6- mavzu: Mantiq. Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Download 231.89 Kb.
bet17/30
Sana21.04.2023
Hajmi231.89 Kb.
#1375253
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
MANTIQ.

1. Asoslar soniga ko‘ra xulosa chiqarish ikki turga bo‘linadi: bevosita va bavosita (vositali) xulosa chiqarish.
Bevosita xulosa chiqarish deb faqat bir asosdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosa chiqarishga aytiladi.
Bevosita xulosa chiqarish to‘rt usulda sodir bo‘ladi: 1) aylantirish, 2) almashtirish, 3) predikatga qarama-qarshi qo‘yish, 4) mantiqiy kvadrat bo‘yicha.
Aylantirishda asos sifatida olingan tasdiq hukm inkor hukmga va aksincha aylantiriladi. Bunda hukmning ma’nosi o‘zgarmaydi, faqat uning sifati o‘zgaradi. Masalan: Barcha matematiklar masalalar yechishni yaxshi bilishlari lozim. Demak, masalalar yechishni yaxshi bilmaydiganlar matematiklar emas. Yaxshi ishlangan g‘o‘za serhosil bo‘lmay qolmaydi. Demak, yaxshi ishlangan g‘o‘za serhosil bo‘ladi.
Almashtirishda asos sifatida olingan hukmning sub’ekti va predikati o‘rinlari almashtiriladi. Masalan: Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot qonunlari to‘g‘risidagi fandir. Demak, badiiy adabiyot qonunlari to‘g‘risidagi fan adabiyotshunoslikdir.
Predikatga qarama-qarshi quyishda sub’ekt bilan predikat bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Masalan: Barcha vrachlar oliy tibbiy ma’lumotga egadirlar. Demak, oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan hech bir kishi vrach emas.
Mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish A, E, I, O qat’iy hukmlar xususiyatlarini hisobga olgan holda sodir bo‘ladi («Hukm» mavzusiga qarang).
Bavosita xulosa chiqarish ikki yoki undan ortiq asoslar orqali sodir bo‘ladi. Masalan:
Barcha fanlar olam va uning qonunlarini o‘rganadi.
Fizika fandir.
Demak, fizika olam va uning qonunlarini o‘rganadi.
2.Asoslar va xulosaning xarakteriga, ya’ni fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: deduktiv, induktiv va traduktiv (analogiya) xulosa chiqarishlar.
Deduktiv xulosa chiqarish (lot. deductio – keltirib chiqarish) deb umumiy hukm, bilimlardan xususiy hukm, bilimlarga o‘tish orqali xulosa chiqarishga aytiladi. Masalan:
Barcha fanlar o‘z tadqiqot ob’ektlariga ega.
Tarix – fan.
Demak, tarix o‘z tadqiqot ob’ektiga ega.
Deduktiv xulosa chiqarish asoslari xarakteri jihatidan oddiy (sodda yoki qat’iy) hamda murakkab hukmlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarishning eng oddiy shakli qat’iy (kategorik) sillogizmdir.
Sillogizm (grekcha syllogismos – sanab chiqish) deb deduktiv xulosa chiqarishning shunday shakliga aytiladiki, unda umumiy termin bilan bog‘langan ikki qat’iy (sodda) hukmlardan yoki asoslardan uchinchi hukm –xulosa chiqariladi.
Sillogizmda umumiy hukmdan juz’iy hukmga qarab xulosa chiqariladi.
Sillogizmning asoslari chin bo‘lsa, xulosasi ham doim chin bo‘ladi. Agar asoslardan biri ehtimoliy bo‘lsa, xulosa ham ehtimoliy bo‘ladi. Masalan:
Barcha shoirlar she’r yozishadi.
Karimov, ehtimol, shoirdir.
Demak, Karimov, ehtimol, she’r yozadi.

Download 231.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling