahlili – boshlang‘ich bosqich bo‘lib, uning maqsadi obyektning hozirgi vaqtdagi tarkibi, xususiyatlari haqida, kelajakda uning holatini o‘zgarishi haqida zarur axborotlarni olish hisoblanadi.
Baholash – bu aniqlangan risklarning miqdoriy tavsiflarini aniqlash: ehtimolligi va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar hajmi.
Riskni istisno qilish - mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar va chora-tadbirlarni rad qilish.
Riskni pasaytirish - ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish ehtimolligini kamaytirish.
Risklarni saqlash - zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash).
Risklarni o‘tkazish - u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish.
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.

Download 114.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling