6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi


Download 211.44 Kb.
bet20/32
Sana29.03.2023
Hajmi211.44 Kb.
#1307083
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
6-мавзу. МАНТИҚ

Sillogizm aksiomasi. Sillogizm tarkibini chin hukmlar, bilimlar tashkil qiladiki, ular aksiomatik xarakterga ega, ya’ni isbotlangan, dalillangan, qo‘shimcha isbotni talab etmaydigan bilimlar bo‘ladi. Shu sababli sillogizmning xulosasi ham isbot talab qilmaydigan haqqoniy bilimdan iboratdir.
Sillogizmning mantiqiy tarkibini uch hukm tashkil etadi. Ulardan ikkitasi asoslar, uchinchisi esa xulosa bo‘lib hisoblanadi. Asoslar bilan xulosa tarkibiga kiradigan tushunchlar sillogizmning terminlari deyiladi. Sillogizmda uch termin mavjuddir: 1. Katta termin –xulosaning predikati – R. 2. Kichik termin – xulosaning sub’ekti – S. 3. O‘rta termin – katta va kichik terminlarni bog‘lab turadi. U lotincha MEDIUM (o‘rta, vositachi) so‘zining bosh harfi M bilan belgilanadi. O‘rta termin xulosa tarkibiga kirmaydi.
Terminlarni o‘z ichiga olishlariga qarab asoslar ham katta yoki kichik bo‘ladi. Katta terminni o‘z ichiga olgan asos katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan asos kichik asos deyiladi. Katta asos xulosaning predikatini (P) o‘z ichiga oladi. Kichik termin xulosaning sub’ektini (S) o‘z ichiga oladi: Masalan:
Roman (M) prozaik asardir (P).
«Qullar» (S) romandir (M)
Demak, «Qullar» (S) prozaik asardir (P).
Bunda 1-asos katta asos, 2-asos kichik asosdir. Shunga muvofiq sillogizmning umumiy formulasi quyidagicha bo‘ladi:
M-P S-M
S-M yoki M-P P-M-S
S-P S-P


Induktiv xulosa chiqarish (lot. inductio – yo‘naltirish) deb juz’iy bilim, fikrlardan umumiy bilim, fikrlarga o‘tish orqali xulosa chiqarishga aytiladi. Induktiv xulosa chiqarish asosida tajribada olingan yakka, juz’iy bilimlar yotadi va ularni umumlashtirish orqali umumiy xulosa chiqariladi. Sxemasi:
S1 P ga ega.
S2 R ga ega.
...................................
SN P ga ega.
S1. S2… SN K ga taalluqli.
Demak, K ning har bir qismi R ga ega.
Empirik tadqiqotning to‘liqligi va tugalligi nuqtai nazaridan induktiv xulosa chiqarishning ikki turi mavjuddir: 1. To‘liq induksiya, 2. To‘liqsiz induksiya

Download 211.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling