1-surat
b) bo‘ysunish munosabati. Bunda torroq tushuncha o‘zidan kengroq tushuncha hajmiga kiradi. Bunda jins (A) va tur (V) tushunchalar o‘rtasidagi munosabat amal qiladi. Masalan: daraxt va tut, fan va tilshunoslik, meva va olma (2-surat).
А
А
В
В
2-surat
v) hajmlarning qisman moslik munosabatida ikki yoki undan ortiq tushunchalar hajm jihatidan bir-biriga qisman mos keladi. Masalan: talaba (A) , a’lochi (V), shoir (S), talaba (A), shaxmatchi (V) (3-surat).
В
А
В
А
С
3-surat
2. Sig‘ishmaydigan (taqqoslanmaydigan) munosabatlar – tushunchalarda muhim va umumiy belgilar bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Bular uch turga bo‘linadi:
a) birgalikda bo‘ysunish munosabati – ayni bir jins tushunchaga bir necha tur tushuncha bo‘ysunishi natijasida vujudga keladi va turdosh tushunchalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Masalan: dunyo qit’alari (Ye) va Yevropa (A), Osiyo (V), Afrika (S), Amerika (D) va h. k. (4-surat).
А
Е
В
С
Д
4-surat
b) qarama-qarshilik (kontrar) munosabati – mazmun jihatidan bir-biriga qarama-qarshi, ammo ikkalasi ham ayni bir jins tushuncha hajmiga kiradigan ikki tushuncha o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Masalan: «oq» va «qora» tushunchalari o‘rtasida qarama-qarshilik munosabati mavjud bo‘lib, bular uchun umumiy jins tushuncha «rang» tushunchasidir (5-surat).
С
А
В
5-surat
v) zidlik (kontradiktor) munosabati – ikki tushuncha o‘rtasida mavjud bo‘lib, ulardan biri ikkinchisini inkor etadi, ammo inkor qiluvchi tushunchaning ma’nosi noma’lum bo‘lib qoladi. Masalan: qora rang (A) va qora emas rang (A emas) tushunchalari (6-surat).
Do'stlaringiz bilan baham: |