6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi
Download 211.44 Kb.
|
6-мавзу. МАНТИҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-savol bayoni
Analogiya (qiyos) buyum va hodisalarning o‘xshashligi va tafovutini bilish uchun qo‘llaniladigan usul bo‘lib, unda juz’iy bilimdan juz’iy bilimga qarab xulosa chiqariladi. Analogiya traduktiv (lot. traductio – joylashtirish) xulosa chiqarishdir.
Analogiya yo‘li bilan buyumlarning o‘xshash belgilariga asoslanib, ehtimoliy xulosa chiqariladi. Masalan: Yer va Mars planetalari bir-birlariga o‘xshash xususiyatlarga ega. Chunonchi, bahor va yoz oylarida bu planetalarning ustki qismi ko‘m-ko‘k rangga, kuzda sariq, qishda esa oq rangga ega bo‘ladi. Bu o‘xshashlikdan xulosa chiqarib, ehtimol, Marsda ham Yerdagidek organik hayot mavjuddir, degan fikrga kelamiz. O‘xshatiladigan yoki qiyoslanadigan ob’ektlar xarakteriga ko‘ra ikki xil analogiyani farqlaydilar: a) narsalar analogiyasi va b) munosabatlar analogiyasi. Narsalar analogiyasi ikki yakka buyum va hodisani solishtirib xulosa chiqarish usulidir. Masalan: nur va tovush o‘zaro o‘xshash bo‘lgan to‘lqinli tabiatga ega. Munosabatlar analogiyasi bir juft buyum va hodisalarning o‘xshash munosabatlariga asoslanib xulosa chiqarishdir. Masalan, ota va o‘g‘il, bobo va nevara, ustoz va shogird o‘rtalaridagi munosabatlar. Analogiyaning yana quyidagi turlari mavjuddir: a) oddiy (sodda) analogiya – buyum va hodisalarning o‘xshash belgi va xususiyatlaridan ularga xos umumiy belgi va xususiyatlar to‘g‘risida xulosa chiqarish. Masalan, temir va berilliy deyarli bir xil fizik xossalarga ega. b) keng tarqalgan analogiya – hodisalar o‘xshashligidan ularni vujudga keltirgan sabablar, sabablar o‘xshashligidan esa ularga xos o‘xshashliklar harakati to‘g‘risida xulosa chiqarish. v) qat’iy analogiya – ikki buyumning bir umumiy belgi bo‘yicha o‘xshashlgidan boshqa belgi bo‘yicha o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarish. g) qat’iy bo‘lmagan analogiya – bir belgidan boshqa belgilar to‘g‘risida xulosa chiqarish Analogiya fan va texnikada modellashtirishning mantiqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi 3-savol bayoni: Fan bilimlarning muayyan sistemasidan iboratdir. Bilimlar o‘rtasidagi aloqadorlik, izchillik va tartibni, ularning chin yoki yolg‘onligini bevosita ko‘rib bo‘lmaydi. Agar buning iloji bo‘lsa, unda hech qanday dalil va isbotga hojat qolmas edi. Holbuki, ko‘pgina ilmiy bilimlarni aniqlash dalillash yoki isbot qilishni taqozo etadi. Ilmiy bilimlarning faqat bir qismi isbot talab qilmaydi. Bu aksiomalardir. Chunki ular tajribada allaqachon tekshirilib tasdiqlangandir. Qolgan aksariyat ko‘pchilik bilimlar esa isbot va dalilga muhtojdir. Shuning uchun dalillash va isbot bilimlar chinligi, haqqoniyligi va to‘g‘riligini aniqlashning muhim shartidir. Asossiz fikr g‘ayriilmiy fikrdir. Shunday qilib, ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarimiz isbot va yetarli asosga tayanmog‘i lozim. Isbot xulosa chiqarish orqali amalga oshiriladi. Masalan, suvning elastik jism ekanligi to‘g‘risidagi fikrning chinligini aniqlash uchun uni quyidagicha isbot qilamiz: Suv suyuqlikdir. Suyuq jismlarning barchasi elastikdir. Demak, suyuqlikdan iborat bo‘lgan suv ham elastikdir. Bu misoldan ravshanki, biror fikrning isboti uchun boshqa ma’lum, isbotlangan, aniq fakt va dalillar, fikrlar asos qilib olinadi. Bu argumentlash (dalillash yoki isbotlash)dir. Download 211.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling