Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar mantiqiy kvadrat orqali ifodalanadi. Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlarning shakliy ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali «hukm»lar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. Mantiqiy kvadratning diagonal va vertikal chiziqlari burchaklarida son va sifat jihatidan qo‘shilgan to‘rt xil hukmlarning simvolik belgilari (AEIO) qo‘yilgan. Bunda hukmlarning to‘rt xil munosabatlari ko‘rinadi (5-surat):
КОНТРАР (қарама қаршилик)
Контрадиктор
(зидлик)
Е
O
А
I
Cубконрар (қуйи қарама қаршилик)
Б
ў
й
с
у
н
и
ш
Б
ў
й
с
у
н
и
ш
5-surat
1. Qarama-qarshilik munosabati. Umumiy tasdiq (A) va umumiy inkor (E) hukmlar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bu munosabat qoidasiga binoan, agar bir hukm chin bo‘lsa, unga qarshi bo‘lgan hukm yolg‘on bo‘ladi. Ikki qarama-qarshi hukmlar (AE va IO) bir vaqtda chin bo‘laolmaydi. Ammo ular bir vaqda yolg‘on bo‘la oladi. Masalan: Barcha a’lochi talabalar ilg‘orlardir. A-chin. Hech bir talaba shaxmat o‘yinini bilmaydi. Ye-yolg‘on.
2. Quyi qarama-qarshilik munosabati juz’iy tasdiq(I) va juz’iy inkor (O) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Bunda hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi, ammo bir vaqtda yolg‘on bo‘lmasligi mumkin. Masalan: Ba’zi yozuvchilar dramaturglardir. I-chin . Ba’zi yozuvchilar dramaturglar emas. O-chin.
3. Zidlik munosabati – umumiy tasdiq (A) bilan juz’iy inkor (O) va umimiy inkor (Ye) bilan juz’iy tasdiq (I) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Bunda hukmlar bir vaqtda chin va yolg‘on bo‘la olmaydi, hamma vaqt biri chin, ikkinchisi yolg‘on bo‘ladi. Bunda bir-biriga zid bo‘lgan hukmlar o‘rtasida chin hukmlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan: Barcha ilmiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega. A-chin. Ba’zi ilmiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega emas. O-yolg‘on. Bu hukmlar orasida uchinchi hukmning bo‘lishi mumkin emas. Masalan: Hech bir fan organik materiyani o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi. I-chin.
Do'stlaringiz bilan baham: |