6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi


Ijobiy (musbat) tushunchalar


Download 211.44 Kb.
bet8/32
Sana29.03.2023
Hajmi211.44 Kb.
#1307083
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
6-мавзу. МАНТИҚ

Ijobiy (musbat) tushunchalar buyum va hodisada ma’lum bir belgi mavjudligini aks ettiradi. Masalan: mazmunli, serhosil, shoxdor, gapdon, chaqqon, go‘zal, tez harakat.
Salbiy (manfiy) tushunchalar buyum va hodisada biror belgi mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan: beg‘am, noaniq, ta’msiz.
Kategoriya deb ilmiy mazmunga, qimmatga ega bo‘lgan fan tushunchalariga aytiladi. Har bir fanning o‘z kategoriyalari mavjuddir.
2. Hajmiga ko‘ra tushunchalar jins va tur tushunchalarga bo‘linadi.
Hajm jihatidan keng bo‘lgan tushunchalar jins tushunchalar deyiladi.
Hajm jihatidan tor bo‘lgan tushunchalar tur tushunchalar deyiladi. Masalan: «shahar» tushunchasi «Termiz» tushunchasidan keng bo‘lganligi uchun jins tushunchadir, «Termiz» esa tur tushunchadir.
3. Hajm tafovutiga ko‘ra tushunchalar yakka, umumiy va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi.
Yakka tushunchalar bir buyum yoki hodisaga xos belgilarni ifodalaydi. Masalan: Toshkent, Gulnora, birinchi kosmonavt Yu. Gagarin.
Umumiy tushunchalar bir jinsdan bo‘lgan ko‘p buyum va hodisalarni ifodalaydi. Masalan: yulduz, kitob, maktab, hosil.
To‘planma tushunchalar bir jinsdan bo‘lgan buyum va hodisalar to‘plamini yaxlit holda ifodalaydi. Masalan: o‘rmon (daraxtlar o‘sadigan yer), kutubxona (kitoblar to‘plangan joy), don (bug‘doy arpa, sholi).
Tushunchalar o‘rtasida turli munosabatlar mavjuddir:
1.Sig‘ishadigan (taqqoslanadigan) munosabatlar – o‘zaro muhim, umumiy va o‘xshash belgilarga ega bo‘lgan tushunchalar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan: tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, matematika – fanning turli tarmoqlari, Nodira, Ra’no – dugonalar.
Sig‘ishadigan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar uch turga bo‘linadi:
a) ayniyat munosabati – mazmun jihatidan bir-biridan farq qilmaydigan, ammo bir xil buyum va hodisalarni ifoda qiluvchi tushunchalar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan:
Birinchi jahon urushi – A.
1914 yilda boshlangan imperialistik urush – V.
Bu tushunchalarning hajmlari bir-biriga teng: A – V (1-surat).

АиВи




А-В


Download 211.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling