6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi


Download 211.44 Kb.
bet15/32
Sana29.03.2023
Hajmi211.44 Kb.
#1307083
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
6-мавзу. МАНТИҚ

Munosabat hukmi buyum va hodisaga biror aloqa, munosabat xos ekanligi yoki xos emasligini aks ettiradi. Munosabatlar turlicha bo‘ladi:
a) makoniy (fazoviy) munosabat. O‘zbekiston va Tojikiston respublikalari qo‘shni mamlakatlardir.
b) zamoniy (vaqtiy) munosabat. Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning zamondoshidir.
v) tenglanish munosabati. Nodira va Sayyora tengdoshlardir.
g) jins munosabati. Shoira va Zulfiya qizlardir.
d) ketma-ketlik munosabati. Bahordan keyin yoz keladi.
Munosabat matematik (simvolik) mantiqda quyidagicha belgilanadi: ARV. Bunda A va V turli buyum va hodisalar, R esa ular o‘rtasidagi munosabatdir.
7. Modallik bo‘yicha hukmlar ikkiga bo‘linadi: ob’ektiv modallik va mantiqiy modallik bo‘yicha hukmlar. Bunda hukm predikatidagi belgining fikrimiz buyumida tasdiq yoki inkor shaklidagi bog‘lanishi asos bo‘ladi.
Ob’ektiv modalligiga, ya’ni inson ongidan tashqarida mavjud bo‘lgan buyumlarning ob’ektiv ehtimoliy, voqeiy va zaruriy bog‘lanishlarini aks ettirishiga qarab, hukmlar uchga bo‘linadi:
a) ehtimoliy hukmlar.
b) voqeiy hukmlar.
v) zaruriy hukmlar.
Ehtimoliy hukmlar buyum va hodisalar va ularning belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishni taxminiy ravishda tasdiq yoki inkor etish orqali aks ettiradi. Masalan: Marsda, ehtimol, hayot mavjuddir. S, ehtimol, P dir. Ehtimol, ertaga yomg‘ir yog‘mas. Ehtimol, S-P emas.
Voqeiy hukmlar buyum va hodisaga biror belgi mansubligi yoki mansub emasligini aks ettiradi. Masalan: O‘zbek tilida olti kelishik mavjuddir. S-P dir. Tragediya komediya emas. S-P emas.
Zaruriy hukmlar buyum va hodisalar bilan ular belgilari orasidagi bog‘lanish muqarrar ekanligini ko‘rsatadi. Men, shubhasiz, universitetni bitiraman. S, shubhasiz , P dir.
Mantiqiy modalligiga ko‘ra hukmlar ikkiga bo‘linadi. Bunda fikrning isbotlanuvchanlik darajasi asos qilib olinadi:
a) problematik (muammoviy) hukmlar.
b) ishonchli hukmlar.

Download 211.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling