6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi


Tafakkurning mantiqiy tarkibi


Download 211.44 Kb.
bet2/32
Sana29.03.2023
Hajmi211.44 Kb.
#1307083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
6-мавзу. МАНТИҚ

Tafakkurning mantiqiy tarkibini ikki tomon tashkil etadi: 1) mazmuni va 2) mantiqiy shakli
Tafakkurning mazmuni deb unda aks etgan buyum va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarga aytiladi.
Tafakkurning mantiqiy shakli deb fikrlarimizning ichki muntazamligi, muayyan bog‘lanishi va izchilligiga aytiladi.
Fikrning tuzilishi deb uning ichki ko‘rinishi, uni tashkil etadigan qismlarning o‘zaro aloqasi usuliga aytiladi.
Tafakkurning mantiqiy shakli va mazmuni uzviy birlikni tashkil qiladi. Fikrning to‘g‘riligi, haqqoniyligi uning mantiqiy shaklining to‘g‘riligiga va aksinchaga bog‘liqdir. Masalan:
Har qanday metall elementdir.
Temir metalldir.
Demak, temir elementdir.
Bunda fikrning mazmuni chin, uning mantiqiy shakli esa to‘g‘ri qurilgan, bir-biriga o‘zaro mosdir. Ammo ba’zan fikrning mantiqiy shakli izchil, to‘g‘ri qurilgan bo‘lsa ham, uning mazmuni yolg‘on, xato bo‘ladi. Masalan:
Barcha odamlar yaxshi odamlardir.
Bezori odamdir.
Demak, bezori yaxshi odamdir.
Bunda fikrning mantiqiy shakli to‘g‘ri, izchil, muntazam qurilgan bo‘lsa ham, ammo uning mazmuni xatodir. Chunki unda «Barcha odamlar yaxshi odamlardir», degan umumiy asos xato bo‘lganligi sababli «Bezori yaxshi odamdir», degan yolg‘on xulosa chiqadi.
Demak, tafakkurning mantiqiy shakli va mazmuni har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Ular o‘rtasida ziddiyat, nomuvofiqlik ham mavjuddir.
Mantiq tafakkurning mantiqiy shakllari, yo‘llari, usullarini o‘rganish bilan birgalikda to‘g‘ri aytilgan fikrlarning barchasi uchun bir xil umumiy qonunlarni ishlab chiqadi.
To‘g‘ri tafakkur deb mantiq qonun-qoidalari talablariga mos holda qurilgan, voqelikni haqqoniy aks ettiradigan fikrlar, bilimlarga aytiladi.
Tafakkur to‘g‘ri bo‘lishi uchun uning mazmuni haqqoniy, chin bo‘lishidan tashqari, mantiqiy shakli ham mantiq qonun-qoidalariga mos holda to‘g‘ri tuzilgan, izchil bo‘lishi kerak.
To‘g‘ri tafakkurning asosiy belgilari va talablari quyidagilardir: fikrning aniq, qat’iy ma’noga ega bo‘lishi, izchil va ziddiyatsiz qurilishi, asosliligi. Bu talablar mantiq qonunlarida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun mantiq qonunlari to‘g‘ri tafakkurning asosiy talablari (prinsiplari) bo‘lib hisoblanadi.

Download 211.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling