6- ma’ruza: Farmatsevtik ishlab chiqarishda qattiq dori shakllari. Reja
Download 41.17 Kb.
|
6 - MARUZALAR MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Kukunlar (Pulveris)
6- Ma’ruza: Farmatsevtik ishlab chiqarishda qattiq dori shakllari. Reja: Qattiq dori shakllarining kelib chiqish tarixi Qattiq dori shakllarining yuborish yo‘llari Kukun, yig‘ma, granula, tabletka va kapsulalarning ta’rifi Kukun, yig‘ma,granula, tabletka va kapsulalarning tasnifi Kukun, yig‘ma,granula, tabletka va kapsulalarning tavsifi Tayanch so’z va iboralar: кукун, гранула, таблетка, капсула, ёрдамчи модда. Ajratilgan vaqt - 2 soat. Ma’ruzaning maqsadi: Talabalarга кукун, гranula, таблетка ва капсула ifodasi, гranulalarni ishlatilishi ва дonadorlashdan maqsad тўғрисида тушунча берилади. Tabletka ishlab chiqarishda гranulyasiya usullari, ularni qiyosiy ta’riflash.. Kukunlar (Pulveris) deb, ichish va tashqi maqsadlar uchun ishlatiladigan, bir yoki bir nechata dori modda va yordamchi moddalardan tashkil topgan, sochiluvchanlik xossasiga ega bo‘lgan qattiq dori shakliga aytiladi. Kukunlarning afzalliklari: 1.Ishlab chiqarish jarayoni oddiy, sodda va qulay 2.Aksariyat hollarda yordamchi moddalar ishlatilmaydi 3.Ishlab chiqarish to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan 4.Dori moddasiga fizik-kimyoviy omillar ta’sir etmaganligi sababli(M:qizdirish, namlash) u o‘zining biologik samaradorligini to‘liq saqlab qoladi 5.Ishlatishga qulay, bolalar va qariyalar amaliyotida keng qo‘llaniladi 6.Tabletka, draje, kapsula dori shakllariga qaraganda biosamaradorligi katta 7.Tashish va saqlashda qulay 8. Maydalik darajasini boshqarish mumkin. M: Bolalar sepmasi kukunining maydaligi 0,09 mm va undam mayda bo‘lishi kerak 9. In’eksiya uchun mo‘ljallangan kukunlarda dozaning aniqligi
1. Sirt yuzasining kattaligi sababli saqlanishi vaqtida tashqi muhit omillariga (namlik, yorug‘lik, xavo kislorodi) uchraydi. Bunda gigroskopik kukunlar xavodan namlikni yutib, qattiq konglomeratlar xosil qilishi yoki uchuvchan moddalarni saqlovchi kukunlar ularni yo‘qotishi mumkin. 2.Oshqozon-ichak tizimi shirasi ta’sirida parchalanib ketishi mumkin 3.Ishlab chiqarish jarayonida changlanadi 4.Nojo‘ya hidli, ta’mli kukunlarni ishlatish noqulay 5.Kukun tarkibidagi ba’zi dori moddalar oshqozon-ichak tizimi shilliq qavatini qitiqlashi mumkin M: kaliy bromid 6. Kukunlar ochiq xolatda xavodagi xar xil hidlarni o‘ziga adsorbsiya qilishi 7. Suyuq dori shakllariga nisbatan biosamaradorligi past
Download 41.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling