4. Sub’ektning hajmi (miqdori)ga ko‘ra hukmlar uchga bo‘linadi: yakka, juz’iy va umumiy.
Yakka hukmda alohida, ayrim buyum va hodisaga xos belgi tasdiq yoki inkor shaklida ifodalanadi. Masalan: G‘afur G‘ulom «Ko‘kan» poemasining muallifidir. S-P dir. G‘ayrat intizomli talaba emas. S-P emas.
Juz’iy hukmda buyum va hodisalar sinfining ma’lum qismiga xos belgilar ifodalanadi. Masalan: Talabalarning ba’zilari a’lochilardir. Ba’zi S-P dir. Ba’zi hayvonlar sut emizuvchilar emas. Ba’zi S-P emas.
Umumiy hukmda bir guruh buyum va hodisalarga taalluqli bo‘lgan belgi tasdiq yoki inkor shakllarida ifodalanadi. Masalan: O‘zbekistonning barcha fuqarolari bilim olish huquqiga egadir. Barcha S-P dir. Barcha talabalar ham imtihondan yaxshi va a’lo baholar olavermaydilar. Barcha S-P emas. Hech bir ezgu niyatli kishi urushni istamaydi. Hech bir barcha S-P emas.
5. Son va sifat jihatidan birgalikda hukmlar to‘rtga bo‘linadi: umumiy tasdiq, juz’iy tasdiq, umumiy inkor va juz’iy inkor hukmlar.
Umumiy tasdiq hukm son jihatidan umumiy, sifat jihatidan tasdiqiydir. U lotincha AFFIRMO – tasdiq so‘zining birinchi unli harfi A bilan beligilanadi. Masalan: Barcha a’lochilar talabalarning ilg‘or qismidir. Barcha S-P dir. Bunda sub’ekt bo‘lingan (keng ma’noda olingan), predikat esa bo‘linmagan (1-surat).
P
S
1-surat
Juz’iy tasdiq hukm son jihatidan juz’iy, sifat jihatidan tasdiqiydir.U lotincha AFFIRMO so‘zining ikkinchi unli harfi I bilan belgilanadi. Masalan: Ba’zi talabalar yosh shoirlardir. Ba’zi S-P dir. Bunda sub’ekt ham, predikat ham bo‘linmagan (2-surat).
P
S
2-surat
Umumiy inkor hukmi son jihatidan umumiy, sifat jihatidan inkoriydir. U lotincha NEGO – inkor etaman so‘zining birinchi unli harfi E bilan belgilanadi. Masalan: Hech bir hodisa sababsiz yuzaga kelmaydi. Hech bir S-P emas. Unda sub’ekt ham predikat ham bo‘lingan (3-surat).
Do'stlaringiz bilan baham: |