6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi


Download 211.44 Kb.
bet12/32
Sana29.03.2023
Hajmi211.44 Kb.
#1307083
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
6-мавзу. МАНТИҚ

Predikat deb buyum va hodisadagi belgi, xususiyat va aloqa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. U lotincha praedicatum (mantiqiy kesim) so‘zining bosh harfi R bilan belgilanadi.
Bog‘lovchi sub’ekt bilan predikatni bir-biri bilan bog‘lab turishga xizmat qiladi. Bog‘lovchi og‘zaki nutqda sukut (pauza), intonatsiya, yozma nutqda esa -dir, emas qo‘shimchalari, ba’zan esa tire (–) orqali ifodalanadi. Masalan: «tarix fandir» degan hukmda tarix – sub’ekt, fan – predikat, - dir esa bog‘lovchidir. Formulasi: S-P dir. Inkor shaklida S-P emas bo‘ladi. Masalan: Ahmedov a’lochi emas.
Hukmning sub’ekti va predikati uning terminlari deyiladi. Har qanday sodda va yakka hukmda ikkita termin (sub’ekt va predikat) mavjuddir. Bog‘lovchi termin tarkibiga kirmaydi.
Hukm va gap o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Har bir hukm gap va gaplar orqali ifodalanadi, har bir gapda ma’lum ma’no bo‘ladi. Gapsiz hukm bo‘lmaydi.
. Hukmning turlari bir qancha belgilari bo‘yicha tasnif qilinadi:
1. Mazmuniga ko‘ra hukmlar ikki turga bo‘linadi: a) chin va b) yolg‘on.
Chin hukm deb buyum va hodisalarni to‘g‘ri, haqqoniy aks ettiradigan hukmlarga aytiladi. Masalan: Yer shari aholisining ko‘pchiligi Sharqda yashaydi. Doiraning to‘liq sirti 360 0 ga teng va h.k.
Yolg‘on hukm deb voqelikni buzib, noto‘g‘ri aks ettiradigan hukmlarga aytiladi. Masalan, yolg‘onchi yaxshi odamdir, degan hukm yolg‘ondir.
2. Hajmiga ko‘ra: a) sodda, b) murakkab hukmlar
Sodda (oddiy) hukm deb tarkibida bittadan sub’ekt va predikati bo‘lgan hukmlarga aytiladi.
Murakkab hukm deb tarkibida bir necha sub’ekt va predikati bo‘lgan hukmlarga aytiladi.
3. Bog‘lovchining mazmuni (safati)ga ko‘ra hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo‘linadi.
Tasdiq hukm deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini ifodalovchi hukmga aytiladi. Masalan: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek mutafakkiri va shoiridir. S-P dir.
Inkor hukm buyum va hodisada biror belgi mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan: Bizning universitetimizda o‘quv maydoni yetarli emas. S-P emas.

Download 211.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling