6- mavzu: Mantiq. Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi
Download 231.89 Kb.
|
MANTIQ.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
- Mantiqiy kelib
4. Bo‘ysunish munosabati umumiy tasdiq (A) va juz’iy tasdiq (I), umumiy inkor (Ye) va juz’iy inkor (O) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Umumiy hukmlar itoat ettiruvchi va juz’iy hukmlar itoat etuvchi bo‘ladi. Umumiy hukmlarning chinligi juz’iy hukmlarning chinligiga olib boradi. Masalan: Barcha kishilar jamiyatda bir-birlarini hurmat qilishlari lozim. A-chin. Ayrim kishilar ham jamiyatda bir-birlarini hurmat qilishlari lozim. I-chin. Hech bir kishi mehnatdan bosh tortmasligi lozim. Ye-chin. Ayrim kishilar ham mehnatdan bosh tortmasligi lozim. O-chin.
Shunday qilib, mantiqiy kvadrat qoidalariga binoan, bir zid hukmning chin yoki yolg‘onligidan ikkinchi hukmning chin yoki yolg‘onligi kelib chiqadi. Mantiqiy kvadrat turli munozarali vaziyatlarda mulohazalar chin yoki yolg‘onligi, haqiqatni aniqlashning qulay vositasi hisoblanadi. Olamni bilish jarayonida inson yangidan-yangi bilimlarga ega bo‘la boradi. Bu jarayon tushunchalar, hukmlar va xulosalar orqali sodir bo‘ladi. Xulosa tafakkurning shunday shaklidirki, unda bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm, bilim hosil qilinadi. Xulosaning mantiqiy tarkibini uch qism tashkil etadi: 1. Asoslar (dastlabki bilim) – yangi bilim yoki hukm chiqarish uchun zarur bo‘lgan dastlabki bilimlar. 2. Xulosalash – asoslardan yangi bilimni mantiqiy ravishda keltirib chiqarish. 3. Natija – asoslardan xulosalashga mantiqiy o‘tish. Masalan: 1. O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bilim olish huquqiga ega. 2. Ahmedov – O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi. 3. Demak, Ahmedov bilim olish huquqiga ega. Bu xulosada 2 asos va xulosa (natija) mavjuddir, ya’ni u uch hukmdan iborat. 1-2-hukmlar asoslar, 3-hukm esa natija, shu natijaning asoslardan mantiqiy ravishda kelib chiqish jarayoni xulosalashdir. Mantiqiy kelib chiqish deb asoslardan xulosani keltirib chiqarish jarayoniga aytiladi. Mantiqiy kelib chiqish asoslar va xulosa o‘rtasida mazmun jihatidan bog‘lanish, o‘zaro aloqa bo‘lishini talab qiladi. Aks holda xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Xulosa chiqarishning bir qancha turlari mavjuddir: Зарурий Бевосита хулоса чиқариш Чинлик даражасига кўра Билвосита хулоса чиқариш Дедуктив хулоса чиқариш Асосларнинг сонига кўра Фикрнинг ҳаракат йўналишига кўра Аналогия Индуктив хулоса чиқариш Эхтимолий Download 231.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling