6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi


Download 211.44 Kb.
bet24/32
Sana29.03.2023
Hajmi211.44 Kb.
#1307083
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
6-мавзу. МАНТИҚ

Dalillash tuzilmasi
Dalillash uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan elementlarni: tezis, dalillar, demonstratsiya (oshkor qilishlik)ni o‘z ichiga oladi.
Tezis - bu haqiqatligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukmdir. Tezis dalillashda bosh tuzilmaviy element bo‘ladi va “Nima asoslanayapti?”, degan savolga javob beradi.
Dalillar yoki asoslar - bu tezisni asoslashda qo‘llaniladigan boshlang‘ich nazariy yoki faktik qoidalardir. Ular dalillashning asosi yoki mantiqiy poydevori rolini bajaradi va “Tezis nima bilan, nima yordamida asoslanayapti?” degan savolga javob beradi.
Demak, isbotning mantiqiy tarkibini quyidagi uch qism tashkil qiladi: isbot tezisi, isbot asosi (argument) va isbot usuli (demonstratsiya).
1. Isbot tezisi deb chinligi yoki yolg‘onligi aniqlanishi lozim bo‘lgan hukm yoki bilimga aytiladi.
2. Isbot asosi yoki argument deb chinligi allaqachon tajribada aniqlangan va tezisni tasdiqlash uchun yetarli tarzda olingan hukm va bilimlarga aytiladi. Isbot asosi yoki argument vazifasini turli tajribaviy fakt-dalillar, nazariy fikrlar, nazariyalar, aksiomalar, teoremalar, gipotezalar va h.k. bajaradi.
3. Isbot usuli yoki demonstratsiya deb asoslardan tezisni mantiqiy ravishda keltirib chiqarish jarayoni va isbot qilish usuliga aytiladi.
Mantiqiy isbotning ikki turi mavjud: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 2) chetdan isbot etish.
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri isbot deb tezis chinligining bevosita asoslardan kelib chiqishiga aytiladi. Uning turlari deduktiv, induktiv va traduktiv isbotlardir.
Deduktiv isbot hamisha sillogizm shaklida bo‘ladi. Unda argumentlar sillogizmning asoslari, tezislar esa sillogizmning xulosasi bo‘lib xizmat qiladi. Isbotda esa tezis asoslardan kelib chiqadi. Masalan:
Odilov haqiqatgo‘ydir.
Chunki u yolg‘on gapirmaydi.
Ushbu isbotda «Odilov haqiqatgo‘ydir» – tezis, «Chunki u yolg‘on gapirmaydi» argumentdir.
Sillogizm shaklida ushbu fikr quyidagicha bo‘ladi:
Xaqiqatgo‘ylik doim haqiqatni aytishni taqozo qiladi.
Odilov yolg‘on gapirmaydi.
Demak, Odilov haqiqatgo‘ydir.
Induktiv isbot yordamida argumentlarda mavjud bo‘lgan xususiy holatlardan tezisda mavjud bo‘lgan umumiy fikr keltirilib chiqariladi. Masalan: Tezis: Sibirning barcha katta daryolari janubdan shimolga qarab oqadi. Argumentlar:
1. Kama daryosi janubdan shimolga qarab oqadi.
2. Lena daryosi janubdan shimolga qarab oqadi.
3. Yenisey daryosi janubdan shimolga qarab oqadi.
4. Ob daryosi janubdan shimolga qarab oqadi.
5. Irtish daryosi janubdan shimolga qarab oqadi.
Kama, Lena, Yenisey, Ob va Irtish daryolari Sibirning katta daryolaridir.
Demak, Sibirning barcha katta daryolari janubdan shimolga qarab oqadi.
Traduktiv isbotda hukmlarning o‘zaro tengligi va aynanligiga qarab, juz’iy asoslardan juz’iy xulosa chiqariladi. U analogiya yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Traduktiv isbot to‘liq bo‘lmagan, ehtimoliy harakterdagi bilimlarga asoslanadi. Masalan, Marsda ham Yerdagidek organik hayot mavjudligi to‘g‘risidagi ehtimoliy fikr traduktiv isbot orqali hosil qilingan.
Demak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotda tezisning chinligi bevosita argumentdan keltirib chiqariladi, tezisga zid keladigan qo‘shimcha dalillar keltirilmaydi.



Download 211.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling